I-mavzu: Korxonalarning tashkiliy huquqiy asoslari Reja


Qaysi tarmoqqa qarashliligiga kо‘ra


Download 37.85 Kb.
bet4/9
Sana10.02.2023
Hajmi37.85 Kb.
#1185428
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu Korxonalarning tashkiliy huquqiy asoslari

Qaysi tarmoqqa qarashliligiga kо‘ra korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (mashinasozlik, kо‘mir qazib chiqarish, sug‘urta va hokazo) sohalariga mansub bо‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va kо‘rinishiga kо‘ra, korxonalar sanoat, qishloq xо‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bо‘linadi.
Texnologik umumiyligiga kо‘ra, korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi asosida yurituvchilarga bо‘linadi.
Tayyor mahsulotning maqsadlariga kо‘ra, barcha korxonalar ikkita katta guruhga bо‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar.
Foydalaniluvchi xom ashyo turiga kо‘ra, sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi.
Yil davomida ishlash muddatiga kо‘ra, korxonalar mavsumiy va yil bо‘yi faoliyat yurituvchilarga bо‘linadi.
Hajmiga kо‘ra, korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi «О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va о‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi Farmoniga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish haqida»gi Farmoniga asosan ishlab chiqarish tarmog‘ining о‘rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bо‘lgan hamda xizmat kо‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasidagi о‘rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bо‘lgan; ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar mikrofirmalar qatoriga kiritiladi.
Kichik korxona hisoblanadi:

  • yengil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishicha ishlaydigan;

  • mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qurilish, qishloq xо‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha ishlaydigan;

  • fan, ilmiy xizmat kо‘rsatish, transport, aloqa, xizmat kо‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish xamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar.

Ixtisoslashuv darajasiga kо‘ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bо‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar о‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga kо‘ra, korxonalar ishlab chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi korxonalarga bо‘linishi mumkin.
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga kо‘ra, korxonalar tо‘liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, qо‘l-mashina va faqat qо‘l mehnatiga asoslangan korxonalarga bо‘linadi.
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi - qо‘shma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning paydo bо‘lishiga olib keldi.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida xususiy mulk mulkchilik shaklining boshqa kо‘rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilab qо‘yilgan. Yangi qonunchilik hujjatlarida yangi iqtisodiy tushuncha - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli tushunchasi kiritilgan.
Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xо‘jalik huquqi normalarida kо‘zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a’zo bо‘lish usullari va olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog‘liq bо‘lgan strukturaviy tuzilishining usul va kо‘rinishlari xо‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi.
Korxonaning tashkil etilishi va faoliyatining asosiy maqsadi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni (bajarilgan ishlar, kо‘rsatilgan xizmatlar) iste’molchilarga sotish orqali mumkin bо‘lgan maksimal foyda olish, ular asosida mehnat jamoasi va ishlab chiqarish vositalari egalarining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari qondirishdan ibortatdir.
Korxonaning umumiy vazifasi asosida korporativ maqsadlar shakllantiriladi va о‘rnatiladi, ular mulkdorning manfaati, kapital hajmi, korxona ichidagi vaziyat, tashqi muhit bilan belgilanadi va quyidagi talablarga javob berishi kerak: aniq va о‘lchovli, vaqtga yо‘naltirilgan, erishish mumkin va о‘zaro qо‘llab-quvvatlanadigan.




    1. Download 37.85 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling