I-kurs 1-mavzu: turkistonda


Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I. Karimov Fransiya Prezidenti F. Mitteran


Download 0.79 Mb.
bet89/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I. Karimov Fransiya Prezidenti F. Mitteran, Fransiyaning boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari bilan do’stona suhbat va samarali muzokaralar yuritdi. F.Mitteran qabul marosimida nutq so’zlab: „Hozirgi siyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda yetakchi o’rinni egallab turgan mustaqil O’zbekiston Sharq bilan Ғarb o’rtasida ishonchli ko’prik bo’lishi mumkin
O’zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo’lgan Buyuk Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993-yil 17—19-iyul kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O’zbekistonda bo’lib, mamlakatimiz bilan, xalqimizning turmush tarzi bilan tanishib, Samarqand shahrining o’lmas tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilib ketdi. 1993-yil 15-oktabr kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar va hamdo’stlik ishlari bo’yicha davlat vaziri Daglas Xogning O’zbekistonga safari chog’ida ikki davlat o’rtasida madaniyat va ta'lim sohasidagi hamkorlik, ikki yoqlama soliq olmaslik to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’zbekistonning Finlandiya, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o’rnatildi va kengayib bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida O’zbekiston Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo’ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo’lib qolmay, O’zbekistonning Yevropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan mamlakat — Shveysa-riyadagi vakolatxonasiga ham aylandi. 1995-yil oktabrda Jenevada ,,0'zbekistonda xususiylashtirish: hamkorlik uchun imkoniyatlar" mavzusida konferensiya bo’lib o’tdi. Shu yil noyabr oyida esa Londonda o’tgan „O’zbekistonda biznes" konferensiyasida iqtisodiy islohotlarning xususiyatlari muhokama qilindi. Shtut-gartda bo’lib o’tgan „Buyuk ipak yo’li merosi: O’zbekiston" ko’rgazmasi O’zbekistonning aql-ziyo sohasida jahonda tutgan o’rniga va salohiyatiga berilgan katta baho bo’ldi.
O’zbekiston Prezidentining Davosda har yili o’tadigan jahon iqtisodiy anjumanida ishtirok etishi va anjumanda so’zlagan nutqlari uning ishtirokchilarini, davlat va hukumat boshliqlarini, xalqaro moliya tashkilotlari, yirik banklar va kompaniyalarning rahbarlarini, qolaversa jahon biznesmenlarini O’zbekiston bilan, uning salohiyati bilan tanishtirdi, O’zbekistonga xorijiy sarmoya-larni jalb qilishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling