I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


Shlitsli va shponkali birikmalarni ta’mirlash


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini

Shlitsli va shponkali birikmalarni ta’mirlash.
Qalinligi jihatidan yeyilgan shlitslar (sirtqi) dastaki yoki avtomatik suyuqlantirib 
qoplanadi, shuningdek yeyilgan shlitsli qismi odatda payvandlanib biriktirilladigan 
yangi qism bilan almashtiriladi. 50 mm dan kichik diametrli vallarning shlitsli 
ariqchalari payvandlanib, nominal o’lchamli shlitslar qirqiladi. Ariqchalarni dastaki 
yoki vibroyoy vositasida suyuqlantirib qoplab payvandlashda vallar tob tashlamasligi 
uchun valiklar shlitslar bo’ylab diametral qarama-qarshi tomondangalma-galdan 
shlitsli ariqchalarga qo’yiladi. Dastaki suyuqlantirib qoplashda sifatli qoplamali 
OZN-300U, OZN-350U va boshqa E42A va E46A tipidagi elektrodlar, vibroyoy 
yordamida suyuqlantirib qoplashda Np-30 simi va sovitish suyuqligi ishlatiladi.
Shesternyalarni ta’mirlash.
Tishlar yeyilganda yoki yaroqsiz holatga kelguncha shikastlanganda shesternyalar 
nisbatan kam tiklanadi. Tishlarni tiklashjarayoni juda murakkab bo’lib, faqat yirik 
ixtisoslashtirilgan korxonalarda qo’llaniladi. Ba’zi traktor va avtomobillar 
transmissiyalaridagi gupchaklarga parchin mixlar bilan mahkamlangan tishli ayrim 
shesternyalar gardish shaklida yasalgan. Ishlatish jarayonida gardishlarning tishlari 
yeyilib, parchin mixlar bo’shashadi. Bunday shesternyalar almashtirilib yoki 
gardishlarparchinlab tiklanadi. Qo’zg’aluvchan shesternyalarda almashlab o’tqazish 
vilkasiga mo’ljallangan halqa ariqchalar yeyiladi.
Shesternya tishlarini tiklash.
Tishlari yeyilgan yoki shikastlangan shesternyalar gaz yoki elektr yoy yordamida 
suyuqlantirib qoplab, botirish yo’li bilan va detal qismlarini almashtirib tiklanadi.
Suyuqlantirib tiklash. Tishlarni suyuqlantirib qoplashda termiq ishlov bermay 
suyuqlantirib qoplangan qatlamning yuqori mustahkamligini ta’minlovchi elektrodlar 
ishlatiladi. Tishlarni suyuqlantirib qoplash ko’pda qoniqarli natijalar bermasligi 
sababli u ayrim hollarda ishlatiladi va ko’pincha toretslari bo’ylab yeyilgan tishlar 
suyuqlantirib qoplanadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling