Uyushma — turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalarning paychilik asosida tuzilgan ixtiyoriy birlashmasi. Uyushma xo’jalik hisobiga asoslanib, ilmiy-texnik, tijorat, ijtimoiy ishlab chiqa-rish va iqtisodiy masalalarni birgalikda hal qilish uchun tashkil etiladi. Uyushmani muassislar kengashi boshqaradi. Muassislar kengashi uyushma boshqaruvini tuzadi va uyushma raisini saylaydi. Islohot yillarida O’zbekistonda „o’zavtosanoat", „o’zeltexsanoat", „o’zkimyosanoat", „o’zbekipagi", „o’zagromashservis", „o’zqurilishmateriallari", „o’zbeksav-do", „o’zoziqovqatsanoat", „o’zgo’shtsutsanoat", „o’zyog’-moytamakisanoat", „o’zparrandasanoat", „o’zbekbirlashuv", „o’zbekcharmpoyabzal" va boshqa uyushmalar tashkil etildi va faoliyat yuritmoqdalar.
Konsern — ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish funksiyala-rini markazlashtirish asosida hamkorlikda faoliyat ko’rsatadigan, shuningdek investitsiyaviy, moliyaviy va tashqi iqtisodiy faoli-yatni amalga oshiradigan, korxonalarga xo’jalik hisobida xizmat ko’rsatishni tashkil etadigan korxonalarning ko’ngilli birlash masi. Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkilotlar orasida o’zaro korporatsiyalashgan turg’un aloqalar mavjud bo’lib, ular konsern rivoji yo’lida umumiy-moliyaviy resurslardan, yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar. Kon-sern, qoidaga ko’ra, ishlab chiqarish belgilariga qarab tuziladi va yagona xo’jalik majmuyi sanaladi. Respublikamizda „o’zsuv-qurilish" va „Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konsernlari, „o’zavtoyo’l" va „o’zfarmsanoat" davlat-aksiyadorlik konse-rnlari kabilar tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Korporatsiya — mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona-larning aksiyadorlik asosidagi ko’ngilli birlashmasi. Korporatsiya tarkibiga kirgan korxonalar ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy kooperatsiya orqali o’zaro bog’lanadilar. Shu bilan korporatsiya investitsiyaviy sarmoyaning jamlanishiga ham yordam beradi. Faoliyatining tijoriyligi, ya'ni foyda olishni maqsad qilib qo’yishi, cheklangan javobgarlik, markaziy boshqaruv, aksiya-dorning aksiya sarmoyasining o’ziga tegishli qismini erkin tasar-ruf etishi va boshqalar korporatsiyaga xos bo’lgan asosiy xususi-yatlardir. Iqtisodiy islohotlar jarayonida Respublikamizda „o’z-bekpaxtamash" va „o’zavtosanoat" davlat korporatsiyalari, „o’zdonmahsulot", „o’zavtotrans", „o’zmahalliysanoat" davlat aksiyadorlik korporatsiyalari va boshqalar tashkil etildi va faoliyat yuritmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |