I. Navoiy uran 4-kon boshqarmasi korxonasining geologik tuzilishi


Download 1.42 Mb.
bet15/17
Sana23.12.2022
Hajmi1.42 Mb.
#1048393
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Abdullo hisobot

Suv bilan ta’minlash
Sanoat korxonalarini faqat ichimlik suv bilangina emas, balki sanoat maqsadlari uchun, shuningdek yong‘inga qarshi kurash vositasi sifatida xam suv bilan ta'minlash lozim.
Shuning uchun sanoat korxonalarida ishlatiladigan suvning sifatini aniqdash, ichimlik va xujalik ehtiyojlari uchun ayrim yaxshi tozalangan sifatli suvlarni ishlatish, sanoat maqsadlari uchun va yong‘inga karshi kurash vositasi sifatida birlamchi ishlatilgandan keyin, ya'ni ichimlik va xo‘jalik maqsadida qullanilgan suvni qayta tozalagandan keyingi suvlar texnik suv sifatida ishlatilishi mumkin. Bunda biz, birnnchidan, hozirgi zamonda tanqisligi sezila boshlagan chuchuk suvni tejasak, ikkinchidan, oqova suvlarini suv havzalariga tashlab, ularni ifloslantirmaslik, shu bilan tabiat tozaligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Har bir sanoat korxonasi uchun zarur bo‘lgan suv miqdori uning texnologiyasi va ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq bo‘ladi.
SNiP 11-31-74 da xujalik maqsadlari va ichimlik suvlari sifatida ishlatiladigan suv me'yorlari keltirilgan. Bu me'yorlar issiq sexlarda har bir ishchi uchun bir smenada 45 l, issiq bo‘lmagan sexlarda 25 l qilib belgilangan. Ammo bu miqdorlar doimiy emas, balki o‘zgaruvchan bo’ladi va koeffitsiyentlar bilan beriladi.

Kanalizatsiya tizimlari.
Sanoat va xo‘jalik maqsadlarida ishlatib bulingan suvlarni kanalizatsiya tizimi orqali yig‘iladi. Kanalizatsiya umumiy ishlatilib bulingan suvlarni yig‘uvchi tarmoklarga, yer osti trubalari, kanallari, kuzatish quduqlari, nasos stansiyalari, bosimli yoki oqova kollektorlar, tozalash kurilmalari, zararsizlantirish va yig‘ish qurilmalariga ega bo’ladi. Yigish qurilmalarida yig‘ilgan tozalangan suv texnik maqsadlar va yong‘inga qarshi kurash suvi sifatida ikkinchi marta sanoat korxonasiga qaytariladi.
Sanoat korxonalarida foydalaniladigan kanalizatsiya tizimlari atrof-muhitdan butunlay ajratilgan bo‘lishi kerak. Kanalizatsiya quvurlaridan suvning yerga - tuproqqa shimilishiga mutlaqo ruxsat berilmaydi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling