I-kurs 1-mavzu: turkistonda
Ukraina sarmoyalari ishtirokida barpo etilgan 20 ta
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1992—2002-yillarda neftni qayta ishlash, kommunikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot almashish, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik bo’yicha 130 dan ortiq
- O’zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi o’rtasida do’stona hamkorlik to’g’risida shartnoma
- ,,0zbekiston bilan Litva o’rtasida davlatlararo munosabatlarniiig asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma"
Ukraina sarmoyalari ishtirokida barpo etilgan 20 ta qo’shma korxona ishlamoqda. Jumladan, „ToshVALEO" qo’shma korxonasi bir kunda ming qutiga yaqin qandolat mahsulotlari tayyorlamoqda. Shuningdek, ikki davlat o’rtasida ilm-fan, ta'lim, madaniyat sohasida hamkorlik qilinmoqda. Muxtasar aytganda, O’zbekiston va Ukraina o’rtasida 1992—2002-yillarda neftni qayta ishlash, kommunikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot almashish, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik bo’yicha 130 dan ortiq hujjatlar imzolandi. o’zaro savdo hajmi 1992-yildagi 20 mln AQSH dollaridan 2001- yilda 400 mln AQSH dollariga yetdi. O’zbekiston Ukrainaga aviatsiya, kimyo va yengil sanoat mollari, paxta tolasi, rangli metallar, gaz eksport qilmoqda. Ukrainadan gaz va neft konlarini o’zlashtirishda zarur bo’lgan texnika uskunalari, qora metallurgiya, kimyo sanoati mollari, shakar, pista yog’i import qilinmoqda. O’zbekistonning Qora dengizdagi Ukraina bandargohlari orqali Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda
Ukraina sarmoyalari ishtirokida barpo etilgan 20 ta qo’shma korxona ishlamoqda. Jumladan, „ToshVALEO" qo’shma korxonasi bir kunda ming qutiga yaqin qandolat mahsulotlari tayyorlamoqda. Shuningdek, ikki davlat o’rtasida ilm-fan, ta'lim, madaniyat sohasida hamkorlik qilinmoqda.1994- yil 21—22- dekabr kunlari Belorus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo’ldi. Tashrif paytida davlatlararo, hukumatlararo hamda har ikki davlat muassasalari o’rtasida 18 hujjat imzolandi. O’zbekiston bilan Belorus o’rtasida do’stlik va hamkorlikni yanada mustah-kamlash haqidagi Deklaratsiyani, Madaniyat va sao’at sohasida hamkorlik qilish to’g’risida shartnomani I. Karimov va A. Luka-shenko imzoladilar. Hukumatlar o’rtasida daromad va mulklardan ikki tomonlama o’zaro soliq olmaslik, avtomobil, temiryo’l, havo yo’li va pochta aloqasi bo’yicha hamkorlik haqidagi bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida maslahatlashuv haqida protokol hamda tarmoqlararo huijatlar imzolandi 1995- yil 30—31- mart kunlari O’zbekiston Prezidenti I. Kari-mov Moldova Respublikasida rasmiy safarda bo’ldi. I. Karimov va Moldova Prezidenti Mircha Snegur o’rtasidagi muzokaralar nihoyasida O’zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi o’rtasida do’stona hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Hukumatlar o’rtasida erkin savdo munosabatlarini rivojlantirish, fan-texnika, madaniyat va san'at, pochta xizmati, aloqa, bank sohalarida hamkorlik, samolyotlar qatnovini yo’lga qo’yish, ikki tomonlama soliq olmaslik to’g’risidagi o’ndan ziyod bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar izdan chiqqan aloqalarning tiklanishi uchun huquqiy zamin yaratdi. 1995-yil,5-sentabrGruziyadaviatrahbari,respublikaparlamenttraisi Eduard Shevarnadze rasmiy tashrifbilan O’zbekistonda bo’Idi. Bu tashrif O’zbekiston bilan Gruziya o’rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi va muzokaralar nihoyasida I. Karimov va E. Shevarnadze tomonidan o’zbe-kiston va Gruziya o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Ikki mamlakat o’rtasida sarmoyalarni o’zaro himoya qilish va rag’batlantirish, fan-texnika, bank, qishloq xo’jaligi, bojxona, xalqaro transport aloqalari, erkin savdo va ishlab chiqarish, maorif, madaniyat, sport, sog’liqni saqlash, sayyohlik, atrof- muhit muhofazasi bo’yicha hamkorlik to’g’-risida 20 dan ziyod hukumatlararo va muassasalararo hu[jatlar imzolandi. Latviya Prezidenti Guntis Ulmanisning 1996- yil 23- mayda O’zbekistonga qilgan davlat safari ikki mamlakat o’rtasida aloqalarni yanada chuqurlashtirdi. Ikki prezident O’zbekiston bilan Latviya o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish to’g’risida deklaratsiya imzoladilar. Hukumat-lararo fuqarolik, mehnat, huquq-tartibot, xalqaro avtomobil qatnovi, temiryo’l transporti, madaniyat, bojxona ishida o’zaro hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi. O’zbekiston Latviyadan elektr mashinalari, uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shakar va qandolatchilik mahsulot-lari, efir moyi, qora metall sotib oladi. Latviyaga esa rangli metallar, ipak, paxta va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Toshkentda „Dzintars" Latviya aksionerlik jamiyatining O’Z-bekiston-Latviya qo’shma korxonasi qurilib, „Volida", „Sao-dat", „Istiqbol" singari atirlar ishlab chiqarmoqda va „Dzin-tars" firma do’koni orqali sotilmoqda. O’zbekiston va Latviya tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida o’zaro maslahatlashuv to’g’ri-sida Protokol imzolandi. Ikki davlat o’rtasidagi savdo-sotiq o’sib bormoqda. 1994- yil o’zaro tovar ayirboshlash 121,8 million so’mni tashkil etdi. I. A. Karimovning 1995- yil iyun oyida Litvaga tashrifi chog’ida Prezident A. Brazauskas bilan O’zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi o’rtasidagi ikki tomonlama ham-korlikni rivojlantirish va chuquriashtirish to’g’risidagi qo’shma Deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, O’zbekiston hukumati bilan Litva hukumati o’rtasida ta'lim, fan va texnika, sayyohlik, madaniyat va san'at, savdo-iqtisodiy, havo yo’li va havo trans-porti sohalarida hamda bojxona qonunini buzish hollariga qarshi kurash borasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi. O’zbekiston Litvadan elektr uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, sut va sut mahsulotlari, mebel sanoati mahsulotlarini sotib olib, Litvaga paxta, neft, rangli metallar eksport qiladi. 1994- yilda o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 248,6 million so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2001- yilda bu ko’rsatkich uch barobarga ko’paydi. O’zbekiston Litvaning transport-xo’jalik kommunikatsiyasi, dengiz yo’li, ayniqsa, Klaypeda bandargohi orqali o’z mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarmoqda. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002- yil 23—25-sentabr kunlari Litva Respublikasiga tashrif buyurishi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko’tardi. ,,0'zbekiston bilan Litva o’rtasida davlatlararo munosabatlarniiig asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma", ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari, bojxona xizmatlari hamda milliy universitetlari o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi. O’zbekiston-Litva hukumatlararo savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha komis-siya tuzildi va u faoliyat ko’rsatmoqda. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling