I rivojlantirish vazirining 2022 yil


Download 30.88 Kb.
bet4/5
Sana25.01.2023
Hajmi30.88 Kb.
#1121339
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sportni rivojlantirish vazirining 2022 yil Trenerlar kengashi nizomi

4-bob. Trenerlar kengashining xuquq va majburiyatlari



  1. Trenerlar kengashi quyidagi huquqlarga ega:

sportchilarni tayyorlash uslublarini, tibbiy-biologik ta’minotni yaxshilash, sport mahoratini oshirish bo’yicha ilg’or ilmiy izlanish ishlarini joriy etish va o’z vakolati doirasiga kiruvchi boshqa masalalar bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqish hamda keyinchalik ularni Trenerlar kengashida ko’rib chiqish uchun turli soha mutaxassislarini, maslahatchi (konsultant)larni taklif qilgan xolda vaqtinchalik ishchi guruhlarini tashkil etish;
vakolati doirasiga kiruvchi tortishuvlarga sabab bo’lgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Trenerlar kengashi yig’ilishlariga mashg’ulot jarayonlarini tashkil etish va boshqa masalalar yuzasidan sport maktablari bilan hamkorlik qiluvchi jamoat tashkilotlari, muassasa vakillari, sportchilarning ota-onalarini taklif qilish;
sport maktablari faoliyati yo’nalishlari bo’yicha sport turlarini rivojlantiruvchi sport maktablarini uslubiy ta’minlashni takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish;
sport maktablari faoliyati yo’nalishi bo’yicha sport turlarini rivojlantiruvchi mutaxasislarning o’z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o’tishlarini o’rganib chiqish va tavsiya qilish;
sport maktablarining o’quv dasturlarini hamda o’quv jarayonini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo’yicha qarorlar qabul qilish;
sportchilarni sport mavsumi va olimpiya sikliga tayyorlash bo’yicha mashg’ulot, tarbiyaviy ishlar, sog’lomlashtirish tadbirlari, shaxsiy rejalarini ko’rib chiqish, guruhlar tarkibini tuzish;
jismoniy tarbiya va sport tadbirlari kalendar rejalari loyihalarini, musobaqa nizomlarini, o’quv-mashgulot rejalarini, mashg’ulot yig’inlarini o’tkazish va barcha darajadagi turli musobaqalarda ishtirok etish masalalarini ko’rib chiqish;
mashg’ulot jarayonlari uslublarini takomillashtirish bo’yicha trenerlarning (yil yakuni, musobaqalar va boshqalar) hisobotlarini eshitish;
guruhlar tarkibini tasdiqlash, terma jamoa a’zolarining tayyorgarligi va ishtiroki yakunlarini tahlil qilish;
o’quv yili yakunida sport maktablari sportchilari guruh tarkiblarini tasdiqlash, ularni kelgusi yilga va sport tayyorgarligining keyingi bosqichiga o’tkazish to’g’risida, ro’yxatga olish va chiqarish, terma jamoalarni shakllantirish, tayyorgarlikning kelgusi bosqichiga o’tkazilishi bo’yicha nazorat o’tkazishning sport me’yorlari va talablarini ishlab chiqish, terma jamoa a’zolarining tayyorgarligi va ishtiroki yakunlarini tahlil qilish;
Trenerlar kengashi tomonidan sport maktablari xodimlari
va trenerlarini moddiy rag’batlantirishga taaluqli masalalarni ko’rib chiqish uchun xodimlar va trenerlardan komissiya tarkibini tasdiqlash;

sport musobaqalarida ishtirok etish uchun trenerlar va sportchilar nomzodlarini tavsiya etish.
Trenerlar kengashi qonunchilikka hamda o’z vazifalariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
2. Trenerlar kengashi quyidagilarga majbur:
sport maktablari ish rejasining bajarilishini ta’minlash;
trenerlar va sportchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
sport maktablarining faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb masalalarni muhokama qilish;
sport tayyorgarligi sifatini yanada yaxshilash bo’yicha berilgan har qanday taklifni qabul qilish va ko’rib chiqish;
sport mashg’ulotlari o’quv rejasini sportchilar tomonidan o’zlashtirishga qulay bo’lishi nuqtai nazaridan takomillashtirish;
sport tayyorgarligiga oid munozarali masalalarni muhokama qilish
va yakuniy
qaror qabul qilish;
trenerlarning zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiyalarni joriy etish bo’yicha izlanishlarini va ijodiy tashabbuskorliklarini qo’llab-quvvatlash;
sport tayyorgarligi jarayonini samarali tashkil qilishning turli shakl
va uslublarini muhokama
qilish va amaliyotga tatbiq etish;
trenerlarga sport maktablariga oid normativ-huquqiy va metodik hujjatlarning yetkazilishi va tushuntirish ishlarining olib borilishini nazorat qilish.
Trenerlar kengashi zimmasiga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
5-bob. Trenerlar kengashining javobgarligi


1. Trenerlar kengashi quyidagilar uchun javobgar:
o’z vakolatiga kiruvchi jismoniy tarbiya va sport sohasi va boshqa sohalar doirasida qabul qilgan qarorlari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga amal qilishga;
terma jamoalar tarkibini, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasini, respublika va xalqaro sport tadbirlari hamda musobaqalarda ishtirok etuvchi delegasiyalarni shakllantirish bo’yicha qabul qilgan qarorlar ijrosini ta’minlashga;
mashg’ulot va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va yakuniy natijalarni aniqlash sifatiga;
yig’ilishlarda muhokama qilingan terma jamoadagi ishlar holatini tahlil qilish sifati va sportchilarni shug’ullantirishda sport turlarining yangi tendensiyalari va rivojlanish istiqbollari asosida tayyorlashni rejalashtirishga;
har bir ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan mas’uliyatli shaxslarni va amalga oshirish muddatlarini aniq belgilagan holda qarorlar qabul qilishga;
o’z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarning sifati va asoslantirilganligiga.



Download 30.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling