I o’quv dasturi


O’quv fanining maqsadi va vazifasi


Download 234 Kb.
bet2/13
Sana26.10.2023
Hajmi234 Kb.
#1725564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
portal.guldu.uz-HISOBLASH USULLARI

2. O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o’qitishning maqsadi: talabalarda turli masalalarni taqribiy yechishda algoritmlarning sifatini va imkoniyatlarini tahlil qilish hamda algoritmlarni yarata bilish ko’nikmalarni hosil qilish, berilgan masalaning turini aniqlay olish, yechish usullarini to’g’ri qo’llay bilish va ushbu usullarning turg’unligini aniqlay bilish, dasturlash tillarini qo’llagan holda shaxsiy kompyuterlarda masalalarni echa olish kompetentsiyalarini shakllantirishdan iborat.
Fanni o’qitishning vazifalari: kurs mobaynida funktsiyalarni yaqinlashtirish, taqribiy differentsiyalash va integrallash, algrebaning sonli usullari, oddiy va xususiy hosilali differentsial tenglamalarni taqribiy yechish usullarini, sonli hisoblash natijalarini malakali ravishda tahlil qilish usullarini o’rgatishdan iborat.
Fan buyicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar quyiladi. Talaba:

  • Hisoblash usullari o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr xatoliklar va ularning manbai; chiziqli tenglamalar sistemasini yechishning aniq usullari; chiziqli tenglamalar sistemasini yechishning iteratsion usullari; chiziqsiz tenglamalar va tenglamalar sistemasini taqribiy yechish usullari; matritsa xos son va xos vektorlarini taqribiy hisoblash usullari; integrallarni taqribiy hisoblash formulalarini keltirib chiqarish; oddiy differentsial tenglamalarga qo’yilgan masalalarni sonli yechish usullari; xususiy hosilali differentsial tenglamalarni sonli yechish usullari haqida tasavvurga ega bo’lishi;

  • xatoliklarni hisoblashni; matritsa normalarini hisoblashni; chiziqli tenglamalar sistemasini iteratsiya usuli bilan yechishni; funktsiyani yaqinlashtirish usullarini; integralni taqribiy hisoblash formulalarini; oddiy differentsial tenglamalarga qo’yilgan masalalarni taqribiy yechish usullari xatoliklari bahosini; xususiy hosilali differentsial tenglamaga qo’yilgan masalani taqribiy yechish usullarini xatoliklari bahosini; aniq echim bilan taqribiy echimni taqqoslash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • hisoblash usullari xatoliklarini baholash; taqribiy yechish usullarini tanlash; masalaning aniq va taqribiy echimlari orasidagi farqni baholash; masalani taqribiy yechish uchun biror dasturlash tilidan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.


Download 234 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling