I-mavzu: Korxonalarning tashkiliy huquqiy asoslari Reja


Korxonanaing tashkiliy-huquqiy shakllari


Download 37.85 Kb.
bet5/9
Sana10.02.2023
Hajmi37.85 Kb.
#1185428
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu Korxonalarning tashkiliy huquqiy asoslari

Korxonanaing tashkiliy-huquqiy shakllari

Korxonaning faoliyati kо‘plab huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi, ularning asosiylari: О‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar tо‘g‘risida”gi qonuniga asosan, korxona ustavi va korxona Nizomi, Ta’sis shartnomasi bilan munosabatlarini tartibga soluvchi jamoaviy kelishuv.


О‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar tо‘g‘risida”gi qonuni korxonani tashkil etish, rо‘yxatdan о‘tkazish, tugatish va qayta tashkil etish tartibini belgilaydi. Amaldagi qonunchilikka binoan korxona egasi yoki mehnat jamoasining qarori bilan tashkil etilishi mumkin; monopoliyaga qarshi qonunlarga muvofiq boshqa korxonani majburan ajratish natijasida; bir yoki bir nechta tarkibiy bо‘linmani mavjud korxonadan ajratish natijasida, shuningdek boshqa hollarda.
Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida, shuningdek, bir vaqtning о‘zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritish hollari mavjud.
Shuni qayd qilib о‘tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta’sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlanadi. Bitta ta’sischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta’sischi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Korxona Nizomi asosiy ta’sis hujjati bо‘lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg‘armasining miqdori, daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi kо‘rsatilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va majburiyatilarini belgilab beradi.
Nizomda shuningdek, korxona faoliyat kо‘rsatuvchi soha va tarmoq, atrof-muhit va odamlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, hisobga olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim.
Korxona tо‘g‘ri va tо‘liq tayyorlangan Nizom asosida mahalliy hokimiyat organlarida rо‘yxatga olinadi, keyin esa о‘z muhriga ega bо‘lish va bankda hisob raqami ochish huquqini qо‘lga kiritadi. О‘z muhri va hisob raqamiga ega bо‘lmagan korxona, huquqiy shaxs hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga kiritilmaydi.

Download 37.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling