I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Detallarni ish qobiliyatini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mis va uning qotishmalarini payvandlash.
Cho’yanni payvandlash. Atsetilen-kislorod alangasidan foydalanish
cho’yanni yuqori sifatli payvandlashning ancha ishonchli usullaridan biridir. Gaz alangasida payvandlashda detal yoy bilan payvandlashdagiga nisbatan sekinroq hamda bir maromda qiziydi va soviydi. Natijada suyuqlantirib qoplangan metallda va uning chegaralarida uglevodning grafitlanishiga yaxshi sharoit tug’iladi, cho’yanning oqarish ehtimolligi, ichki quchlanishlarning sodir bo’lishi va darzlarning paydo bo’lishi kamayadi. Odatda gaz alangasida payvandlash detalni umumiy va mahalliy qizdirish bilan quzatiladi. Kichik detallar payvandlash oldidan bevosita gorelka langasida qizdiriladi; yirik detallar maxsus pechlarda yoki ko’rlmalarda qizdiriladi. Diametri 4, 6, 8, 10, va 12 mm bo’lgan cho’yan sterjenlardan qo’shilma material sifatida foydalaniladi. Mayda detallarni payvandlashda B markadagi cho’yan sterjenlar, yiriklarini payvandlashda esa A markadagi sterjenlar ishlatiladi. Cho’yan 1 mm qalinlikdagi metallga 100...120 dm 3 G’soat atsetilen sarflab normal yoki uglerodlovchi alanga bilan payvandlanadi. Payvandlash vannasidan kremniy temir va marganets oksidlarini ajratib olishda quyidagi aralashma: 56% bura, 22% dan soda va potash yoki 23% qizdirilgan bura, 27% natriy karbonat va 50% natriy nitratdan iborat flyusdan foydalaniladi. Flyus payvandlash vannasiga sepiladi, chiviq esa payvandlash jarayonida ko’pincha flyusga botiriladi. Cho’yanni L62 latuni, bura yoki bura aralashmasi (50%) va borat kislota (50%) dan foydalanib gaz alangasida payvandlash yaxshi natijalar beradi. Mis va uning qotishmalarini payvandlash. Mis va bronza faqat nomal alangada payvandlanadi. 10 mm gacha qalanlikdagi misga 150 dm 3 G’soat, 10 mm dan qalin misni payvandlashda esa 200 dm 3 G’soat bo’lishi kerak yoki ayni vaqtda ikkita gorelka olish kerak: bittasi metallni qizdirish uchun; ikkinchisi metallni suyuqlantirish va payvandlash uchun kerak. Misni payvandlashda sof mis yoki tarkibida 0,2% gacha fosfor va 0,3% gacha kremniy bo’lgan mis sim, bronzani payvandlashda esa payvandlanadigan bronza tarkibiga yaqin tarkibli sim ishlatiladi. Oksidlardan oksidlash xususiyatini yo’qotish uchun tarkibida sof bura yoki 50% bura va 50% borat kislota bo’lgan aralashma ishlatiladi. Suyuqlantirib qoplangan chok strukturasini yaxshilash uchun u 200..300 0 S temperaturada qizdiriladi, so’ngra 500 ...550 0 S temperaturada yumshatiladi va suvda tez sovitiladi. 33 Latun tarkibida 30...40% gacha kislorod bo’lgan alangada payvandlanadi. Bunda suyuqlantirilgan metall sirti ruxning keyin bug’lanishidan saqlaydi. Mis va rux oksidlarini ketkazish uchun quyidagi tarkibdagi flyuslar: 35% borat kislota, 15% natriy fosfat, qolganlari suyuqlantirilgan bura, yoki 80% borat kislota va 20% suyuqlantirilgan bura, yoki maxsus suyuq BM-1 va BM-2 flyuslar ishlatiladi. Bu flyuslar atsetilen bilan birga maxsus idish-flyus bilan ta`minlagichdan gorelkaga uzatiladi. Flyuslarning bug’i zaharli bo’lganligi uchun payvandchi respirator taqib ishlashi kerak, payvandlash joyiga esa mahalliy so’rish ventilyatsiyasi o’rnatilishi lozim. Tarkibi jihatidan payvandlanadigan latunga yaqin bo’lgan sim yoki tarkibida oksidsizlantiruvchi moddalar-qalay va kremniy bo’lgan maxsus qo’shilmalar-LK62- 0,5, LO60-1 hamda LOK59-1-03 simlari qo’shilma material sifatida ishlatiladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling