I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma
Download 0.6 Mb.
|
10metqul
54-DARS. Amaliy ish №6.
Azotli organik birikmalar mavzulari bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish. Darsning maqsadi: O‘quvchilardagi azotli organik birikmalar mavzulari yuzasidan olgan nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan mustahkamlash. Dars oldingi amaliy ishlarni bajarishdagi reja asosida tashkil etiladi. Тajribaviy masalalar Quyidagi o‘zgarishlarni qanday amalga oshirish mumkin? Barcha o‘zgarishlarda dastlabki moddadan 25 g dan olingan holda, reaksiya unumi har qaysi bosqichda 50% ni tashkil etganda yakuniy mahsulot miqdorini toping. RCONH2 RCOOH RCONH2 RCH2NH2 RCONH2 RNH2 Quyidagi o‘zgarishlarni faqat dastlabki organik modda va har qanday noorganik moddalardan foydalanib qanday amalga oshirish mumkin? Har bir bosqichda reaksiya unumi 75% ni tashki etadi deb hisoblaganda va benzolning dastlabki miqdori 78 g ni tashki etganda ohirgi mahsulot miqdorini hisoblab toping. C6H6 C6H5CN C6H6 C6H5CONH2 C6H6 C6H5CH2NH2 Ushbu reaksiyaning asosiy mahsuloti struktura formulasini ko‘rsating. 94 g fenol va mo‘l miqdor akrilonitril orasidagi reaksiyadan hosil bo‘lgan nitrilning gidrolizi natijasida hosil bo‘lgan karbon kislota miqdorini toping. Reaksiya unumi 1-bosqichda 86 % ni, gidroliz bosqichida 94 % ni tashkil etishini hisobga oling. Alaninni atsetaldegiddan olish usulini taklif qiling va alaninni IUPAC nomenklaturasi bo‘yicha nomlang. 35 g alanin olish uchun qancha atsetaldegid kerak bo‘lishini hisoblang. Glitsinni sirka kislotasidan sintez qilish usulini ko‘rsating. Glitsin uchun xarakterli ikkita reaksiya tenglamasini yozing. Polimerlarning qaysi sinfi aminokislotalardan hosil bo‘ladi? Bu polimerlarning funksional guruhlariga hos bo‘lgan bir nechta reaksiya tenglamasini yozing. Atsetamid va aminosirka kislotasini qanday farqlash mumkin? Тegishli reaksiya tenglamalarini yozing. 0,111 g aminokislotani suvda eritib, mo‘l miqdor nitrat kislota bilan ishlov berildi.Ajralib chiqqan azot xona haroratida 16 ml ni tashkil etgan bo‘lsa, aminokislotaning nisbiy molekulyar massasini hisoblab toping. Aminokislotalarning aralashmasiga 0,001 g trideyteroalanin (CD3CH(NH2)COOH) qo‘shildi. Aralashmadagi barcha alanin xromatografik usulda ajratib olingandan so‘ng, undagi deyteriyning massa ulushi 0,0095 % ni tashkil etishi ma’lum bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi alaninning miqdorini aniqlang. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling