I. A. Karimov. ,,0'zbekiston XXI asrga intilmoqda". T., O’zbekiston, 1999, 6-bet.
Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zug’umi mutelikdan ozod etdi, o’z yeri,yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralarga to’la egalik qilish huquqini berdi. o’z hududimizdagi barcha mulk, korxonalar O’zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o’z iqtisodiy taraqqiyot yo’linio’zi belgilash erkinligi qo’lga kiritildi.
Iqtisodiy mustaqillik mamlakatimizga mustaqil moliya-kredit, bank siyosatini yuritish, o’z davlat budjetini yaratish va unga to’la egalik qilish, milliy valuta, oltin zaxirasi va valuta jam-g’armasini tashkil etish va ulardan xalqimiz farovonligi, yurti-miz obodonligi yo’lida mustaqil foydalanish imkoniyatini yaratdi.
Iqtisodiy mustaqillik tufayli ishlab chiqarish munosabatlarini ma'muriy-buyruqbozlik, markaziy rejalashtiruvchi mexanizm-dan erkin, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga o’tkazish, jahon xo’jaligi aloqalari tizimiga kirish mumkin bo’ldi.
Davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach, O’zbekiston umumba-shariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo’liga tushib oldi. o’zbe-kiston bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy ao’analarga asoslangan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi. Chunki turli mam-lakatlardagi bozor iqtisodiyoti, u xoh Amerika yoki Germa-niyada bo’lsin, xoh Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo’lsin, baribir umumiy qonunlar bo’yicha rivojlanib borgan holda har biri o’zining o’ziga xos xususiyatlariga ham ega bo’lgan. Bu xusu-siyatlar xo’jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati va iqli-mi, milliy rasm-rusumlari, an'analari va milliy xarakteri orqali belgilanadi.
O’zbekistonda bozor munosabatlarigao’tishning o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi. Bu yo’Ining asosiy qoidalari Prezident Islom Karimovning „o’zbekiston — bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li"nomli asarida, Respublika parlamentida qilgan ma'ruza vanutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda bayon etib berilgan. Bu yo’lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, Respublikamiz xo’jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo’lib qolgan muammolar hisobga olindi.
„Bu yo’l va andaza iqtisodiyoti bozor munosabatlari asosiga qurilgan rivojlangan mamlakatlarning ko’p asrlik tajribasiga, shuningdek O’zbekiston xalqining milliy-tarixiy merosi, turmush tarzi, an'analari va ruhiyati xususiyatlariga tayanishi lozim".
Do'stlaringiz bilan baham: |