I-kurs 1-mavzu: turkistonda
I. A. Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, 1-jild, 322-bet
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
I. A. Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, 1-jild, 322-bet.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki bosqichlari mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, narxlarni erkinlashtirish, ish haqining kamayishi,nochor aholi qatlamining vujudga kelishi kabi holatlar bilan bog’liq bo’ladi. Shu boisdan O’zbekistonda aholi daromadlari darajasini saqlashga alohida e'tibor berildi. Birinchi navbatda, xalq iste'moli mahsulotlari narxining o’zgarishi va pulning keskin qadrsizlanishi sharoitida aholi daromadlari darajasini saqlash tadbirlari ko’rildi. Shu maqsadda 1993-yil yanvar oyida ish haqi to’lashning yagona tarif setkasi joriy etildi. Bu tadbir, xodimlarning ish haqi miqdorini tarif koeffitsiyentlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita bog’lash imkonini berdi. Eng kam ish haqini muntazam oshirish orqali aholining o’rtacha ish haqi, pul daromadlari ham oshib bordi. 1994-yilda mazkur tarif setkasiga muvoftq eng kam ish haqi 150 so’m bo’lgan bo’lsa, 1995-yilda 250 so’m, 1996- yilda 600 so’m, 1997-yilda 750 so’m, 1998-yilda 1100 so’m, 1999-yilda 1750 so’m, 2000-yilda 2450 so’m, 2001-yilda 3430 so’m, 2002- yil 1 apreldan 3945 so’m, 2002- yil 1 -avgustdan 4535 so’m, 2003 yil 1 maydan boshlab 5440 so’mga yetdi. Eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda davlat budjetidagi tashkilot va muassasalari xodimlarining oylik maoshi tarif setkasida ular uchun belgilangan koeffitsiyentlarga mos ravishda oshirib borildi. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxo-nalarda, masalan sanoat, transport, aloqa, qurilish, axborot-hisoblash tarmoqlaridagi ishchi-xizmatchilarning maoshi yana-da yuqoriroq darajada o’sib bordi. Pensiya, nafaqa, talabalargato’lanadigan stipendiyalar miqdori ham eng kam ish haqining oshishiga mos ravishda o’sib bordi. Mamlakatimizning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya oladi, nogi-ronlar, mehnat qobiliyatini yo’qotganlarga davlat nafaqasi berilmo-qda. Bunday to’lovlar 2000-yilda 187,8 mlrd so’mni taslikil etdi. Oliy o’quv yurtlari talabalariga beriladigan stipendiyalar miqdori 1998-2000-yillarda 3,8 baravar ortdi. 2000-yilda oliy o’quv yurtlarining 142 ming talabasi 6 mlrd 600 mln so’m stipendiyaoldi. Davlat tomonidan amalga oshirilgan bu tadbirlar natijasida aholi daromadlari darajasining keskin pasayishining oldi olindi. Aholining turmush darajasi ichki iste'mol bozonga, oziq-ovqat mahsulotlan va uy-ro zg or buyumlan narx-navosiga bog’liq, albatta. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida amalga oshirilgan narxlarni erkinlashtirish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, ichki iste'mol bozorini davlat tomonidan nazorat qilish choralari ko’rildi. Narxlar 1992-yiI yanvaridan boshlab bosqichma-bosqich, aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan choralarni oldindan ko’rib qo’ygan holda erkinlashtirila boshlandi. Vazirlar Mahka-masining „Narxlarni erkinlashtirish chora-tadbhiari to’g’-risida" gi qaroriga muvofiq 1992-yil 10-yanvardan boshlab O’zbekistonda keng doiradagi ishlab chiqarilayotgan sanoat mol-lari, texnika vositalari ayrim turdagi xalq iste'moli mollari, ba-jarilgan ishlar va xizmatlarning kelishilgan (erkin) narxlari va tariflariga o’tildi. Hukumat aholini himoyalash maqsadida chek-langan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining che-garasini, ko’rsatiladigan ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflarini belgilab qo’ydi. Shu munosabat bilan don, bug’doy yetishtirish uchun, un va boshqa oziq-ovqat mollarini ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarning bir qismi respublika budjetidan to’landi. o’quvchi va talabalarga bepul nonushta va imtiyozli ovqat berishdan ko’rilgan zarar davlat hisobidan qop-landi, bolalarga mo’ljallangan ayrim turdagi tovarlarni, dori-darmonlarni ishlab chiqarishda korxonalarga davlat dotatsiyasi berildi. 1993-yilda qat'iy belgilangan va tartibga solib turiladigan narx-larda sotiladigan tovarlar va ko’rsatiladigan xizmatlarning ro’yxati ancha qisqardi. Kelishilgan ulgurji narxlarni davlat to-monidan tartibga solish to’xtatildi. 1994-yilning oktabr—noyabr oylarida xalq iste'moli mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo’yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Lekin aholini ijti-moiy himoya qilish maqsadida non va unning narxlari, uy-joy, kommunal xo’jaligi, shahar umumiy transporti xizmatlarining haqi to’la aholi zimmasiga yuklanmadi, bunday xizmat ko’rsatuvchi korxonalar xarajatlarining bir qismi davlat tomo-nidan beriladigan dotatsiya bilan qoplandi. Narxlarni erkinlashtirish jarayoni ijtimoiy larzalarsiz o’tdi. Negaki, davlat ichki iste'moI bozorini nazorat qilib turdi. Davlat turli kompensatsiya jamg’armalarini tuzdi, bolalar uchun na-faqalar joriy etdi, aholiga kompensatsiya to’lovlari tarzidagi pul to’lovlarini keng qo’lladi. Korxonalarning o’z xodimlariga ijti-moiy yordam ko’rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi budjet mablag’lari hisobidan qoplantb turildi. Keng iste'mol mol-lari va xizmatlarining ko’pgina turlari narxlaridagi tafovutlarning o’rni davlat budjeti hisobidan qoplandi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari, 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun bepul ovqat, barcha maktab o’quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzon-lashtirilishi kabi imtiyozlar amal qildi. Ayrim toifadagi fuqarolarga uy-joy bepul xususiy mulk qilib berildi. Islohotlarning birinchi bosqichi davomida ijtimoiy himoyalash xarajatlari respublika budjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi. Davlat budjeti hisobidan aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoi jihatdan qo’llab-quvvatlash ,himoyalash chora]ari ko’rildi. Bular jumlasiga pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar kiradi. 1991 — 1994-yillarda respublika budjeti hisobidan 30 ta soha va yo’nalishlar bo’yicha ijtimoiy himoya, moddiy yordam amalga oshirildi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling