I rivojlantirish vazirining 2022 yil


Download 30.88 Kb.
bet2/5
Sana25.01.2023
Hajmi30.88 Kb.
#1121339
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sportni rivojlantirish vazirining 2022 yil Trenerlar kengashi nizomi

2-bob. Trenerlar kengashining maqsadi, vazifalari hamda funksiyalari



  1. Trenerlar kengashining maqsadi sport maktablarida davlatning sport siyosatini amalga oshirish, sport maktablarining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda sportni rivojlantirish, uni takomillashtirishda trenerlar jamoasining faoliyat yo’nalishini belgilash, sportdagi yutuqlarni va ilg’or trenerlik tajribalarini amaliyotga joriy etishda trenerlar jamoasini birlashtirish, demokratiya, oshkoralik, o’zini o’zi boshqarish tamoyillari asosida sport maktablarida boshqaruvni amalga oshirishdan iborat.

2. Trenerlar kengashining vazifalari quyidagilardan iborat:
sport maktablari trenerlar jamoasining faoliyatini sportchilarning egallashi lozim bo’lgan malaka va ko’nikmalarini ta’minlashga, sportchilarni shug’ullantirish sifatini oshirishga yo’naltirish;
sport maktablari trenerlarining yo’nalishlar bo’yicha axborotlari va hisobotlarini eshitish, sport maktablarining sanitariya-gigiyenik xolati, yong’inga qarshi amalga oshiriladigan ishlar, mexnatni muhofaza qilish, sportchilarning sog’ligi va hayotiga oid hamda boshqa masalalarni muhokama qilish va yakuniy xulosa berish;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi (tuman, viloyat, respublika va xalqaro) hisobga olingan holda o’quv-mashq yig’inlarining vazifalarini belgilash;
o’quv-mashq va tarbiyaviy ishlar, sportchilarni tanlash va o’tkazish, sportchilar tayyorlashni yakka tartibda rejalashtirish, sport maktablarining sport tadbirlarida ishtirok etishi, o’quv-mashq jarayonini o’tkazish metodikasi takomillashtirilishi masalalarini, shuningdek sport maktablari ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni ko’rib chiqish;
sportchilarni yuksak ma’naviy, umuminsoniy va milliy ruhda, o’z Vatani, xalqini ardoqlovchi, tinchlik va barqarorlikka qaratilgan milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish;
sport maktablarida shug’ullanish jarayonini tashkil etish va uning samaradorligini oshirish bo’yicha maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;
ilg’or trenerlarning ish tajribalarini o’rganish, ommalashtirish, ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish, yosh trenerlarga metodik yordam ko’rsatish ishlarini tashkil etish;
sportchilarni shug’ullantirish jarayonini tashkil etishda va uning samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga oid trenerlar jamoasining ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa chiqarish;
sport maktablari jamoalari uchun o’z vakolati doirasida me’yoriy talablarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;
rahbariyatga tasdiqlash uchun taqdim etiladigan sport turlari bo’yicha terma jamoalar tarkibini ko’rib chiqish;
respublika va xalqaro musobaqalarga sport tayyorgarligi dasturlarini tasdiqlash.
Trenerlar kengashiga qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
3. Trenerlar kengashi unga yuklatilgan vazifalarga asosan quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
sport turlari bo’yicha terma jamoalar tarkibiga qabul qilish va tarkibdan chiqarish masalalarini ko’rib chiqadi;
sport maktablari terma jamoa a’zolari va ularning zaxiralari tarkibiga kiruvchi sportchilarning salomatligi holati va tibbiy-biologik ta’minoti masalalarini ko’rib chiqadi;
sport tayyorgarligini tashkil etish va olib borish kompleks masalalarini ko’rib chiqadi;
sport maktabining o’quv yili bo’yicha amalga oshirilgan ishlari hamda erishilgan natijalar yuzasidan sport turlari reytingini ko’rib chiqadi.
trenerlar tarkibi va sportchilarni ularning ish faoliyati natijalariga ko’ra unvonlar berish, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash va “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko’krak nishoniga tavsiya etish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqadi;
sport maktablari faoliyatini yanada yaxshilash (o’quv, mashg’ulot, tarbiyaviy, ommaviy-tashkiliy, sog’lomlashtirish va uslubiy ishlari bo’yicha dolzarb masalalar va natijalarni, sanitariya-gigiyena rejimi xolatlari) masalalarini ko’rib chiqadi;
vakolati doirasida boshqa masalalarni ham ko’rib chiqishi mumkin.



Download 30.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling