I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma
-DARS. Amaliy ish №5. Organik moddalarni identifikatsiyalashga doir tajribaviy masalalar yechish
Download 0.6 Mb.
|
10metqul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
- Uyga vazifa
45-DARS. Amaliy ish №5. Organik moddalarni identifikatsiyalashga doir tajribaviy masalalar yechish.
(Darslikdan 158-bet). Darsning maqsadi: O‘quvchilarga organik moddalarni o‘ziga xos xarakterli reaksiyalari haqida ilmiy bilimlar va amalda tajribalarni bajarish orqali amaliy ko‘nikmalar berish. Darsning borishi: O‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirib ko‘rish. Laboratoriya imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan vazifalarni o‘quvchilarga berish. Ishni bajarish uchun zarur reaktiv va jihozlar oldindan tarqatilgan bo‘lishi kerak. Тajribaviy masalalar Uchta probirkada a) etanol, b) glitserin, s) sirka kislotasi berilgan. Berilgan moddalarni har birini o‘ziga xos xarakterli reaksiyalari yordamida aniqlang. Тegishli reaksiya tenglamalarini yozing. Benzol, fenol, chumoli aldegidlarining har biri alohida-alohida probirkalarda berilgan. Har bir moddani o‘ziga xos xarakterli reaksiyalari yordamida aniqlang. Тegishli reaksiya tenglamalarini yozing. Sizga berilgan probirkalarning qaysi birida etanol, glyukoza, saxaroza borligini tajriba yo‘li bilan aniqlang. Тegishli reaksiya tenglamasini yozing. Dars nihoyasida o‘quvchilarni bajargan ishlari ko‘rib chiqiladi. Ish o‘rinlari yig‘ishtiriladi. Uyga vazifa: 10 sinf kimyo kursida o‘rganilgan har bir modda uchun o‘ziga xos xarakterli reaksiyalarini aniqlab chiqish. 46-DARS. Hisoblashga doir murakkab masalalar va test topshiriqlari yechish. Kislorodli organik birikmalar yuzasidan test savollari Quyidagi o‘zgarishlarning oxirida qanday modda hosil bo‘ladi? 2-metilpropanol-2 buten-2 buten-1 2 metilpropanol-1 izobutilen Kucherov reaksiyasi yordamida metiletilketon olish uchun qaysi uglevodoroddan foydalanish kerak? a) butin-1 b) butin-2 c) propin d) a va b javoblar e) pentin-2 0,2 mol propanol-1 75% unum bilan molekulalararo digidratlanganda qancha massa (g) oddiy efir hosil bo‘ladi? a) 6,06 b) 7,65 c) 5,3 d) 22,95 e) 11,48 Тarkibi 25,8 % metanol va 74,2 % etanoldan iborat 2,48 g aralashmaga yetarli miqdorda natriy metali ta’sir ettirib n.sh.da o‘lchangan qancha hajm vodorod olish mumkin? a) 112 b) 224 c) 336 d) 448 e) 672 Тarkibida 10% qandsiz qo‘shimcha bo‘lgan 200 kg glyukoza bijg‘ishidan hosil bo‘lgan spirtdan qancha sirka kislota olish mumkin? a) 46 b) 60 c) 90 d) 120 e) 138 Aldegid va ketonlarga vodorod ta’sir ettirib spirtlar hosil qilish mumkin. Quyidagi spirtlarni qaysilarini bunday olib bo‘lmaydi? 1) CH3-C(CH3)2OH 2) CH3-CHOH-C2H5 3) CH3-C(CH3)(OH)-CH3 4) CH3-CH2-CH2OH a) 1,3 b) 2,4 c) 1,2 d) 3,4 e) 2,3,4 Тarkibida massasiga ko‘ra foiz hisobida kislorod miqdori eng ko‘p bo‘lgan monokarbon kislotani ko‘rsating? HCOOH CH3COOH HOOC-COOH CH3-CH2-COOH CH2OH-COOH Quyidagi formulalari keltirilgan birikmalarning qaysilari vodorod atomlarini metall atomlariga almashtira oladi? 1) CH3-CH2-CH3 2) CH2CH2 3) CHCH 4) C6H5OH 5) CH3OH 6) CH3COOH 7)CH3COOH a) 1,2,3,4,5,6,7 b) 3,4,5,6,7 c) 2,3,4,5,6 d) 3,4,5,6 e) 1,2,7 Quyidagi birikma tarkibidagi uglerod atomlarini oksidlanish darajalari yig‘indisi nechaga teng. CH3-CH(OH)-CH2-COOH a) 6 b) –3 c) 3 d) –2 e) 2 Propanal bilan propanonni bir-biridan qanday farq qilish mumkin? Vodorod ta’sir ettirib Galogenlar ta’sir ettirib Kumush nitratni ammiakdagi eritmasini ta’sir ettirib Fosfor (V)-xlorid ta’sir ettirib Farq qilib bo‘lmaydi, chunki har ikki moddada ham karbonil guruh bor Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling