I s a k o V a m u a z z a m t u L k I n o V n a s a L o m a t L i k I j t I m o I y p s I x o L o g I y a s I


Download 463.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana15.11.2023
Hajmi463.75 Kb.
#1775486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ISAKOVA MUAZZAM TULKINOVNA

Mualliflar: 
 
 
 
M.T.Isakova 
 
Psixologiya fanlari nomzodi
dosent M. Otajonov 
Taqrizchilar: 
 Psixologiya 
fanlari doktori, professor 
F.Akramova 
 
O‘quv uslubiy qo‘llanma Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil ______dagi
___sonli Kengashida ko‘rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan. 


Kirish
Jahonda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarda inson salomatligi va
farovonligi uchun psixologik muhit sofligini saqlash, sog’lom o’zaro 
munosabatlarni o’rnatish, odamning yashashi va uzoq umr ko’rishida biologik
genetik, psixologik omillar ta’sirini aniqlash va hayot sifatini barqarorlashtirishga 
oid ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada, inson 
salomatligiga salbiy ta’sir etadigan ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash, 
salomatlikka tahdid soluvchi, ruhiy buzilishlarga sabab bo’luvchi turli patologik 
kasalliklar genezisidagi madaniy me’yorlar, ta’qiqlar, ruhiy salomatlik, salbiy 
psixoemotsional holatlarga berilishning motivlari, sabab va ta’sir etuvchi boshqa 
omillarini aniqlash hamda psixokorrektsion tadbirlarni amalga oshirish va 
takomillashtirishga yo’naltirilgan muammolarga e’tibor qaratish zarurati 
kuzatilmoqda.
Respublikamizda so’nggi yillarda inson farovonligiga erishish, hayotdan 
qoniqish darajasini oshirish, ruhiy salomatlikni barqarorlashtirishga bo’lgan e’tibor 
davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, bu borada zarur huquqiy-me’yoriy asoslar 
yaratildi. «...Aholi orasida sog’lom turmushni shakllantirish, ... sog’lom va to’g’ri 
ovqatlanish, ortiqcha vazn va semizlikni bartaraf etish, zararli odatlarga qarshi 
kurashish, fuqarolarning o’z sog’lig’iga bo’lgan munosabatini tubdan 
o’zgartirish...»
1
, «...aholining kundalik turmush tarziga bevosita ta’sir qiluvchi 
masalalar bo’yicha murojaatlar tezkor va sifatli ko’rib chiqilishini ta’minlash»
2

«ruhiy salomatliksiz sog’lom bo’lish imkonsiz» tamoyillariga binoan, inson 
salomatligini ta’minlash va takomillashtirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni 
chuqurlashtirishga qaratilgan yangicha nazariy yechimlarni topish imkoniyatlari 
yaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 yanvardagi «2022-2026 
yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida» 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil, 12 noyabrdagi «Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini 
yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida»gi PQ-4891-
sonli Qarori. 
2
O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi 
O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risda»gi PF-60-sonli Farmoni.


PF-60-son Farmoni, 2018 yil 27 iyundagi PQ-3808-son «O’zbekiston 
Respublikasida oila institutini mustahkamlash kontseptsiyasini tasdiqlash 
to’g’risida», 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4911-son «Farg’ona jamoat salomatligi 
tibbiyot institutini tashkil etish to’g’risida» Qarorlar, O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi «Psixologiya sohasida kadrlarni 
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning 
oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida» 472-son qarori hamda mavzuga oid 
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan keng ko’lamli chora-tadbirlarni 
amalga oshirishga mazkur o‘quv uslubiy qo‘llanma uchun xizmat qiladi. 

Download 463.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling