I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali


Download 36.37 Kb.
bet8/9
Sana28.12.2022
Hajmi36.37 Kb.
#1013100
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13 dekabr. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 13 dekabr kuni Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Istiqlol yillarida butun mamlakatimiz kabi Toshkent viloyatida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi, dedi Islom Karimov. Viloyatda sanoatning tog‘-kon, kimyo, to‘qimachilik, qayta ishlash kabi ko‘plab tarmoqlari izchil rivojlanmoqda. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksionerlik jamiyati, “Ohangaron-sement” aksionerlik jamiyati, “Spenteks-To‘ytepa” qo‘shma korxonasi kabi yirik ishlab chiqarish majmualari nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Joriy yilning 9 oyida viloyatda eksport hajmi 1,5 barobar oshgani ham shundan dalolatdir. Viloyatda aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, yerlar unumdorligini oshirish, qishloqqa sanoat va servisni olib kirish borasida, shuningdek, madaniy-ma’rifiy sohalarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
14 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 14 dekabr kuni Jizzax va Sirdaryo viloyatlari saylovchilari bilan uchrashdi.
Jizzax viloyati o‘zining go‘zal va betakror tabiati, boy tabiiy resurslari, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligidagi ulkan salohiyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi, dedi Islom Karimov. Fermerlik harakatini rivojlantirish borasidagi keng qamrovli chora-tadbirlar samarasini Jizzax viloyati misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Viloyatda yetishtirilayotgan g‘allaning 98, paxtaning yuz foizi fermerlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. “O‘zEksayd”, “Jizantep”, “For-Teks” singari korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi tobora ortib borayotir. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, kamolotiga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli jizzaxlik yigit-qizlar ham mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.

Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling