49-DARS. Anilin. Тuzilishi. Anilinning fizik va kimyoviy xossalari. Olinishi. Ishlatilishi.
Ushbu darsni o‘quvchilardagi mavjud bilimlar asosida mustaqil ish tarzda o‘tkazishlik yaxshi natija beradi deb o‘ylaymiz.
Aminoguruhni benzol halqasidagi uglerod atomiga birikishidan hosil bo‘lgan modda anilindir. Anilin ham ammiak, ham alifatik aminlar kabi xossalarga ega.
Anilinning tuzilishi quyidagicha:
u shbu tuzilish formulasiga ko‘ra anilindagi elektronlarning siljishi haqida o‘z fikr va mulohazalaringizni bildiring.
Anilinni qanday yo‘llar bilan olish mumkin?
Anilinning asos xossasi alifatik aminlarning asos xossasidan kuchsizdir. Bunga sabab nima deb o‘ylaysiz?
Anilinning kimyoviy xossasini benzolning kimyoviy xossasi bilan taqqoslang va bu haqida o‘z fikrlaringizni ayting.
Ohaktoshdan foydalanib anilin hosil qilish uchun zarur reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
24,6 g nitrobenzolni qaytarish yo‘li bilan, mahsulot unumi 50% bo‘lganda qancha anilin olish mumkin?
Anilinni ishlatilish sohalari haqida ma’lumotlar to‘plang va jadval tuzing.
Laboratoriya ishi №9 ni bajarish. Anilinning bromli suv bilan o‘zaro ta’siri
Uyga vazifa: Anilin haqida 9-sinf va 10-sinf darsliklarida berilgan ma’lumotlardan foydalanib quyidagi reja asosida qisqacha refarat yozing.
Anilin-aromatik aminlar vakili.
Anilin molekulasining tuzilishi va molekulasidagi atomlarning o‘zaro ta’siri.
Olinishi.
Fizikaviy xossalari.
Kimyoviy xossalari.
Ishlatilishi.
50-DARS. Aminokislotalar. Тuzilishi. Izomeriyasi va nomlanishi. Olinishi va xossalari. Ishlatilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |