I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


Download 0.6 Mb.
bet46/61
Sana25.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1719637
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61
Bog'liq
10metqul

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga aminokislotalar va ularni tirik organizmlar uchun ahamiyati haqida ilmiy tushunchalar berish.


Dars rejasi:

  1. Aminokislotalarning tarkibi va tuzilishi.

  2. Vakillari. Nomlanishi.

  3. Olinish usullari.

  4. Fizikaviy xossalari.

  5. Kimyoviy xossalari.

  6. Ayrim vakillari.

  7. Ishlatilishi.

Radikal tarkibida aminoguruh-NH2 tutgan karbon kislotalar aminokislotalar deyiladi - NH2-R-COOH.


Aminokislotalar tarkibidagi amino- va karboksil guruhlarning soniga qarab asosli va kislotali xossasi o‘zgarib turadi.
O‘quvchilarga karboksil guruh tutgan moddalar karbon kislotalar va aminoguruh tutgan aminlar hamda anilinning xossalari qiyosiy o‘rgatiladi. Ushbu dars mavzusi bayoni davomida har ikki funksional guruh bitta moddada bo‘lishi amfoterlik xossasini namoyon etishini o‘quvchilarga tushuntiriladi.
Aminokislotalar-organik amfoter moddalardir.
Aminokislotalar-hayotning eng asosiy moddasi bo‘lgan oqsillarning monomerlaridir. Aminokislotalar bir-biri bilan polimerlanish reaksiyasi natijasida oqsillarni hosil qiladi. Тirik organizmlar tarkibida uchraydigan oqsillar tarkibiga kiruvchi aminokislotalarga ko‘proq e’tibor beriladi.
Kapron tolasi misolida sintetik tolalar haqida ma’lumotlar beriladi.


Uyga vazifa:
9- va 10-sinf darsliklaridan mavzuga doir materiallarni o‘zlashtirish. Darslikdan 167-betdagi 8-15 savollar va 170-betdagi 1-3 masalalarni yechish. 168-betdagi 18-jadvaldan nazariy bilimlarni o‘rganish.


OQSILLAR (51,52-darslar)

Oqsillar haqida bilim, ko‘nikma va malakalar o‘quvchilarga 51, 52-darslarda singdiriladi.


O‘quvchilar 9-sinf kimyo kursida va biologiya darslarida oqsillar haqida dastlabki bilimlarni o‘zlashtirganlar. Jumladan, oqsillarni tabiatda tirik organizmlar tarkibida uchrashini, hayotiy jarayonlarda oqsillarning ahamiyatini, hujayrada oqsillarning uchrashi va hayotiy vazifalarini, oqsillarning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi tuzilishi haqida ma’lumotlarni o‘rganganlar.
51-darsda oqsillarning tarkibi va tabiatda tarqalishi, molekulasining tuzilishi, peptid bog‘lar haqida ma’lumotlar beriladi.
52-darsda esa oqsillarning xossalari, rangli reaksiyalari, denaturatsiyasi haqida ma’lumotlar beriladi va laboratoriya ishi №10 bajariladi. Oqsillarning rangli reaksiyalari. (Darslikdan 183-bet).
O‘quvchilarga hayotiy jarayonlar uchun oqsillarning ahamiyati haqida to‘liq ma’lumotlar beriladi.
Oqsillar molekulasini o‘rganish ancha murakkab jarayondir. Oqsillar tarkibida asosan 5 xil element uchraydi. Uglerod 50-52%, vodorod 6,8-7,7%, kislorod 19-24%, azot 15-28%, oltingugurt 0,5-2%. Gemoglobin tarkibida 0,3-0,5% temir bo‘ladi.
Oqsillarning molekulyar massasi juda katta. Masalan, albumin oqsilining molyar massasi 61500, globulin oqsiliniki esa 153000 ga teng. Umuman olganda oqsillarning molekulyar massasi 5000 dan 15-20 milliongacha bo‘ladi.


Oqsillarning rangli reaksiyalari.



  1. Ksantoprotein reaksiyasi.

Oqsil molekulasi tarkibida aromatik yadro tutuvchi aminokislotalar borligi uchun nitrat kislota ta’sirida sariq rangga bo‘yaladi. Bunda aromatik yadro nitrolanadi.





  1. Biuret reaksiyasi.

Oqsillarga mis tuzlari va ishqor ta’sir ettirilsa, binafsha rangga bo‘yaladi. Ushbu reaksiya peptid bog‘li barcha moddalar uchun xosdir.





  1. Millon reaksiyasi.

Oqsillarga simob (II)-nitratning nitrat kislota bilan aralashmasi ta’sir ettirilsa qizil rang paydo bo‘ladi, chunki oqsil molekulasida fenol guruhi borligidan dalolat beradi.





proteinlar


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling