I-kurs 1-mavzu: turkistonda


I. A. Karimov. Asarlar, 8-jild, 7, 8- betlar


Download 0.79 Mb.
bet77/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

I. A. Karimov. Asarlar, 8-jild, 7, 8- betlar.
MDHning ko’plab mamlakatlarida qonunsizlik avj olib turgan bir vaziyatda O’zbekistonda jinoyatchilikning eng kam darajada sodir bo’lishi va tobora kamayib borishi kuzatildi. Gap bu yerda, ba'zilarning aytishicha, jazoning qattiqligida emas, balki jinoyat qonunchiligining izchil tizimida va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning aniq va puxta faoliyatidadir.
Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, militsiya va davlat avtomobil nazoratining minglab xodimlari kecha-yu kunduz fuqarolarning hayoti, mol-mulki, sog’lig’i, izzat-obro’si va qadr-qimmatini himoya qilmoqdalar. O’zbekiston o’z xavfsizligini ta'minlash maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlik qilmoqda.
Milliy xavfsizlik, avvalo, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash choralari ko’rildi. 1991-yil sentabrda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi parlamentining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan „O’zbekiston hududida joylash-gan harbiy qismlar va qo’shinlarni o’z tasarrufiga olish to’g’risida" gi qarori asosida O’zbekiston hududida joyiashgan barcha harbiy qismlar, harbiy o’quv yurtlari respublika tasar-rufiga olindi. O’zbekistonning o’z Qurolli Kuchlari tashkil etildi. 1993- yilda esa 14- yanvar — Vatan himoyachilari kuni, deb e'lon qilindi.
O’zbekiston Qurolli Kuchlari quruqlikdagi qo’shinlar, har-biy havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa qo’shinlari, max-sus va muhandislik-qurilish qo’shinlari hamda Milliy gvardiya-dan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo’mondoni hisoblanadi.
O’zbekistonda yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimi yaratildi. Toshkent umumqo’shin komandirlari, Samar-qand avtomobilchi komandir-muhandislar, Chirchiq tankchi komandir-muhandislar, Jizzax harbiy-aviatsiya oliy bilim yurtlari, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etilgan maxsus fakultet Qurolli Kuchlar saflariga turli mutaxas-sisliklar bo’yicha yuqori malakali komandirlar tayyorlab yetish-tirmoqda.
Toshkentda oliy qo’mondonlar tayyorlovchi Qurolli Kuch-lar Akademiyasi tuzildi. Harbiy Akademiyada zamonaviy harbiy bilimlarni egallagan, Sharqiy sarkardalarning, avvalo, sohib-qiron Amir Temurning harbiy san'atini, jahon harbiy ilmi va jangovar tayyorgarligining ilg’or tajribalarini o’zlashtirgan oliy qo’mondonlarni tayyorlash yo’Iga qo’yiidi.
O’zbekiston harbiy qurilish sohasida son jihatdan uncha katta bo’lmagan, ammo zamonaviy qurol-aslaha bilan yaxshi qurol-langan professional armiya tuzish yo’lini tanladi. Bu boradagi vazifalar Prezident Islom Karimov tomonidan aniq belgilab berildi.
..Harbiy qurilish sohasidagi maqsad professional armi-yani, o’z tarkibida yaxshi tayyorlangan va ta'lim olgan, o’z xalqiga, ona zaminiga sadoqatli bo’lgan, o’z Vatani-ning sha'ni va qadr-qimmatini oxirigacha himoya qila oladigan jangchilarga ega boigan armiyani bosqichma-bosqich vujudga keltirishdan iborat boiishi lozim. Maq-sad miqdor jihatdan uncha katta boimagan, lekin yaxshi shaylangan, zamonaviy qurollar va harbiy texnika bilan bekam-u ko’st qurollangan, O’zbekistonning xavfsizligini mustaqil ravishda va puxta ta'minlashga qodir boigan Qurolli Kuchlarni shakllantirishdir".
I. A. Karimov. Asarlar, 6- jild, 144- bet.
Mustaqillik yillarida Qurolli Kuchlar chuqur isloh qilindi. Respublika Qurolli Kuchlarining jangovarligini oshirish maqsa-dida harbiy okruglar tashkil etilib, harbiy qismlarni joylashti-rishning yangi tizimi yaratildi. Chegara qo’shinlari tashkil etildi. Qo’shinlar yangi tashkiliy-shtat tuzilmasiga o’tkazildi. Bosh shtab Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi etib qayta tashkil etildi. Kichik komandirlar tayyorlashni yoiga qo’yish maqsadida harbiy okruglarda serjantlar maktablari tashkil etildi. 2003-yildan e'tiboran O’zbekiston Qurolli Kuchlarida harbiy xizmat-ni o’tash muddati 18 oydan 12 oyga ya'ni 1 yilga keltirildi. Bu yosh yigitlarning o’z xohishi, havas va ishtiyoq bilan armiya xizmatiga intilishiga katta imkoniyat yaratdi. Shu tariqa o’zbe-kistonda armiyani professionallashtirish, armiyani shartnoma asosida to’ldirishga o’tish uchun zamin yaratildi.
O’zbekiston o’z armiyasini mustahkamlash maqsadida rivoj-langan mamlakatlar bilan harbiy hamkorlik qilish yo’Iidan bordi. O’zbekiston bilan AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Germa-niya, Fransiya, Turkiya, Ukraina va boshqa davlatlar o’rtasida harbiy hamkorlik yoiga qo’yildi va mustahkamlandi.
O’zbekiston 1994-yil iyul oyida NATOning „Tinchlik yoiida hamkorlik" dasturiga qo’shildi. Bu dastur tomonidan uyush-tirilgan harbiy mashqlarda O’zbekistonlik zobit va askarlar faol qatnashdilar.
• 1995-yilda O’zbekiston Qurolli Kuchlari vakillari AQSHda boiib o’tgan harbiy mashqlarda ishtirok etdi.
• 1997-yilda Qozog’iston va O’zbekistonda uyushtirilgan har-biy mashqlarda 6'zbekiston harbiy qismlarining ishtiroki zobit va askarlarning harbiy-texnik tayyorgarligini yanada ko’tarishga xizmat qildi.
• Shimoliy Karolina (AQSH)dagi Kemp Lejyun dengiz piyodalari poligonida O’zbekistonlik askarlar NATOning „Tinchlik yoiida hamkorlik" dasturida 16 ishtirokchi mamlakat armiyalari vakillari hamkorligidagi mashqlarda qatnashdilar.
• O’zbekistonlik desantchilar O’zbekiston hududida ameri-kaliklar bilan hamkorlikda o’tkazilgan „Ultrabalans—96" tajriba mashqlarida yuksak mahoratlarini namoyish etdilar.
• Toshkent, Chirchiq, Samarqand harbiy bilim yurtlari kursantlarining terma vzvodi 1997-yil may—iyun oylarida Nor-vegiyada o’tkazilgan „Kooperativ bankers—97" mashqlarida qatnashdi.
• AQSHning Luiziana shtatidagi Fort Polk harbiy bazasida 1997-yil iyun-iyul oylarida O’zbekistonlik askarlar ishtirokida „Kooperativ nagget—97" hamkorlik mashqlari boiib o’tdi. Bu mashqlar qo’shinlarning harbiy mahoratini oshirdi.
Mustaqillik yillarida Qurolli Kuchlarimizning zamonaviy harbiy texnikalar, qurol-yarogiar bilan ta'minlanish darajasi o’sdi.
Terrorizm bugun paydo boigan emas, uning paydo boiishi, shakllanishi, ildizlari ancha uzoqlarga borib taqaladi. Terrorizm dastlab biron-bir insonni oidirish maq-sadida kichik bir guruh kishilarning uyushuvi shaklida vujudga kelgan. Yillar o’tishi bilan terroristik harakatlar kuchayib, yoiovchi transport vositalarini, samolyotlarni, odamlar gavjum yashaydigan binolarni garovga olish, portlatish usullarini qoi-lash darajasiga ko’tarildi.
XX asr oxirlarida esa ekstremistik, terroristik kuchlar butun bir mamlakatga, hatto butun insoniyatga jiddiy tahdid soluvchi yovuz kuchga aylandi. Terroristik kuchlar jahondagi ko’pchilik mamlakatlarga yoyildi. Dastlab terroristik guruhlar alohida-alohida harakat qilgan bo’lsalar, endi bu yovuz guruhlar o’zaro birlashdilar, bir zanjirga bogiandilar. Ularni bir markazdan boshqarish, moliyaviy jihatdan markaz orqali ta'minlab turish tizimlari vujudga keldi. Shu tariqa xalqaro terrorizm vujudga keldi. Masalan, „Al-Qoida" deb atalgan xalqaro terroristik markaz ko’magida Afg’onistonda shakllangan „Tolibon" terroristik kuchlari yovuzlarcha harakat qilib, Afg’onistondagi qonuniy hokimiyatni ag’dardilar. „Tolibon" kuchlari Afg’onistonda hokimiyatni egallab, afg’on xalqi boshiga misli ko’rilmagan ofat soldilar.
Xalqaro terroristik markazlarning homiyligi va moliyaviy qo’llab-quvvatlashi oqibatida xorijiy mamlakatlarda tashkil top-gan terrorchilar guruhi O’zbekistonga ham bir necha marta tajo-vuz uyushtirdilar. Afg’oniston hududida o’rnashib olgan xalqaro terrorizmning bir guruh jangarilari 1999-yilda Yangiobodda, 2000-yilda Sariosiyo va Uzun tumanlariga bostirib kirib, mam-lakatimiz tinchligini buzishga urindilar. O’zbekiston Qurolli Kuchlari ularni tor-mor etib, mamlakat tinchligi, el osoyishta-ligini himoya qilishga qodir ekanligini ko’rsatdi.
2004- yil 28- mart — 1- aprel kunlari Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlarida terrorchilik harakatlari sodir etildi. 2004- yil 30- iyul kuni Toshkent shahrida AQSH va Usroil elchixonalari hamda O’zbekiston Respublikasi prokuraturasi binolari yonida takroran terrorchilik harakatlari bo’ldi. Bir necha begunoh odamlar, militsiya xodimlari qurbon bo’ldilar. Yovuz kuchlar harakati bostirildi. Qo’lga olingan terrorchilar qilmishiga yarasha jazolanadi, albatta. Xalqimizning tinch va osoyishta hayotiga tajovuz qilishga urinayotgan terrorchi kuchlar hech qachon o’zining qora niyatiga erisholmaydi.
Xalqaro terrorizmga, diniy va siyosiy ekstremizmga qarshi kurashni tashkil etish bo’yicha jahon hamjamiyati tomonidan o’tkazilayotgan nufuzli yig’ilishlarda O’zbekiston faol qatnash-moqda, o’zining samarali takliflarini ilgari surmoqda.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1993-yili BMT Bosh Assambleyasining 48- sessiyasida, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999-yil noyabr oyida Istanbulda bo’Igan sammitida, BMT Bosh Assambleyasining „Ming yillik sammiti" hamda boshqa nufuzli xalqaro anjumanlarda butun jahon jamoatchiligini xalqaro terrorizm xavfidan ogoh etib, bu xatarga qarshi birgalikda kurashish, xalqaro terrorizmga qarshi davlatlararo miqyosdagi kurashni muvofiqlashtiruvchi xalqaro markaz tuzish haqida takliflarni ilgari surdi.
2000-yil 20—21-aprel kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati davlatlari boshliqlarining kengashi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlari mintaqaviy xavfsizlik va mamlakatlararo munosa-batlarga doir masalalarni muhokama qildilar. To’rt davlat bosh-liqlari „Terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratil-gan hamkorlik to’g’risida shartnoma" ni imzoladilar. Bunday shartnomaning imzolanishi Markaziy Osiyodagi vaziyatdan ke-lib chiqqan muhim voqea va oqilona qadam bo’ldi.
2000- yil 21-iyunda Moskvada bo’lib o’tgan MDH davlat boshliqlarining sammitida terrorchilikka qarshi kurash mar-kazini tuzishga qaror qilindi.
2001-yil iyun oyi boshlarida Minsk shahrida bo’lib o’tgan MDH davlat boshliqlarining sammitida jinoyatchilik, terrorchi-lik va ekstremizmning turli ko’rinishlariga qarshi birgalikda chora ko’rish masalasi muhokama qilindi.
2001- yil 14—15 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining sammitida terrorchilik, ayirmachi-lik va ekstremizmga qarshi kurash borasida konvensiya imzolandi.
Afsuski, dunyo hamjamiyati xalqaro terrorizmning real xavfi to’g’risidagi O’zbekiston da'vatlariga yetarlicha e'tibor bermadi. 2001- yil 11- sentabr kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etil-gan mudhish terrorchilik hujumlaridan keyingina dunyodagi yetakchi davlatlar AQSH boshchiligida bu yovuz dushmanga qarshi keng miqyosda kurashga kirishdilar.
O’zbekiston terrorchilikning jirkanch qiyofasini o’z ostona-sida ko’rgan, bu balo-qazo bilan ancha ilgaridan buyon to’q-nashib kejayotgan davlat sifatida AQSHda sodir etilgan terror-chilik harakatlarini qoraladi. O’zbekiston AQSHning terrorchi-likka qarshi birgalikda kurash to’g’risidagi taklifini birinchilardan bo’lib qabul qildi va aksilterrorchilik harakatini to’Ia qo’llab-quvvatladi. Mamlakatimizning bu masaladagi munosabati Prezidentimiz Islom Karimovning 2001-yil 5- oktabrdagi Bayonotida va O’zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri bilan suhbatida aniq va ravshan ifodalab berildi. Q'zbekiston Afg’onis-ton hududini „Tolibon" kuchlaridan ozod etish va terrorizm balosini tag-tomiri bilan qo’porib tashlash maqsadida o’z avia-bazalaridan birini afg’on xalqiga insonparvarlik yordami ko’rsatish va qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini amalga oshirish uchun AQSH Qurolli Kuchlarining cheklangan kontingentiga berdi. Afg’onistondagi aksilterror operatsiyaning birinchi bos-qichi muvaffaqiyatli yakunlandi. „Al-Qoida" va „Tolibon" kuch-lariga zarba berildi. Bu kuchlar Afg’oniston ustidan nazoratni yo’qotdi. O’zbekiston gumanitar yordam berishga intilayotgan davlatlar, xalqaro tashkilotlarga o’zining quruqlik, havo va suv yo’Uaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratdi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O’zbekistonning davlat mustaqilligi mustahkamlandi, Vatan xavfsizligi ta'min-landi. O’zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi olib bora-yotgan qafiyatli siyosati davlatimizning xalqaro maydondagi obro’-e'tiborini yanada oshirdi.

17-Mavzu: Ma'naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi. Milliy istiqlol g’oyasi


Jamiyat ma'naviyati mamlakat barqarorligi taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o’z ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg’otmay va mustahkam-lamay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko’tarila olmaydi. Ma'naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadi-gan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon-irodasini, e'tiqodi-ni mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli kuchdir. Tarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor boigan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham boidi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma'naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar boidi. Ayniqsa, so’nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Ona tilimiz, boy ma'naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko’plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo’qo-tish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e'tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg’in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o’zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy-ozodlik uchun kurash-gan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag’on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o’chirib tashlashga harakat qilar edi.
Eski tuzum o’zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g’oyalarni singdirishga urinardi. Tarixi-mizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzib ko’rsatish, milliy tuyg’ularni qo’pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. o’z ona tilini, milliy an'ana va madaniyatini, o’z tarixini bilmaslik ko’plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Biroq og’ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz o’zligini yo’qotmadi, o’zining boy ma'naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi.
Ma'naviyat sohasidagi eng asosiy vazifamiz milliy qadriyatlarni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma'naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta'sir-chanligini kuchaytirishdir".

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling