25 – rasm
Bu jarayonni qisqacha qarab chiqamiz:
Gaz siqilgan 1 holatda bo’lsin. Bu holatda uning parametrlari P1, V1, T1 bo’ladi. Silindr tubini isitkich bilan kontaktga keltiriladi. Gaz izotermik kengayish A1 ishni bajarib, P2, V2, T2 holatiga o’tadi. Gaz isitgichdan Q1 issiqlik miqdorini oladi. (1)
Gaz 2 holatgacha kengaygach, isitgich olib qo’yiladi va gazni 3 holatgacha adiabatic kengayishi ta’minlanadi. Endi uning parametrlari P3, V3, T2 bo’ladi. 2 qismda gaz ichki energiya hisobiga adiabatik kengayish ishini bajaradi.
Gaz 4 holatgacha izotermik siqiladi. Endi uning parametrlari P4, V4, T2 bo’ladi. 3 qismda tashqi kuchlar gaz ustida A2 ishni bajaradi. Bu holda gaz sovutgichga Q2 issiqlik miqdorini beradi.
Gaz 1 holatga kelguncha adiabatik siqiladi. Uning parametrlari yana P1, V1, T1 bo’lib qoladi. 4 qismda adiabatik siqilish ishi bajariladi. Gazning ichki energiyasi oshadi.
Ideal issiqlik mashinasining foydali ish koeffisienti
(1)
Bu yerda T1 – isitgichning, T2 – sovutgichning temperaturasi. Real issiqlik mashinasining foydalish ish koeffisienti
Bu yerda Q1 – gazning isitgichdan olgan, Q2 – gazning sovutgichga bergan issiqlik miqdori.
Karno sikli quyidagini aniqladi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |