I rivojlantirish vazirining 2022 yil


Download 30.88 Kb.
bet5/5
Sana25.01.2023
Hajmi30.88 Kb.
#1121339
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sportni rivojlantirish vazirining 2022 yil Trenerlar kengashi nizomi

6-bob. Trenerlar kengashi a’zolarining xuquq va majburiyatlari


1. Trenerlar kengashi a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o’z fikrini erkin bildirish;
qaror qabul qilishda ovoz berish;
Trenerlar kengashi qabul qilgan qarorlar ijrosi natijalari yuzasidan mas’ul shaxslarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga kengash bilan kelishgan holda murojaat qilish;
Trenerlar kengashi yig’ilishlari kun tartibida ko’rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan to’liq ma’lumot olish;
Trenerlar kengashi yig’ilishlarida mashg’ulot jarayonini yaxshilash va umuman rivojlantirilayotgan sport turlarini yanada takomillashtirish hamda ommalashtirish bo’yicha trenerlar kengashiga takliflar kiritish.
2. Trenerlar kengashi a’zolari quyidagilarga majbur:
Trenerlar kengashi yig’ilishlarida ishtirok etish;
trenerlar va sportchilarning xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
sport tayyorgarligi sifatini yanada yaxshilash bo’yicha berilgan har qanday taklifni qabul qilish va ko’rib chiqish;
sport mashg’ulotlari o’quv rejasini sportchilar tomonidan o’zlashtirishga qulay bo’lishi nuqtai nazaridan ko’rib chiqish va unga takliflar kiritish;
zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiyalarni joriy etish bo’yicha izlanishlarini va ijodiy tashabbuskorlikni amalga oshirish;
sport tayyorgarligi jarayonini samarali tashkil qilishning turli shakl va uslublarini muhokama qilishda ishtirok etish;
sport maktablariga oid normativ-huquqiy va metodik hujjatlarni o’rganish va ularni sportchilarga tushuntirish ishlarini olib borish.
Trenerlar kengashi a’zolari zimmasiga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.


7-bob. Trenerlar kengashining hujjatlari


1. Sport maktablarida kengash faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar bo’lishi lozim:
a) Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan sport maktablarining trenerlar kengashi to’g’risida nizom;
b) trenerlar kengashi yig’ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari;
v) trenerlar kengashi yig’ilishi bayonnomalari;
g) trenerlar kengashi yig’ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar.
2. Trenerlar kengashi hujjatlarining saqlanishiga kengash raisi va kengash kotibi javobgar hisoblanadi.
Trenerlar kengashi yig’ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari doimiy, tayyorlangan tahliliy materiallar va hujjatlar esa uch yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli arxivga topshiriladi.


8-bob. Yakuniy qoidalar


1. Trenerlar kengashi qarorlarini bajarish sport maktablarining har bir xodimi uchun majburiy bo’lib, qarorlar ijrosining umumiy nazorati Trenerlar kengashi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
2. Mazkur nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo’ladi.
Download 30.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling