I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali


Download 36.37 Kb.
bet6/9
Sana28.12.2022
Hajmi36.37 Kb.
#1013100
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3 dekabr. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 3 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi.
Islom Karimov mamlakatimiz iqtisodiyotida Qoraqalpog‘iston Respublikasining munosib o‘rni borligini ta’kidladi. Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xo‘jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo‘shma korxonasi, Nukusdagi marmar va kabel zavodlari, Urga gaz koni, shuningdek, to‘qimachilik majmualarida ishlab chiqarish samaradorligi ortmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotidagi yangilanishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar shu zamin ahlining fidokorona mehnati mahsuli ekanini qayd etdi.
4 dekabr. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 4 dekabr kuni Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Islom Karimov Xorazm jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan taraqqiyot beshiklaridan biri ekanini ta’kidladi. Bu yerda o‘n asr muqaddam tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi Sharqning eng yirik ilm-ma’rifat maskanlaridan biridir. Xorazm vohasidan yetishib chiqqan Abu Muso al-Xorazmiy, Pahlavon Mahmud, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi singari buyuk bobolarimiz bilan xalqimiz haqli ravishda faxrlanadi. Ularning vorislari bugungi kunda ilm-fan, ta’lim, sport va boshqa ko‘plab sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritib, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotir.
5 dekabr. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 5 dekabr kuni Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Islom Karimov Samarqand xalqimiz faxru g‘ururining ifodasi, jahon ahlining qiziqish va e’tiboriga munosib zamin ekanini ta’kidladi. Samarqand azal-azaldan boy tarixi, buyuk mutafakkirlari, fozilu fuzalolari, betakror me’moriy yodgorliklari, xushmanzara tabiati, nozu ne’matlari bilan dovrug‘ qozongan. Joriy yilda nishonlangan Samarqand shahrining 2750 yillik to‘yi va “Sharq taronalari” oltinchi Xalqaro musiqa festivali tantanalari bu qadim zamin shuhratini jahon uzra yanada keng yoydi.

Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling