I-kurs 1-mavzu: turkistonda
O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belo- vejskaya Pushchada
- Bayonotda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi huquqiy asosda, sobiq SSSRdagi barcha respublikalar tomonidan ixtiyoriy va teng asoslarda tuzilishi lozim, ularning
- „Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar"
O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari bilan ko’p tomonlama va ikki tomonlamaa loqalari
1991-yil 19—22-avgust voqealaridan keyin respublikalar birin-ketin o’zlarini mustaqil davlat deb e’lon qildilar. Sobiq Ittifoq chuqur siyosiy inqirozga uchradi va parchalana boshladi. 1991-yil 8-dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi — Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari— B. Yelsin, L.Kravchuk, S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo’ldi. o’sha kuni Belo-vejskaya Pushchada uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH)ni tuzish to’g’risida Shartnoma imzo-ladilar. Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valuta va moliya-bank sistemasi bo’ladi, fan, ta'Iim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjat-da SSSRning mavjudligi va uning Konstitutsiyasi to’xtatiladi, deb e'lon qilindi. Ukraina, Belorus, Rossiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 1922-yil 30-dekabrdagi SSSRni tuzish to’g’risidagi shartnomani bekor qil-dilar. Mazkur respublikalarning SSSR Oliy Sovetidagi depu-tatlari chaqirib olindi. SSSR Prezidenti bo’lmish M.S.Gorbachyovning Ittifoqni yangi shaklda saqlab qolish yo’lidagi urinishlari barbod bo’ldi. Mamlakatda uni quvvatlovchi birorta siyosiy kuch topilmadi. Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turk-maniston prezidentlari 1991- yilning 13- dekabrida Ashgabatda uchrashdilar va Minskda imzolangan MDH haqidagi shart-noma munosabati bilan vujudga kelgan ahvolni muhokama qildilar. Uchrashuvda Bayonot qabul qilindi. Bayonotda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi huquqiy asosda, sobiq SSSRdagi barcha respublikalar tomonidan ixtiyoriy va teng asoslarda tuzilishi lozim, ularning barchasi MDHni tuzuvchilar bo’lib qolishi kerak, deb ta'kidlanadi. Bayonotda MDH etnik prinsip asosida yoki insonlar huquqini buzish asosida qurilmasligi kerak, deyilgan edi. Besh davlat boshliqlari MDHga uni ta'sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildiradilar. 1991- yil 21- dekabrda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Krav-chuk), Belorus (S.Shushkevich), Qozog’iston (N.Nazarbayev), O’zbekiston (LKarimov), Qirg’iziston (AAkayev), Tojikiston (R.Nabiyev), Turkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon (A.Muta-libov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldova (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo’ldi. o’sha kuni U davlat boshliqlari Belovejskaya Pushcha shartnomasi yuzasidan proto-kolni imzolab, „Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar" maqomida MDH muassisi bo’ldilar 1992-yil9-fevralda Moskvada MDHning faoliyati davlatlariboshliqlarining kengashi bo’lib, unda ekologiya va tevarak-atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi o’zaro aloqalar haqida bitim, bir-birlarining hududlaridan yuklami soliq va yig’imlarsiz o’tkazish haqida bitim, gidrometeorologiya sohasidagi o’zaro aloqalar haqida bitim, temiryo’l transportida yo’lovchilar va yuk tashishning yangi yagona tariflari haqida ahdnoma imzolandi. 1992-yiI 20-martda Kiyevda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi bo’ldi. Unda sobiq Ittifoqning mulki haqida, davlat arxivi, qarzlari, davlat banki va boshqa masalalar muhokama qilindi. Kiyev uchrashuvida davlatlarning chegara-larini va hamdo’stlikning dengiz iqtisodiy zonalarini qo’riqlash haqida bitim imzolandi. 1992- yil 15- may kuni Toshkentda MDH mamlakatlari rahbarlarining navbatdagi Kengashi bo’lib o’tdi. Unda hamdo’stlik doirasida moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik, havo bo’shlig’idan foydalanish, kosmik dasturlami bajarish, yagona budjetni shakllantirish, chegara qo’shihlarini pul bilan ta'minlash tartibi, kollektiv xavfsizlik, yagona axborot makoni va boshqa masalalar muhokama qilindi. 1993- yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo’ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDHni huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. Kengashda davlatlararo bank va iqtisodiy hamkorlik maslahatkengashini tuzish, Afg’oniston bilan Tojikiston o’rtasidagi chega-rani mustahkamlash uchun MDHning tinchlik o’rnatuvchi harbiy bo’linmalarini yuborish masalalari muhokama qilindi va tegishli hujjatlar qabul qilindi. 2000- yil 21- iyunda Moskvada bo’lib o’tgan MDH davlat boshliqlarining sammitida MDH doirasida erkin savdo zonasi barpo etish borasidagi ishlarni, integratsiya jarayonlarini faollash-tirishga qaratilgan 2005-yilgacha bo’lgan muddatda Hamdo’stlikni rivojlantirish dasturi muhokama qilindi va tegishli hujjat imzolandi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling