I. O’quv materiallari


Murakkab tizimlar biofizikasi


Download 120.15 Kb.
bet4/21
Sana12.03.2023
Hajmi120.15 Kb.
#1264963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
BIOfizika 1-ish

Murakkab tizimlar biofizikasi hujayra, organ, organizm, tur, populyatsiyalar, umuman biotsenozda bo’ladigan murakkab jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslarini va ularga turli xil fizik omillarning ta’sirini o’rganadi. Murakkab tizim deganimizda nafaqat organizm, populyatsiya, balki biogeotsenoz yoki biosfera ham tushuniladi. Murakkab tizimlar biofizikasi biologiya fani nazariyalari bilan ish ko’radi. Masalan, Ch.Darvinning evolyutsion ta’limoti bo’yicha turlarning kelib chiqishida tashqi ta’sirlarning, ya’ni quyosh nuri, atmosfera bosimi, shamol, radioaktiv nurlar ahamiyati katta. Murakkab tizimlar biofizikasi rivojlanish, ya’ni filogenez va ontogenez qonuniyatlari bilan birga tashqi omillarning o’rganilayotgan tizimlarga ta’sir qilish mexanizmlarini ham o’rganadi. Biofizikaning ushbu bo’limida kibernetika uslublari, matematik modellash kabilardan keng foydalanadi.
Biofizik tadqiqotlarning usullari. Albatta har bir fanning rivojlanishi u foydalanadigan usullarga va yondashuvlarga bevosita bog’liqdir. Biofizika boshqa fanlarning aniqlash usullaridan foydalanish bilan birgalikda hozirgi kunda turli xil optik usullar, γ-rezonans spektroskopiya, mikroelektrod texnika yordamida membrana potentsialini qayd etish, xemilyuminestsentsiya, lazer spektroskopiyasi, nishonlangan atomlar yordamida biologik jarayonlarni o’rganish kabi zamonaviy biofizika usullaridan ham keng foydalaniladi. Quyida zamonaviy biofizikaning ayrim tadqiqot usullari haqida ma’lumot berilgan.
Elektron mikroskopiya usuli bilan makromolekulalar, membranalar, hujayra organoidlarining holati, shakl va o’lchamlari o’rganiladi.
Spektrofotometriya usuli eritmalardan o’tgan nurning bir qismi yutilishini o’lchashga asoslangan. Ushbu usul bilan eritmalarda modda kontsentratsiyasi o’lchanadi, makromolekulalarning ikkilamchi strukturasi, molekula ayrim guruhlarining ionlashuvi o’rganiladi.
Rentgen nurlari difraktsiyasi usuli bilan biomolekulalarning fazoviy strukturasi, ularning shakli va o’lchamlari, ikkilamchi struktura elementlarining fazoviy joylashish holatlari aniqlanadi.

Download 120.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling