I-kurs 1-mavzu: turkistonda


-Mavzu: O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li, huquqiy asoslari va bozor infratuzilmasining yaratilishi


Download 0.79 Mb.
bet60/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

12-Mavzu: O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li, huquqiy asoslari va bozor infratuzilmasining yaratilishi

Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida ishlaydi-gan iqtisoddir.


Bozor iqtisodiyoti qadim zamonlardan boshlab ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelmoqda. Iqtisodiy taraqqi-yotda bozor munosabatlari ikki xil shaklda namoyon bo’ldi. Birinchisi, tartibsiz, stixiyali faoliyat yurituvchi bozor iqtisodi-yoti. Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar tarqoq, o’zi-bo’larchilik asosida, maqsadi va harakati oldindan kelishilmagan holda faoliyat yuritadilar.
Ikkinchisi, davlat, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy vositalar bilan tartibga solinadigan, boshqariladigan bozor
— tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo’ladilar;
— kishilar mulk egasi bo’ladi, o’zi ishlab chiqargan mahsu-lot egasi bo’lib, uni o’zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi mumkin;
— tovar oldi-sottisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixti-yoriy munosabatiga asoslanadi;
— tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda bo’ladilar;
— bozorda ishlab chiqaruvchi emas, iste'molchi o’z shartini qo’yadi, chunki pul uning qo’lida bo’ladi;
— bozorda nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish foydali bo’ladi;
— jamiyat a'zolari o’z daromadiga ko’ra tabaqalanadi.
Jahon tarixi tajribasi guvohlik beradiki, insoniyat birdaniga
tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyotini yaratolmagan, necha ming yillar davomida stixiyali bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab, vaqt-vaqti bilan iqtisodiy larzalarni, chuqur iqtisodiy inqirozlarni boshidan kechirgan. XX asrda jahon sivilizatsiyasi insoniyat manfaatlari yo’lida yanada jadal taraqqiy etdi. Bujara-yon iqtisodiy tafakkurga ijobiy ta'sir etib, tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyoti g’oyasini keltirib chiqardi. Unga amal qilgan dav-latlarda iqtisodiyot jadal o’sa boshladi, aholi turmushi, farovon-ligi yaxshilanib bordi. Shu tariqa dunyoda tartibga solinadigan bo-zor munosabatlari iqtisodiyotning yetakchi shakliga aylanib bordi.
Sobiq Ittifoqda esa hokimiyat tepasida turgan kommunistlarmulkni yoppasiga davlat ixtiyoriga olish, resurslarni markazlashtirilgan tarzda ma'muriy-buyruqbozlik, rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo’li bilan ijtimoiy adolatni qaror toptirish va xalq farovonligini oshirishga urinib ko’rdi. 70 yil davom etgan bu sinov o’zini oqlamadi, ijtimoiy adolat ham qaror topmadi, xalq uchun farovon turmush ham yaratilmadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling