20 – rasm
Rasmda F1 – sharning og’irlik kuchi, F2 – Arximed kuchi, F – suyuqlikning qarshiik kuchi.
Bu kuchlarning muvozanat sharti:
F1 = F + F2 (5)
Bu kuchlarni hisoblaymiz:
F1=mg=ρ1Vg=πr3ρ1g (6)
F2=πr3ρ2g (7)
bu yerda ρ1 – sharning, ρ2 – suyuqlikning zichligi (5), (6) va (7) dan η ni hisoblaymiz
(8)
yoki
(9)
Bu yerda l – shar harakatlanayotgan menzurkaning balandligi, t – sharning tushish vaqti. Agar shar tezligi katta bo’lsa, Stoks qonuni bajarilmaydi.
Suyuqliklarning sirt tarangligi.
Suyuqlik ichida joylashgan har bir molekulani barcha tomondan xuddi o’zi singari molekulalar o’rab turadi. Shuning uchun ularning bu molekulaga ko’rsatadigan natijaviy tortish kuchi nolga teng. Suyuqlik sirtida joylashgan molekulaga ichki tomondan o’zi singari molekulalarning tortish kuchi, ustki tomondan esa havo molekulalarining tortish kuchi ta’sir qiladi. Havo molekulalari suyuqlik molekulalariga nisbatan juda siyrak bo’lgani uchun ularning suyuqlik sirtidagi molekulaga ko’rsatadigan tortish kuchi juda kichik bo’ladi. Buning natijasida suyuqlikning ustki qatlamini ichkariga bosib turadigan ma’lum bir bosim paydo bo’ladi va unga Molekulayr bosim deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |