I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali


Download 36.37 Kb.
bet2/9
Sana28.12.2022
Hajmi36.37 Kb.
#1013100
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ijtimoiy hayot. 2007 yil


20 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda boks bo‘yicha jahon chempioni Ruslan Chagayevni, “Yuniversum boks-promoushn” (Germaniya) professional boks klubi promouteri Klaus-Peter Kol va R.Chagayevning ushbu klubdagi menejeri Toymas Niyozovni qabul qildi.
Germaniyaning Shtutgart shahrida professional boksning eng nufuzli – Jahon boks uyushmasi (WBA) yo‘nalishi bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida o‘tgan bahsda Ruslan Chagayev jahon chempioni kamarini qo‘lga kiritdi. Davlatimiz rahbari shu munosabat bilan taniqli bokschimizga yo‘llagan tabrigida O‘zbekiston ahli bugun uning sport olamida ko‘rsatgan beqiyos jasoratini bayram qilayotganini, xalqimiz o‘zbek boks maktabida tarbiya topib kamolga yetgan o‘g‘lonining tarixiy g‘alabasi bilan haqli ravishda faxrlanishini ta’kidladi.
O‘zbekiston Prezidentining 2007 yil 17 apreldagi Farmoniga binoan, professional boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritib, mardlik va jasorat namunasini namoyon etgani, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirish, uning shuhratini dunyoga tarannum etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, o‘zbek boks maktabi an’analarini yanada yuksaltirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun R.Chagayev “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Yurtboshimiz R.Chagayevga ana shu ordenni va Andijondagi “O‘zDEUavto” zavodida ishlab chiqarilgan “Lacetti” avtomobili kalitini topshirdi.
25 aprel. Prezident Islom Karimov poytaxtimizdagi Hazrati Imom majmuasiga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
17 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.
5 iyun. Davlatimiz rahbari Islom Karimov poytaxtimiz Toshkent shahridagi Hazrati imom majmuasida nihoyasiga yetkazilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida bu yerga tashrif buyurdi.

Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling