I ma’ruza: Kompyuter kommunikasiyalari: kommunikasion kanal va aloqa prosessori


Tuzilish bir xil, farq esa miqyosda


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/31
Sana06.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1334308
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Mavzu Telekommunikatsion axborot ta`minotini sport sohasiga qo‘

Tuzilish bir xil, farq esa miqyosda  
Intranetlarning qurilishi Internetnikiga о‗xshash. Ikkalasida ham mijoz-server 
tuzilishi qо‗llaniladi. Internet va kichik intranet asosan kо‗lami bilan farqlanadi. 
Milliardlab kompyuterlarning bir-biri bilan о‗zaro axborot almashishida vositachi 
bо‗layotgan Internet konstruksiyasi juda murakkab. Dunyodagi barcha kompyuterlarning 
ulanishi uchun zarur bо‗lgan tarmoqlarning miqdori hamda ularning bog‗lanishi uchun 
zarur bо‗lgan bir yо‗nalishga soluvchilarning ishlash ketma-ketligini tushuntirish va 
sonini hisoblab chiqish qiyin. Intranet esa bigga tashkilotdagi komyuterlar soni bilan 
chegaralangan. Bu borada hisob-kitobda ham muammo bо‗lmaydi. Uning boshqarilishi 
ham oson va qulay. Shuningdek, ―ulkan‖ va ―ushoq‖ tarmoqlarning asosiy farqlaridan 
biri serverlarning boshqarilishi bilan belgilanadi.
Internet va Intranet maqsadlari ham faoliyat kо‗lamiga monand. Global tarmoq, 
butun dunyo miqyosida axborot almashishga yо‗l ochadi. Korporativ tarmoq, bitga 
tashkilot doirasida bо‗lib, korporativ virtual maydonda asosan о‗sha kompaniya uchun 
muhim bо‗lgan hamkor va raqiblarning ruyxati, buyurtmachilar haqidagi axborotlar 
aylanmasi ta‘minlanadi. Intranet oddiy foydalanuvchilar uchun yopiq. Bir yoki bir necha 
serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron ma‘lumotlar bazasi va fayllardan 


26 
foydalanish uchun ularning qaysi serverda qanday nom bilan saqlanganligini, ularga kirish 
usul hamda shartlarini bilishi zarur. Masalan, kо‗pchilik xolatlarda uning 
foydalanuvchilari 
maxsus 
paroldan 
foydalanishadi. 
Internetda 
esa 
bunday 
noqulayliklarning oldi olingan bо‗lib, asosiy kо‗layligi barcha uchun ochiqligidir. 
―Ulkan‖ tarmoqning foydalanuvchisi unga kirish uchun qandaydir malumotlarni bilishi 
shart emas.
informator.ru saytida berilgan ma‘lumotga kо‗ra, Intranet tuzilishi jihatidan VPN- 
texnologiyasiga asoslangan. Intranetda global tarmoq protokollari, mijoz-server tuzilishi 
va boshqa xususiyatlar mavjud. Masalan, veb- xizmat — HTTP, elektron pochta — SMTP, 
fayllar uzatuvchi — FTP protokoliari ishlatiladi. Kompaniya ichida axborot almashinuvini 
optimallashtirishni maqsad etgan internetchalar yaratilishi uchun Web internet serveri 
(HTTP(HTTPS) va pochta serveri (SMTP/IMAP e-mail) kerak bо‗ladi. Bundan tashqari, 
xabar almashinuvi uchun MSN Messenger, Jabber, yangiliklar kiritilishiga NNTP
korporatsiya ichidagi aloqa faoliyatini ta‘minlashga VoIP serverlari zarur. Ularning 
barchasi bir butunlikda intranetni hosil qiladi. Mazkur texnologiyalar hoh katta, hoh kichik 
doirada bо‗lsin, korporativ axborot tizimida ma‘lumot va yangiliklar aylanishini 
ta‘minlayveradi.
Intranetning kо‗plab qо‗layliklarni taqdim etayotgani zamon bilan ham nafas 
faoliyat olib borayotgan korxona va firmalarning qiziqishiga sabab bо‗lmoqda. U 
hamkorlikda biror loyiha doirasida olib borilayotgan ish unumini oshiradi, axborot olishni 
osonlashtiradi, tarmoqni istagancha tashkil etish imkonini beradi. Ammo Intranet undan 
foydalanuvchilarning global tarmoqqa kirishini ta‘minlash majburiyatini olmagan. 
Internetga kirish uchun Intranet mijozi yana kо‗shimcha vositalardan foydalanishi kerak. 
Biroq bunday holatlarda intranetdan xakerlarning bemalol о‗z maqsadi yо‗lida 
foydalanishi mumkinligi esa uning asosiy kamchiliklaridan biridir.
Axboriy jamiyatda har bir sohadagi firma va kompaniyalarda doimiy axborot 
aylanmasi kо‗payib bormoqda. Elektron xabarlar kuryer — xat tashuvchini ham, telefaksni 
ham siqib chiqarmoqda. Ayni kunda Fapb davlatlaridagi firmalarda vaqtni tejash
hamkorlikni kuchaytirish, qog‗oz sarfi uchun harajatlarni tejash maqsadida intranetdan 
keng foydalanilmoqda. Internetdan kichik, Intranetdan katga shakldagi yangi tarmoq — 
Ekstranetlarning paydo bо‗layotgani esa insoniyatni ―net‖lar olamidagi ajabtovur 
о‗zgarishlar sari boshlamoqda. Kо‗rinib turganidek, endilikda yagona tarmoq hisoblangan 
Internet bilan birga undan xajmi jihatidan farqlanuvchi ―ukalari‖ Intranet va Ekstranetlar 
xam axborot olamiga jadal kirib bormoqda.
XUB (Switch) qurilmasidan foydalangan xolda kompyuterni tarmoqqa ulash. Hublar 
xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog‗lash uchun kerak bo‗lsa, Switchlar binolar 
orasiga qo‗yiladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling