I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali


avgust. Prezident Islom Karimov poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. 30 avgust


Download 36.37 Kb.
bet4/9
Sana28.12.2022
Hajmi36.37 Kb.
#1013100
1   2   3   4   5   6   7   8   9
28 avgust. Prezident Islom Karimov poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
30 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zekspomarkaz”da namoyish etilayotgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning an’anaviy ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi, ko‘rgazma ekspozitsiyalarini ko‘zdan kechirdi.
31 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida o‘tgan xotirlash marosimida ishtirok etdi.
31 avgust. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Istiqlolimizning 16 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Mustaqillik – ozod va obod Vatanning har bir farzandi o‘zligini, o‘z qadr-qimmati, or-nomusi va g‘ururini teran anglashi uchun cheksiz va buyuk imkoniyat.
Davlatimiz rahbari Mustaqilligimizning o‘n olti yilligi bilan butun xalqimizni muborakbod etadi.
7 sentabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Marg‘ilon shahrining 2000 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etdi.
26 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi yangi pallaga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari boshlandi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 26 noyabr kuni Surxondaryo viloyatida saylovchilar bilan uchrashdi.
Islom Karimov o‘z nutqida Surxondaryo hududidan buyuk allomalar yetishib chiqqanini, bu yerda mehnatkash, bag‘rikeng insonlar yashashini ta’kidladi. Ushbu voha ulkan tabiiy zaxiralarga boy, eng muhimi, viloyatda bu resurslarni o‘zlashtirishga qodir yuksak malakali mutaxassislar ko‘p. Viloyatda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yilda Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining ishga tushirilgani buning yorqin misolidir.

Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling