I-kurs 1-mavzu: turkistonda


I. A. Karhnov. „Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimizdir". 24—25- betlar


Download 0.79 Mb.
bet78/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

I. A. Karhnov. „Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimizdir". 24—25- betlar.
Yurtboshimiz hozirMustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma'naviy zug’umlardan ozod bo’ldi,
erkin fikrga, milliy tiklanishga yo’l ochildi. Jamiyat ma'naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta'minlovchi ma'naviy-ma'rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab
olindi.
Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta'minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma'naviy islohotlar — qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’Iish — bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q bu dunyoda".
I. A. Karimov. ,,0'zbekiston: miliiy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura". Asarlar, 1-jild, 202-bet.
Boy ma'naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyal ma'naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma'naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Xo’sh, ma'-naviy meros nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo 'imoqda ?
Ma'naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma'naviy boyliklar — siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me'yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san'at asarlari majmuyidir. Ma'naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo’l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o’sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o’zgarishi bilan yo’qolib ket-maydi, keyingi avlodlar uchun ma'naviy meros bo’lib qoladi. Har bir avlod ma'naviyatni yangidan yaratmaydi, mavjud ma'naviy merosga tayanadi, biroq uni qanday bo’lsa shun-dayligicha, ko’r-ko’rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtayi nazaridan qabul qiladi va rivoj-lantiradi.
Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo’shgan buyuk bobokalonlarimizning ma'naviy merosi qaytadan o’rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo’lishga muyassar bo’ldi.
80-yilIarning oxirlarida mamlakatimizga o’zini ,fio’st", „dindosh", „millatdosh" qilib ko’rsatib, go’yo islom dinining sofligi uchun kurashishga „ da 'vat" etuvchi ayrim kimsalar kirib kelganligi ma'lum. Ular muqaddas islom dinimizni asl mohiyatini bilmaydigan oddiy odamlarni, g’o’r yoshlarni o’z tuzog’iga ilintirib, bizga begona bo’lgan diniy aqidalarni yoyishga urindi, ayrim yoshlarni o’ziga mahliyo qilishga, jaholat va jinoyat botqog’iga tortishga ulgurishdi ham. Namangan va Toshkentda sodir etilgan qonli voqealardan keyingina bu kuchlarning niyati hokimiyat uchun kurash bo’lib, ular din niqobi ostida harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining 0'zbekistondagi bir to’dasi ekani oshkor bo’ldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida eski mafkuradan voz kechish natijasida paydo bo’lgan bo’shliq vaziyatida begona g’oyalarning O’zbekistonga xuruji kuchaydi.
Bunday mafkuraviy ta'sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak?
Buning yo’li — odamlarimiz, avvalambor yoshlari-mizning iymon-e'tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash... Farzandlarimiz yuragida ona-Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolari-mizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy im-munitetini kuchaytirishimiz zarur".

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling