I-kurs 1-mavzu: turkistonda
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Uchinchidan
- To’rtinchidan
- Beshinchidan
I. A. Karimov. „O’zbekiston — bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li". T., O’zbekiston, 1993, 5- bet.
Davlat qurilishi dasturining va O’zbekiston iqtisodini isloh etishning butun o’zagini mamlakat Prezidenti I. A. Karimov to-monidan ishlab chiqilgan besh asosiy tamoyil tashkil etdi. Ular quyidagilardan iborat: Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish. Iqtisodiyot siyosatdan ustun turmog’i, uning ichki mazmunini tashkil qilmog’i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlanti-rish muammolari davlat siyosatining asosiy mazmuniga aylandi. Ikkinchidan, davlat — iqtisodiy o’zgarishlarning tashab-buskori va bosh islohotchisi bo’lishi zarur. Davlat butun xalq-ning manfaatlarini ko’zlab, islohotlar jarayonining tashabbus-kori bo’lishi, iqtisodiy taraqqiyotining yetakchi yo’nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren dav-latimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro’yobga chiqarishi kerak. Uchinchidan, yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog’i zarur. Iqtisodiy o’zgarishlar sinalgan, amaliy kuchga ega bo’lgan qonunga tayangandagina sezilarli natija berishi, muqarrar bo’lishi mumkin. Qonunning ustuvorligi — huquqiy davlatning asosiy tamoyilidir. To’rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tishda oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o’tkazishdir. Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni oldindan amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash va kafolatlarning kuchli, ta'sirchan mexanizmi mavjud bo’lganidagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash, bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz rivojlanib borishni ta'minlash mumkin. Beshinchidan, iqtisodiy islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshiri-shi lozim. O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan Islohotlarning bozor iqtisodiyotini shakllantirish strategik maqsadlari uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning uzoqni ko’zlagan quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi: milliy boyliklarning o’sishini, kishilar turmushi va fao-liyati uchun munosib sharoitni ta'minlaydigan kuchli va munta-zam rivojlanib boruvchi tizim yaratish; ko’p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, kishining mulkdan begonalashuvini bartaraf etish, tashabbuskorlik va tad-birkorlikning har taraflama o’sishi uchun asos bo’ladigan xusu-siy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini ta'-minlash; korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo’jalik ishlariga davlatning to’g’ridan-to’g’ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik usullarini yo’q qilish, iqtisodiy vositalar va rag’batlantirishlarni keng qo’llash; moddiy tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydala-nishni, raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish-ni, jahon iqtisodiyot tizimiga kirib borishni ta'minlaydigan chuqur iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirish; kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o’zgartirish, har bir kishiga o’z meh-natini qo’llash sohalari va shakllarini o’zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish. Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy-islohotlarning asosiy va muhim tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, o’tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yaqin vaqtlar ichida ha! etishga yordam beradigan asosiy tarmoqlarni rivojlantirishga e'tibor qaratildi. Yangi qonunlar turkumini ishlab chiqish va qabul qilish bir qancha sabablar tufayli zarur edi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling