I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


Detallarni galvanik – ximik qoplamalar bilan detallarni tiklash


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini

Detallarni galvanik – ximik qoplamalar bilan detallarni tiklash. 
Galvanik qoplash elektr tok ta’sirida metall tuzlarining eritmasidan metallarning 
ajralib chikish xossasiga asoslangan. Ta’mirlanadigan detal tok manbaining manfiy 
qutbiga (katodga) ulanganda, uning yeyilgan sirtiga metall utiradi. Tok manbaining 
musbat qutbiga ulangan anod – ikkinchi elektrod sifatida xizmat kiladi. Xar ikkala 
elektrod metall tuzlarining eritmasi quyilgan idishga joylashtiriladi.
7.2-rasm. Metallarni galvanik – kimyoviy usulda tiklash. 


43 
Bu usul detallarning yeyilgan kismini ta’mirlash, ularni zanglashdan saklash 
yoki pardoz koplamalar koplash sifatida foydalaniladi. Bunda detal katod, metall 
plastinka anod vazifasini bajargan xolda anod eriydi. Ajralib chikkan ionlar katodga 
utiradi. Bu usuldan xromlash, temirlash, nikellash, ruxlash va mislash jarayonlarida 
keng qo’llanadi. Bu jarayonni amalga oshirishda ta’mirlanadigan detallarni 
tayyorlash ya’ni ularni kislota va ishkorlar yordamida tozalash, koplamalar yotkizish 
va koplangan detalga ishlov berish kabi boskichma boskich ishlar bajariladi. Bu sulni 
afzalligi ortikcha issiklik bermay, detalni deformatsiyalamay, yeyilgan sirtlarini 
tuldirish va ularni boshlangich ulchamlariga keltirish imkonini beradi. 
1.Xromlash – xromni yeyilgan sirtlarga yotqizish jarayoni ko’pi bilan 0,25 – 0,30 
ni yeyilgan detallarni tiklashda shuningdek zanglashdan saklash uchun qullaniladi. 
Buni texnologik jarayoni detalni tayyorlash, xromlash, xromlangan detalni yuvish va 
unga ishlov berish, kerak bo’lsa mexanik ishlov berishdan iborat. Xromlash tartibi 
ikki qursatkichga, ya’ni tok zichligi va elektrolit xaroratiga karab aniklanadi. Bu 
qursatkichlar nisbatini uzgartirish xrom koplamasini xossalari bilan farklanuvchi uch 
turini ya’ni xira (qulrang), yaltirok va sut rang xrom koplamasini xosil qilish 
mumkin. Bunday koplama juda kattik bo’lib, uning yeyilishga chidamliligi 45 
markali toblangan pulatnikiga nisbatan 2 – 3 marta ortik bo’ladi. Ammo tayyorlash 
ishlarining murakkabligi, jarayonning uzok davom etishi, 0,3 ni ortik koplamaga 
erishib bo’lmasligi, tokning qup sarflanishi, xromlangan yuzani yomon moylanishi, 
bu usulni kam qullanishiga sabab bo’lmokda. 
2.Temirlash – bu usul xlorli elektrolitlardan yeyilishga chidamli kattik koplamalar 
xosil qilish jarayonidir. Xromlashga nisbatan 5 – 6 marta kam tok sarf kiladi, soatiga 
0,5 mm gacha koplama xosil kiladi (10 – 15 marta katta). 1,5 mm gacha koplash 
mumkin, shu afzalliklar tufayli bu usul traktor va avtomobillar ta’mirida keng 
qullaniladi. Ta’mirlashda elektrolit sifatida oz miqdorda xlorid kislota qushilgan 
xlorli temirning suvdagi eritmasi ishlatiladi. Xlorli temir kontsentratsiyasi 200 – 700 
gramm/litr, xlorid kislotaniki esa 1 – 3 gramm/litrni tashkil etadi. Temirlashda past 
sortli ya’ni kam uglerodli pulatdan tayyorlangan anodlar ishlatiladi. Jarayon 
davomida pulat anod eriydi. Koplamaning miqrokattikligi tok kuchining zichligini 
oshishini va elektrolit xaroratini pasayishi bilan aniklanadi. 
3.Ruxlash – bunda traktor va avtomobillarni ta’mirlashda, mayda maxkamlash 
detallari ruxlanib, zanglashdan ximoyalaydi. Ruxlash sulfat kislotali elektrolitlarda 
bajariladi. Ruxlash jarayonida elektroit xarorati uy xaroratiga teng va tok kuchi 
zichligi 3- 5 l/di? bo’ladi.
4.Nikellash – elektroit va kimyoviy nikellash, detallarni yeyilishga chidamliligini 
oshirish, zanglashdan ximoyalash va dekarativ koplama xosil qilishda qo’llanadi. 
Yonilgi nasoslari, gidravlik asboblarnin pulat, mis, alyumindan tayyorlangan 
detallarini ta’mirlashda bu usuldan foydalanish tavsiya etiladi. CHunki yuqori unumli 
va arzonga tushadi.
5.Mislash – yeyilgan va sikilgan bronza vtulkalarini tiklashda, elektr asboblari 
kontaktlarini ta’mirlashda va xromlash xamda nikkelashdan oldin quyi katlam 
sifatida foydalaniladi.
6.Plastik deformatsiyalash usuli – metallarning sovuk va issik xolatlarda plastik 
deformatsiyalanaolish xossasiga asoslangan. Uglerodli po’latlar, rangli metallar, 


44 
ularning kotishmalaridan tayyorlangan detallar sovuqlayin, tarkibida ko’pi bilan 0,3% 
uglerod bo’lgan pulat detallar issik xolatlarda plastik deformatsiya usullarida 
tiklanadi. Amalda detallar cho’ktirib, bosib, kirgizib, kengaytirib, aylanasiga siqib, 
cho’zib va tug’irlab, tiklanadi. Bu usullarning qaysi birini qo’llash korxonani 
uskunalar bilan ta’minlanganligiga, ta’mirlanadigan detallarning nuqsonlariga va 
ularni bajaradigan ishlariga karab tanlab olinadi.
Mashinalarni ta’mirlashda detallardagi mexanik nuqsonlar, darzlar, yorilgan, 
singan joylar va xokazolar bartaraf etishda detallarning yelimlab birlashtirishda, turli 
sintetik ashyolar (plastmassalar) keng qo’llanadi. Bundagi texnologik jarayon va 
uskunalarni oddiyligi, mexnat kamsarfligi, plastmassa fizik – mexanik xossaning 
yuqoriligi, ularni arzonligi bu usulni afzalligini tashkil etadi. Polimer ashyolar tabiiy 
gaz, neftni qayta ishlashdagi gaz maxsulotlari, yaroqsiz yog’ochlarni qayta ishlash 
kabi chiqindilardan olinadi. Ularni muxim xossalari: vazni kam, mustaxkam
yeyilishga chidamli, ishqalanishni kamaytirish xossasi yuqori, tok o’tkazmaslik 
xususiyati va titrashga chidamlilik, plastmassalr tirkibini tashkil etuvchi, sun’iy yoki 
tabiiy smola boglovchi ashyo vazifasini bajaradi. Uning tarkibiga bu elementdan 
tashqari to’ldirgichlar, plastefikatorlar, ko’tirgichlar, rang beruvchilar, katolizatorlar 
(tezlatgichlar) deb ataladi va maxsus xossalar beruvchi boshqa qo’shimchalar kiradi. 
Polimerlar ikkita katta guruxga bo’linadi. Reaktoplastlar (termoreaktiv) – ular 
me’yoriy xaroratda suyuk yoki kattik xolatda bo’lishi mumkin. Ular ma’lum 
xaroratgacha qizdarilganda qovushoq ya’ni oquvchan xolatga keladi. Qizdirish yana 
davom ettirilsa, ular qotadi va xar qanday xaroratda o’z xolatini o’zgartirmaydi. 
Ularni qaytadan plastik xolatga o’tkazish bo’lmaydi. Termoplastlar – normal xolatda 
qattiq bo’ladi, qizdirganda yumshaydi, ularga istalgan shakl berish mumkin
sovutilganda qotadi, qayta qizdirilganda plastik xolatga keladi. 
Detallarni tiklashda reaktoplastlardan ED – 16 va ED – 20 epoksil smolalar keng 
qo’llanadi. Ular och sariq rangli qovushoq suyuqlikdan iborat. Ularni zarur fizik – 
mexanik xossalarini oshirish uchun po’lat yoki cho’yan kukunlari, alyuminiy upasi, 
talk, asbest va grafit kukunlari qo’shiladi. Termoplatlardan polietilenlar, polistrollar, 
poliamidlar va ftoroplastlar ishlatiladi. Bu ashyolar metallar bilan yopiladi, yetarli 
darajada mustaxkam, yeyilishna chidamli va sanoatda donador shaklda ishlab 
chiqiladi. 
Epoksidli smola yordamida korpus detallaridagi darzlar, yorik, teshilgan va boshqa 
mexanik shkastlangan joylar ta’mirlanadi. SHuningdek podshipniklar o’tkaziladigan 
sirtlar tiklanadi. Ish bajarish oldidan epoksidli pasta tayyorlanadi. Buning uchun 
epoksidli smola 50 – 60 gradusgacha qizdiriladi, platfikator qo’shilib yaxshilab 
aralashtiriladi va tayyor bo’lgan pastaga zarur bo’lgan miqdorda to’ldirgichlar 
qo’shiladi. Olingan tarkib uy xaroratigacha sovutiladi. Epoksid smolani ishlatishdan 
30 – 40 minut oldin, unga qotirgich qo’shiladi. Korpus detallaridagi darzlarni 
yamashdan oldin, bu sirtlar tayyorlanadi. Buning uchun darzning ikki qirrasi 90 – 
120 gradus burchak xosil qilib yo’niladi. Darzning oxirlarida teshiklar parmalanadi. 
Qirralar oksidlardan tozalanadi. Atseton va benzin kabilar yordamida yog’dan 
tozalanadi. Parmalangan teshiklar asbest tiqinlar yordamida berkitilib va kapgirsimon 
asbob yordamida chokka ikki qavat epoksid smola surtiladi. Birinchi bo’lib yupqa 
epoksid qatlami surtiladi. Ikkinchi qatlam bilan esa chok butunlay yopiladi va uni 


45 
ikki cheti 5 – 10 mm ga kengroq bo’ladi. Yamalgan detal 60 – 70 gradus xaroratda 4- 
5 soat davomida ko’rtiladi. Yelimlashdan oldin detallar sirti yaxshilab kirdan 
tozalanadi va eritgichlar yordamida yog’sizlantiriladi, xamda biroz gadir – budir 
qilinadi. SHundan keyin yelimlab yopishtiriladigan sirtlarga qalinligi 0,1 mm qilib 2- 
3 qatlam yelim surtiladi. Yelimlar tarkibida epoksiddan tashqari bug’lanuvchan 
eritgichlar borligi sababli xar bir qatlam surtilgandan so’ng ularni tortib olish qulay 
bo’ladi. Detal korpusidagi darzlani epoksid smola bilan ta’mirlashda darzning atrofi 
shilish – siliklash mashinasida yoki jilvir kogoz yordamida tozalanadi va darz 
yuqoriga karatilib gorizontal joylashtirilib, jarayon amalga oshiriladi. Ta’mirlash 
korxonalarida plastmasani kayta ishlashning va ularni ta’mirlashda qo’llashning 
quyidagi usullaridan foydalaniladi.
1.Bosim ostida quyish. 
2.Taxtakachlovchi shakl berish. 
3.Markazdan kochirma usulda quyish. 
4.Metal buyumlarga yupqa quyish yoki surtish. 
5.Detallarni kavsharlab tiklash. 
Bu usulda birikmalarning mustaxkamligi va sifati kavsharlash usulini tug’ri 
tanlashga, bajarish tartibiga, detallar sirtini tayyorlashga, biriktiriladigan detallar 
orasidagi tirqishlarning kattaligiga, kavshar va flyusdan to’g’ri foydalanishga bog’lik. 
Kavsharlanadigan sirtlar tozalangandan keyin bir biriga moslanadi, 3 – 4 barobar 
kattalikda ochiladi. Asosan yumshoq va kattik kavsharlar ishlatiladi. Yumshoq 
kavsharlar 300 gradusgacha. Kattik kavsharlash esa 450 gradusgacha qizdirilib 
bajariladi. Yuqoridagi usullar bilan ta’mirlangan detallar maxsus moslamalar 
yordamida silliqlanadi va zarur bo’lsa puxtalanadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling