I-kurs 1-mavzu: turkistonda


Download 0.79 Mb.
bet64/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

Birinchidan, ilgari amal qilib kelgan qonunlar avvalgi tota-litar tuzum manfaatlariga xizmat qilardi. Ularda korxonalarning iqtisodiy erkinliklari ham, xo’jalik yuritishdagi tashabbusga ham, tadbirkorlikka ham o’rin yo’q edi.
Ikkinchidan, ilgari O’zbekistonda qabul qilingan qonun huj-jatlarining hammasi umumittifoq talablariga moslashtirilgan bo’lib, respublikamizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga ol-mas edi.
Uchinchidan, jahondagi demokratik me'yorlar va yetakchi davlatlarning qonun chiqarish sohasidagi tajribalarini o’rgangan holda O’zbekistonning o’z taraqqiyot yo’Iiga mos keladigan za-monaviy qonunchilikni shakllantirishi, islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlash mexanizmini yaratish zarur edi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlaming huquqiy negizini yaratishga yo’naltirilgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Ularni bir necha yo’nalishlarga bo’lish mumkin:
1. Mulkchilik munosabatlari va ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar, Bu yo’nalish doirasida mulkchilik to’g’risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida, ijara to’g’risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Xo’jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya'ni korxo-nalar to’g’risida, kooperatsiya to’g’risida, dehqon xo’jaligi to’g’-risida, shirkat xo’jaligi to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi, banklar va bank faoliyati to’g’risida, pul tizimi to’g’-risida, tadbirkorlik to’g’risida, sug’urta to’g’risida, birjalar va birja faoliyati to’g’risida, qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o’rtasidagi, korxonalar o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yuvchi qonun-lar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo’lishi haqida qonunlar qabul qilindi, Xo’jalik-protsessual kodeksi ishlab chiqildi, Xo’jalik sudi tuzildi.
3. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruv-chi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’-risida qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlar, ular-ning O’zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakl-lantirish va ularni samarali yuritishga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzil-masi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan axborotlar, xabarlar va ma'lumotlarni to’p-lovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliya-kredit munosa-batlariga xizmat qiluvchi infratuzilma — yangi bank tizimi, o’z-o’zini kreditlash idoralari, sug’urta kompaniyalari, moliya kom-paniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg’armalari yaratildi.
Bozor iqtisodiyotiga xizmat q-iluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. Mustaqillikning dastlabki yilida respublikamizda atigi 6 ta bank faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 2002-yilda ularning soni 40 taga yetdi. Shundan 2 tasi davlat, 17 tasi xususiy, 4 tasi xorijiy sarmoya ishtirokidagi, qolganlari aksiyadorlik-tijorat banklaridir. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari o’rnatgan. Viloyat, shahar va tuman-larda mijozlarga xizmat ko’rsatadigan minibanklar ochildi. 2002-yilda ularning soni 530 taga yetdi. Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari qo’yish va chet el sarmoyalarini jalb qilishda banklar faol qatnashmoqdalar. Ti-jorat banklarining iqtisodiyotning real sektoriga kreditlar berish imkoniyati ortib bormoqda. 2001- yilda tijorat banklarining kre-dit qo’yilmalari hajmi 2205,8 mlrd. so’mni tashkil etdi. Tijorat banklari tomonidan faqat kichik va o’rta biznes subyektlari uchun ajratilgan kreditlar hajmi 2002- yilda 265 milliard so’mni tashkil etdi. Tijorat banklarining moliya bozoridagi ishtiroki yildan yilga mustahkamlanib bormoqda.
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo’lgan turli zararlardan himoya qiluvchi sug’urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi „Kafolat", „Agrosug’urta", „o’zbekinvest" kabi uchta yirik sug’urta kompaniyasi tashkil etildi. Ko’plab xususiy sug’urta kompaniya-lari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlay-digan qo’shma sug’urta kompaniyalari ham vujudga keldi. 2002-yilda sug’urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, ular moliya bozorida mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yo’nalish bo’yicha sug’urta xizmati ko’rsatmoqdalar. „Sug’urta faoliyati to’g’risida"gi qonunning qabul qilinishi (2002), Prezident farmoni bilan 2002- yil 1- fevralidan boshlab sug’urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig’idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug’urta bozorini yanada erkin-lashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog’liq. 1992-yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasining „Monopol faoliyatni cheklash to’g’risida" gi Qonuni kuchga kiritildi. Bu qonun asosida raqo-batchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ huj-jatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vazirligi tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o’tkazish bosh boshqarmasi monopol mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo’yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi va unga amal qilinmoq-da. Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va unga xizmat qiluvchi huquqiy negizlar hamda bozor infratuzilmasi yaratildi



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling