I-kurs 1-mavzu: turkistonda


O’zbekiston Konstitutsiyasining 105- moddasida „Sha


Download 0.79 Mb.
bet52/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

O’zbekiston Konstitutsiyasining 105- moddasida „Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqaro-larning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’Iib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi", deb belgilab qo’yild
Bu borada O’zbekiston Prezidentining Respublika „Mahalla" xayriyajamg’armasini tuzish to’g’risida 1992-yil 12-sentabrdagi hamda „MahaIla" xayriya jamg’armasiga mablag’ ajratish to’g’risida 1992- yil 8- oktabrdagi farmonlari katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’ldi. Davlat homiyligida Respublika „Mahalla" jamg’armasi, viloyat, shahar, tuman „MahalIa" jamg’armalari tashkil etildi. Mahallalar faoliyatini yurituvchi „MahaIla" gazetasi (1994- yil) ta'sis etildi. Davlatning „Mahalla" jamg’armalari orqali ko’rsatayotgan homiyligi mahalla qo’mitalarining o’z hududlarida istiqomat qiluvchi kam ta'min-langan oilalarga, nogironlarga, yolg’iz keksalarga moddiy yordam berish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi ishlariga katta ko’mak bo’lmoqda.
Hukumat mahallalarga dastlab davlat budjeti hisobidan 25 mil-lion so’m mablag’ ajratdi. Viloyat, tuman, shahar hokimliklari to-monidan mahallalar rolini oshirish, ular faoliyatini takomillash-tirish uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yo’Iga qo’yish uchun tegishli binolar ajratildi, ulami jihozlashga ko’maklashdi. Mahalia oqsoqoli va kotiblariga oylik ish haqi belgilandi. Bu maqsadlar uchun hokimiyatlar mahalliy budjetdan zarur mablag’Iar ajratdilar.
1994- yilgi ma'lumotlar shuni ko’rsatadiki, butun respublika hududida 12 mingdan ortiq mahalla shakllantirildi. 1994- yilda barcha mahallalarda fuqarolar yig’ini bo’lib, mahalla oqsoqollari va mas'ul kotiblar saylandilar.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining vazifalari:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling