I-kurs 1-mavzu: turkistonda
O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston prezidentlari-
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muzokaralar yakunida prezidentlar Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotini tasis etish to’g’risidagi shartno-mani imzoladilar. Shu tariqa MOH tashkiloti huquqiy
- „o’zbe- kiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma"
- „Turkiston — umumiy uyimiz"
- „Qardosh xalqlar uchrashuvi"
O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston prezidentlari-ning 1994- yil iyul oyi boshida Almati shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvi ham bu uch qardosh mamlakatlar xalqlari o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda yana bir yangi qadam bo’Idi. Unda o’zaro integratsiyani kuchay-tirish bo’yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish to’g’risida bitimlar imzolandi. Tomonlar dalvatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek Bosh Vaziriar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta'sis etdilar. Bunday yagona muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organla-rining paydo bo’lishi O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’i-ziston o’rtasida integratsiya uchun huquqiy zaminni yana-da mustahkamladi. Markaziy Osiyo hamkoriik va taraq-qiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi.
2002- yil 28- fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida prezidentlar Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotini ta'sis etish to’g’risidagi shartno-mani imzoladilar. Shu tariqa MOH tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashdi. MOH tashkilotining raisi etib Islom Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar ko’lamini kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadi. Har bir a'zo mamlakatdan bevosita davlat rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 ta vakil MOH tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirish, a'zo mamla-katlarining integratsiya jarayonlarini faollashtirish bora-sidagi nuqtayi nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilingan hujjatlarning ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug’ullanmoqda. MOH tashkilotining tashkil etilishi, uning a'zolari bo’lgan 4 ta mamlakat o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalarni yangi pog’onaga ko’tardi. O’zbekistonning Qozog’iston bilan ikki tomonlama muno-sabatlari 1992-yil 24-iyunda Turkiston shahrida O’zbekiston Prezidentining Qozog’istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N. Nazarbayev bilan I. Karimov tomonidan imzolangan „o’zbe-kiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma" asosida mustah-kamlanib bormoqda. 1993-yil 10-noyabrda I. Karimov Almatiga safar qildi. O’zbekiston va Qozog’iston prezidentlari ikki mamlakat integrat-siyasiga oid aloqalar masalasini, iqtisodiy siyosatini muhokama qilishdi. o’zaro sarmoyalarni amalga oshirish yo’llari va usullari, qo’shma korxonalar, yuksak texnologiyalar yaratish haqida keli-shib olishdi. Tomonlar pul tizimiga doir masalani muhokama qilib, ikkala tomon bir vaqtda milliy valutani joriy etish haqida ahdlashdilar. Ikkala mamlakat pul tizimini birgalikda mustahkamlashning prinsipial masalalari bo’yicha kelishib olishdi. Aholining ikkala mamlakat pullarini erkin almashtirish uchun pul almashuv tar-moqlarini vujudga keltirishga e'tibor qilish zarurligini ta'kidladilar, hukumatlarga va banklarga banklararo hisob-kitoblar, erkin savdo, bojxona bo’yicha amaliy choralar ko’rish to’g’risida ko’rsatma berildi. Ikki davlat o’rtasida savdo-sotiq, iqtisodiy hamkorlik to’g’risida bitimlar tuzildi. O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida iqtisodiy integratsiyaga oid aloqalar, o’zaro sarmoyalar almashish, qo’shma korxonalar va yuksak texnologiyalar yaratish ishlari yo’lga qo’yildi. I. Karimovning 1993- yil avgustida Qirg’izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi paytida o’sh shahrida O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida 1994—2000-yillarga mo’ljallangan iqtisodiy integrat-siyani rivojlantirish to’g’risida Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqilgan milliy dasturlarni muvofiqlash-tirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan. Ikki davlat o’rtasida iqtisodiyot, savdo, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta'lim, sport va turizm bo’yi-cha hamkorlikni mustahkamlash haqida bitimlar imzolangan 1997- yilda Moskvada Tojikistonning rasmiy hokimiyati bilan muxolifat kuchlar o’rtasida tuzilgan milliy murosa haqidagi shartnoma Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun ayni muddao bo’ldi. Tojikistonning qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari yana jonlandi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998- yil 4- yanvar kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov O’zbekistonga amaUy tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo’yicha qo’shma axborot imzoladilar. O’zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari sog’liqni saqlash, madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo’yicha hamkorlik to’g’risida bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida yuk tashish hamda gaz yetkazib berish, Tojikistonniig qarzi bo’yicha o’zaro hisob-kitob to’g’risidagi bitimlar ham imzolandi. O’zbekiston va Tojikiston munosabatlari o’zining yangi, mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o’tdi O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o zbek, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, tojik, turkman va mintaqada yashovchi barcha xalqlar o’rtasidagi qadimiy do’stlik aloqaIarini yangi sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib „Turkiston — umumiy uyimiz" degan g’oyani ilgari surdi. Mintaqajamoatchilik vakillarini, birinchi navbatda, ijodkor ziyolilar—yozuvchilar, tarixchilar va boshqalarning e'tiborini Turkiston tuyg’usini—tarixiy birlik tuyg’usini qaytadan tiklashga qaratdi. 1995- yil 21- noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo ziyolilari ishtirokida „Qardosh xalqlar uchrashuvi" mavzusida xalqaro qurultoy bo’lib o’tdi. Qurultoyda „Turkiston—umumiy uyimiz" harakatini birinchilardan bo’lib qo’llab-quvvatlagan olamaro mashhur bo’lgan qirg’iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov ma'ruza qildi. Ma'ruzachi va so’zga chiqqan qardosh xalqlar vakillari mintaqada yashab o’tgan ajdodlarimiz ruhi bilan olis istiqbolda tug’ilajak avlodlar bog’liqligi, mintaqa yaxlitligi, ya-gona Turkiston tuyg’usining muqaddasligi haqida so’zladilar. Qurultoyda „Turkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi" tashkil etildi. Chingiz Aytmatov Assambleya Prezidenti, Odil Yoqubov Assambleya vitse-prezidenti etib saylandi. Assambleyaning qarorgohi Toshkent shahrida boiib, Bishkek va Almatida uning bo’limlari tashkil etildi. „Turkiston—umumiy uyimiz" g’oyasini to’g’ri tushunish lozim. Uning tagida Markaziy Osiyo mamlakatlarini birlashtirish yoki ular tepasida turuvchi yangi bir tuzilmani yaratish kabi maqsadlar qo’yilayotgani yo’q. „Turkiston—umumiy uyimiz" deganda barcha turkiy davlatlar, hamma turkiy xalqlar nazarda tutilayotgani ham yo’q. Gap Turkiston deb nomlangan siyosiy-jug’rofiy hudud ustida, hududdagi mamlakatlarning o’zaro birligini mustahkamlash, ularning xalqlarini yaqinlashtirish haqida bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlarining har biri o’z doirasida, o’z taraqqiyot yo’lidan rivojlanib boraveradi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling