I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


Download 0.6 Mb.
bet47/61
Sana25.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1719637
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61
Bog'liq
10metqul

Oqsillar


proteidlar


albuminlar
globulinlar
protaminlar
gistonlar




xromoproteidlar
nukleoproteidlar
fosfoproteidlar
glyukoproteidlar

Proteinlar — oddiy oqsillar bo‘lib, gidrolizlanganda faqat aminokislotalar hsil bo‘ladi.
Proteidlar — murakkab oqsillar bo‘lib, gidrolizlanganda aminokislotalar va oqsil bo‘lmagan birikmalar, masalan, fosfat kislota, uglevod, nuklein kislotalar kabi moddalar hosil qiladi.


Uyga vazifa: Oqsillar haqida bilimlarni umumlashtirish va oqsillarning tarkibini to‘liq tushunib olish uchun quyidagi savollar uyga vazifa qilib berilishi yoki dars davomida javob topilishi zarur.



  1. Oqsillarning xilma-xil bo‘lishiga sabab nima?

  2. Peptid bog‘larning hosil bo‘lishini tushuntiring?

  3. Oqsillarning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi tuzilishidagi kimyoviy bog‘lanish tabiatini tushuntiring.

  4. Oqsillarning gidrolizlanishi jarayonida qanday moddalar hosil bo‘ladi?

  5. Oqsillar tirik organizmda qanday vazifani bajaradi?

  6. Oqsillarning rangli reaksiyalari haqida nimalarni bilasiz?

  7. Oqsillarni qanday sinflash mumkin?



53-DARS. Azotli organik moddalar mavzulari bo‘yicha nazariy va murakkab hisoblashga doir masalalar yechish.



  1. Laboratoriya sharoitida 15,6 g benzoldan 21 g nitrobenzol olindi. Bu nazariy jihatdan hosil bo‘lishi lozim bo‘lgan miqdorini necha % ini tashkil etadi?

  2. 0,9 g birlamchi aminni yonishidan hosil bo‘lgan gazlar ishqorning konsentrlangan eritmasidan o‘tkazildi. Natijada ishqorga yutilmaydigan, kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydigan n.sh.da o‘lchangan 224 ml gaz qoldi. Shu aminning formulasini toping?

  3. C7H9NO2 tarkibli birikma aromatik uglevodorod hosilasidir. Unga natriy gidroksid ta’sir ettirilsa ammiak va C6H5COONa tarkibli birikma hosil qiladi. Boshlang‘ich birikmaning tuzilish formulasini aniqlang.

  4. Para-aminofenolning formulasini yozing. Bu moddani qanday kimyoviy xossalari sizga ma’lum. Reaksiya tenglamasini yozing.

  5. Ohaktoshdan foydalanib aminosirka kislota olish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing.




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling