I. O’quv materiallari
Trigger tizimlari va o’tish usullari
Download 120.15 Kb.
|
BIOfizika 1-ish
8. Trigger tizimlari va o’tish usullari
Trigger sistemalar. Biologik va kimyoviy sistemalarda avtokatalitik ("o’z- o’zini tezlashtiruvchi") jarayonlar keng tarqalgan. Bu xil jarayonlar dinamik tartiblanganlikka olib kelishi mumkin. Agarda, K1 A + 2x <=> 3x; K-1 K2 V + x <=> S K-2 bo’lsa, u holda yig’indi reaksiya A+V S bo’lib, reaksiyalar tezligi teng: V1 = K1 AX2 - K -1X3 i V2 q K2BX - K -2 C Mazkur tenglamalar sistemasi uchta yechimga ega bo’lib, ularning ikkitasi barqaror va bittasi beqaror, ya’ni mazkur sistema yuqorida bayon etilgan triggernik o’tish imkoniga ega. Fazoviy portretdagi ikki alohida nuqtaning ta’sir doirasi beqaror alohida nuqta orqali o’tuvchi separatrisa tomonidan bo’linadi. Ikkita yoki undan ko’p barqaror statsionar holatga ega bo’lib, ular o’rtasidagi beqaror nuqta ("egar") orqali o’tish imkoniga ega har qanday sistema - trigger sistema deb ataladi. Trigger o’tishning ikki usuli mavjud. Trigger o’tishning kuch (yoki maxsus) usuli sistema A nuqtada joylashgan. Tashqi ta’sir hisobiga x o’zgaruvchini keskin o’zgaruvchanlikka, buning natijasida sistema, separatrisadan o’ngda yotgan S nuqta tomon suriladi. Shundan keyin sistema fazoviy trayektoriya bo’ylab, o’zligidan Sga keladi (kimyoviy reaksiyalar holida bunday vaziyat modda konsentratsiyasi oshirilganda yuz beradi). O’tishning bu usulida sistemaning fazoviy portreti hamda undagi alohida nuqtalar soni saqlanadi. Trigger o’tishning parametrik (yoki nomaxsus) usuli. Trigger sistemaning o’tish yo’li ancha sezgir bo’lib, bunda, fazoviy portretning boshqaruvchi parametr (L) ga bo’lgan bog’liqligi namoyon bo’lganda, barqaror statsionar holatlar soni kamayadi va natijada faqat bitta barqaror statsionar nuqta qolib sistema unga "qulab" tushadi. Boshqacha qilib aytganda, triggerni o’tishning bu usulida fazoviy portretning deformatsiyalanishi ro’y berib, o’zgaruvchi (x) emas, sistemaning parametri (harorat, rN, moddalarning sistemaga kelib tushishi tezligi va h.k.) o’zgaradi. Triggernik sistemaning bir rejimdan ikkinchi rejimga o’tish xossasi, mumkin bo’lgan barqaror statsionar holatlar va ulararo o’tish imkoni bo’lgan biologik jarayonlarning modellarini tuzishda o’ta foydalidir. Bu xil modelga ikkita ferment sintezlovchi sistemaning boshqarilish mexanizmini tasvirlovchi model (Jakob va Mono sxemasi) misol bo’lib, unda triggernik xossa, sistemalardan birining fermentativ kompressiyalanishi, ikkinchi sistema tomonidan, fermentativ reaksiya mahsulotining bir yoki bir necha molekulalari orqali nazorat qilinadigan shartida namoyon bo’ladi. Har bir hujayra barqaror statsionar holatlar ta’minotsiga ega bo’lsada, amalda berilgan t- vaqtda, ulardan faqat bittasi faoliyat ko’rsatadi. Differensiyalanish davrida, hujayra faoliyatning bir statsionar rejimdan, beqarorlik bilan xarakterlanuvchi nuqta orqali boshqa rejimga o’tishi ro’y beradi. Umuman, statsionar holat beqarorligi biologik shakllanishning (ikkita yoki undan ko’p teng huquqni imkoniyatlaridan birining tanlanishi) sabablaridan biri bo’lishi mumkin. Download 120.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling