I-kurs 1-mavzu: turkistonda


-Mavzu: Vatan xavfsizligining imistahkamlanishi


Download 0.79 Mb.
bet76/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

16-Mavzu: Vatan xavfsizligining imistahkamlanishi

Milliy xavfsizlikni ta'minlash, mamlakatning hududiy butunligini saqlash masalalari mustaqillikning dast-labki kunlaridan boshlab davlatimizning diqqat markazida turdi. Xalqaro vaziyat, Ittifoq parchalangandan keyingi muhit, qo’shni davlatlar — Afg’onistondagi mojarolar, Tojikistondagi notinchlik zudlik bilan chegaralarni mustahkamlash, qurolli kuchlarni tuzishni taqozo etardi. Shu boisdan milliy xavfsizlik konsepsiyasi va uning huquqiy asoslarini belgilovchi qonunlar ishlab chiqishga kirishildi.


1995-yilda O’zbekiston Prezidenti huzurida mamlakatimiz milliy xavfsizligini ta'minlash, zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi maslahat organi — O’zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik kengashi tashkil etildi. 1997Prezident I. A. Karimov ona-Vatan posbonlari bilan suhbatlashmoqda.
yil 29- avgustda „O’zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasi to’g’risida" Qonun qabul qilindi. Bu hujjatda diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilik avj ol-gan sharoitda davlatning muhim vazifalaridan biri milliy xavfsiz-likning samarali tizimini yaratishdan iborat ekanligi ta'kidlan-gan. Milliy xavfsizlik xizmati tizimi vaziyat talab qilgan darajada kuchaytirildi.
O’zbekistonning mustaqilligini ko’rolmaydigan ham tashqi, ham ichki g’animlar mavjud, albatta. Eng xavflisi — ichki yovuz kuchlarning jamiyatimiz hayotiga solayotgan tahdididir. Bunday terroristik urinishlar 1991-yil dekabrda Namanganda, 1999-yil 16- fevralda Toshkentda sodir boidi. Siyosiy, diniy ekstremist-lar tomonidan Toshkentda uyushtirilgan terrorchilik harakati, portlatishlar oqibatida 16 nafar begunoh insonlar shahid ketdi, 120 nafar kishi tan jarohati oldi. O’zbekiston poytaxtida diniy ekstremistlar maxsus mashinalarga, xuddi Afg’oniston-u Che-chenistonda terrorchilar ishlatayotgan qoibola bombalarni joy-lab eng muhim mahkamalar qoshida portlatdilar. Bu dahshatli falokat alamzada dushmanning iloji boisa, mustaqil davlatga sidqidildan xizmat qilayotgan o’z padari buzrukvorlarini ham mahv etishga tayyor ekanliklarini ko’rsatdi. Ming abad shu-kurlar boisinki, 16-fevral voqealari tashkilotchilarining yovuz niyatlari amalga oshmadi. Yurtboshimiz va davlatimizning boshqa rahbarlari omon qoldilar. Terrorchilar o’z qilmishlariga yarasha jazolandilar.
Vatan tinchligi, barqarorligi - barchamizning hayotiy ishi-mizdir 1999- yilning 16- fevralida Toshkentda yuz bergan qo’po-ruvclnhk harakati barchamizni sergak bo’lishga, mustaqilligimizni himoya qihshga tayyor turishimizni ko’rsatdi. 1999-yil 16-fevral kunidagi mazkur fojiali voqealardan 2 soat keyin Vazirlar Mahkamasinmg yig’ilishida Prezidentimiz Islom Karimov yana bir bor xalqimizga quyidagi so’zlar bilan murojaat etdi:
Men ey odamzot, ogoh bo’linglar, ogoh bo’linglar, ogoh bo hnglar, deb kuyib-yonib da'vat etaman. Bu gap ehtimol ba zi birovlar uchun ortiqchaday tuyular. Lekin men ogohlik ogoh bo’lish haqida gapirganimda bugungiga o’xshash voqealarni nazarda tutaman".

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling