I rivojlantirish vazirining 2022 yil


Download 30.88 Kb.
bet3/5
Sana25.01.2023
Hajmi30.88 Kb.
#1121339
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sportni rivojlantirish vazirining 2022 yil Trenerlar kengashi nizomi

3-bob. Trenerlar kengashi tarkibi va uning faoliyatini
tashkil qilish

1. Trenerlar kengashi tarkibi sport maktablari direktorlari, direktor o’rinbosarlari, trenerlari, tibbiyot xodimlari va sport maktablarining tegishli boshqa xodimlaridan iborat bo’ladi. Sport maktablarining har bir treneri ishga qabul qilingan paytdan boshlab Trenerlar kengashi a’zosi hisoblanadi.
2. Trenerlar kengashida muhokama qilinadigan masalalarning mazmunidan kelib chiqib, yig’ilishga sportni rivojlantirish bo’limlari, sport turlari bo’yicha federasiya (uyushma)larning hududiy bo’linmalari, sportchilarning ota-onalari vakillari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi, mahalliy davlat hokimiyati, xuquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar vakillari taklif qilinishi mumkin.
3. Sport maktablari direktorlari Trenerlar kengashi raisi hisoblanadi. Trenerlar kengashi kotibi xodimlar orasidan tayinlanadi.
Trenerlar kengashining tashkiliy va texnik ishlarini kengash kotibi amalga oshiradi.
Trenerlar kengashi raisi o’z vazifasini bajara olmaydigan (kasal bo’lgan, xizmat safariga ketgan va xokazo) holatlarda uning vazifalari direktorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan amalga oshiriladi. Kengash raisi va uning o’rinbosari bo’lmagan taqdirda, Trenerlar kengashi yig’ilishi boshqa kunga ko’chiriladi.
4. Trenerlar kengashining hujjatlarini yuritish bo’yicha sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan amaliy yordam berib boriladi.
5. Trenerlar kengashi faoliyati yillik ish reja asosida tashkil etiladi. Ish reja kengash yig’ilishida ko’rib chiqilib, ma’qullanganidan so’ng sport maktabi raxbari tomonidan tasdiqlanadi (qoida tariqasida har yili XXXXXXX oyida tasdiqlanishi lozim).
6. Trenerlar kengashi yig’ilishida sport maktablarining faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
7. Trenerlar kengashi yig’ilishi har chorakda kamida bir marta o’tkaziladi. Zaruratga ko’ra, navbatdan tashqari kengash yig’ilishlari o’tkazilishi mumkin.
Trenerlar kengashi yig’ilishi bayonnomasi kengash kotibi tomonidan yuritiladi. Bayonnoma kengash raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Bayonnomalarning raqami, sanasi va yig’ilishda ko’rilgan masalalar to’g’risidagi ma’lumotlar trenerlar kengashi yig’ilishi bayonnomalarini qayd etish daftariga yozib boriladi. Trenerlar kengashi yig’ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari raqamlanadi, ip o’tkazib tikiladi hamda sport maktabi rahbari tomonidan imzolanib muhrlanadi.
Trenerlar kengashi yig’ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari namunasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Bayonnomaning kirish qismida Trenerlar kengashi yig’ilishi o’tkazilgan sana, bayonnoma tartib raqami, ishtirok etganlar va ularning soni yoziladi.
Trenerlar kengashi yig’ilishi bayonnomalarini qayd etish daftarida kun tartibiga kiritilgan masala muhokamasi, kengash a’zolari tomonidan kiritilgan taklif va mulohazalar hamda kun tartibidagi har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar qayd etib boriladi.
Trenerlar kengashi yig’ilishi bayonnomalarini raqamlash har o’quv yili boshida (XXXX oyida) yangidan boshlanadi.
9. Trenerlar kengashi qarori uning yig’ilishida ishtirok etgan a’zolari umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lib qolgan taqdirda trenerlar kengashi raisi hal qiluvchi ovozga ega bo’ladi. Kengash yig’ilishini o’tkazish vaqti, joyi va kun tartibi bir hafta oldin Trenerlar kengashi kotibi tomonidan e’lon qilinadi.
10. Trenerlar kengashi yig’ilishida muhokama qilinadigan masalalar bo’yicha materiallar tegishliligi bo’yicha direktor o’rinbosari va instruktor-metodistlari tomonidan tayyorlanadi.
11. Trenerlar kengashining barcha qarorlari bilan kengash a’zolari tanishtiriladi va tegishli tashkilotlarga qarorning o’zlariga tegishli qismlari ko’chirmasi yuboriladi.



Download 30.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling