Botirish yo’li bilan tiklash. Kichik shesternyalar
gardishida zarur metall
zapas qoldirib, botirish yo’li bilan tiklanadi. Shesternya neytral muhitda (ishlatilgan
karbyurizatorda yoki tuz vannasida) 900...950
0
S temperaturagacha qizdiriladi va
press yoki to’qmoq ostida maxsus matritsalar hamda puanson yordamida bir yoki ikki
tomondan sirtqi diametrini kattalashtirib halqa ariqchalar botirish yo’li
bilan hosil
qilinadi. Botirilgandan so’ng detal qumda sovitiladi va so’ngra unga mexanik hamda
termiq ishlov beriladi. Teshiklar yo’nib hosil qilinib, shesternya toretsi qirqiladi,
tsilindrrik sirt yo’niladi, tishlar qirqiladi, ularga yangi shesternya kabi termiq ishlov
beriladi.
Detal qismini almashtirish. SHesternya bloklari
va ikki-uch gardishli
qo’zg’aluvchi shesternyalar ana shu usulda tiklanadi. Gardishlardan biri yaroqsizga
chiqariladi, qolganlari esa yaxshi holatda bo’ladi.
49
Eyilgan gardish elektr uchqun bilan ishlov berilib, trubali
asbob-eletrod yordamida
ketkaziladi yoki yumshatilib, tish bo’yi
h dan 2...2,5 marta katta bo’lgan yangi
gardish qalinligini hosil qilish
imkonini beruvchi zarur D o’lchamgacha yo’naladi.
Presslab kiritilgan nardish ikki-uchta vint bilan stoporlab payvandlanadi.
Shesternya gardishlarini almashtirish va parchin mix bilan qayta
parchinlash. Eyilgan tishli gardishlarning parchin mixlari qirqib tushiriladi,
gardishlar
esa chiqarib olinib, yangisiga almashtiriladi. Tishlar bir tomonlama
yeyilganda simmetrik gardishlar 180
0
ga burilib, tishlari yeyilmagan tomoni bilan
ishlash uchun gupchakka mahkamlanadi. Ularning toretslaridagi qo’zg’aluvchan
shesternyani qo’shish tomonidan faska qilinadi. Presslab
kiritishni osonlashtirish
uchun gardishlar suvdan yoki yaxshisi moyda 95...100
0
S temperaturagacha isitiladi.
Presslab kiritishda ariqchalarni gardish va gupchakdagi parchin mixga kamida 0,1
mm aniqlikda to’g’ri keltirishga erishiladi. Agar tor gardishlarni gupchakka
mahkamlashda parchin mix uzunligining uning diametriga nisbatiga ko’pi bilan 4 ga
teng bo’lishiga erishilsa, unda parchinni sovuq xolatda parchinlagan ma’qul.
Nazorat uchun savollar:
1. Kattalashtirilgan o’lchamga moslab tiklash usuli qanday amalga oshiriladi?
2. Qo’shimcha detal qo’yib ta’mirlash qanday amalga oshiriladi?
3. Suyuqlantirib qoplab tiklash qaysi detallarda ishlatiladi?
4. Shlitsali birikmalarni tiklash jarayonini tavsiflab bering.