I shamshidinov noorganik moddalar va
-§. Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ammiakli selitra.
2-§. Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish
Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgunga qadar faqatgina Chili selitrasi – NaNO 3 qishloq xo‘jaligida o‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatib kelingan. Hozirgi paytda kimyo sanoati korxonalarida turli xildagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda. Azotli o‘g‘itlarning asosiy turlari: ammiakli (ammiak), ammoniyli (ammoniy tuzlari – fosfat, sulfat, xlorid va boshqalar), ammoniy nitratli (NH 4 NO 3 ), nitratli (nitrat kislotaning kalsiyli, kaliyli, natriyli selitralari) va amidli (karbamid – (NH 2 ) 2 CO, kalsiy sianamid – CaCN 2 va boshqalar) o‘g‘itlar hisoblanadi. Bundan tashqari bu tuzlar asosida aralash va murakkab o‘g‘itlar, suyuq azotli o‘g‘itlar – ammiak va ammiakli suv, aminlar va boshqa tuzlarning suvli eritmalari ishlab chiqariladi va ishlatiladi. Ammoniyli va nitratli tuzlarning ko‘pchiligi hamda karbamid suvda yaxshi eriydi. Ulardagi azot o‘simliklarga yaxshi o‘zlashadi (ayniqsa, NO 3 - ning tuproqda harakatchanligi yuqori bo‘ladi). Ammoniyli o‘g‘itlar uchun xomashyo sifatida ammiak, nitratli o‘g‘itlar uchun esa nitrat kislotasidan foydalaniladi. Ular esa atmosferadagi behisob miqdordagi azotdan olinadi. Ammiakli selitra. Ammoniy nitrat NH 4 NO 3 ni ammiakli selitra deb ham yuritiladi. Ammoniy nitrat 110 O C haroratdan yuqorida parchalana boshlaydi: NH 4 NO 3 NH 3 + HNO 3 – 174,4 kj Bu reaksiya sekin sodir bo‘ladi. Masalan, 165 O C haroratda bir sutka davomida massa jihatdan 6% miqdori parchalanadi. Namlik ortishi bilan parchalanish tezligi ham ortadi. Harorat 200-270 O C da parchalanish tezligi yanada ortadi: NH 4 NO 3 N 2 O + 2H 2 O + 36,8 kj Harorat 400-500 O C gacha tez ko‘tarilsa, parchalanish reaksiyasi portlash bilan sodir bo‘ladi: 2NH 4 NO 3 2N 2 + 4H 2 O + O 2 + 118 kj Amalda 300 O C harorat portlashga sabab bo‘ladi. NH 4 NO 3 ning mineral kislotalar va yengil oksidlanuvchi (moylovchi va boshqa organik moddalar kabi) qo‘shimchalar ishtirokida portlashi tezlashadi. Toza holatda esa zarbaga chidamli, lekin yopiq 176 muhitda qizdirish natijasida portlashi mumkin. Portlash xususiyatini kamaytirish maqsadida unga karbamid (0,05-0,1%), kalsiy karbonat, magniy karbonat va boshqa qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin. Ammoniy nitratdan portlovchi moddalar ishlab chiqarish xomashyosi sifatida ham foydalaniladi. Bunda yog‘och kukuni va organik materiallar, ammonallar (aluminiy kukunli aralashmalari) va boshqalar qo‘shiladi. Bunday aralashmalar detonator ishtirokida portlatiladi. Davlat standarti bo‘yicha donadorlangan ammiakli selitraning yuqori sifatli A va B kategoriyali (oliy nav) va 1-kategoriyali (1-nav) turlari mavjud. Qishloq xo‘jaligida va sanoatda qo‘llaniladigan ammiakli selitra tarkibida NH 4 NO 3 ning miqdori 98% dan kam emas. B markali ammiakli selitraning oliy navida 34,4% N, 1-navida esa 34,0% N bo‘ladi. Suv (namlik) esa sulfat va sulfat-fosfat qo‘shimchali ammiakli selitrada 0,2% dan ko‘p emas (B markali 1-navda esa 0,3% dan ko‘p emas). Suv tutuvchi qo‘shimcha 0,3% bo‘lsa, bu miqdor 0,6% ga yetishi mumkin. Yuqori sifat kategoriyali A va B markali ammiakli selitra tarkibidagi qo‘shimchalar miqdori: kalsiy va magniy nitrat CaO (MgO) hisobida 0,2-0,5%, fosfatlar (RAP) P 2 O 5 hisobida 0,5-1,2%, ammoniy sulfat 0,3-0,7%, ammoniy sulfati va fosfatlari 0,4-0,6% bo‘ladi. B markali 1-navda esa qo‘shimchalar miqdori me’yorlanmaydi. Ammiakli selitra 10% li suvli eritmasining pH muhiti barcha navlarda: sulfat-fosfat qo‘shimchasi bo‘lsa 4,0 va boshqa qo‘shimchasi bo‘lsa 5,0 ga teng bo‘ladi. Ammiakli selitraning donadorlik tarkibi: A markada 1-3 mm li donachalar 93% dan kam emas; B markada 1-4 mm li donachalar 95% dan kam emas (shuningdek barcha yuqori navlarda 2-3 mm li donachalar 50% dan kam emas). Barcha navlarda 1 mm dan kichik donachalar 4% dan ortiq emas. Ammoniy nitrat donachalarining statik mustaxkamligi: A marka uchun 5 n, B marka uchun 7 n va 1-nav uchun 5 n bo‘ladi. Sepiluvchanligi har ikkala marka uchun ham 100% bo‘ladi. Buning uchun 5 qop ammiakli selitra 1 m balandlikdan yerga tashlanadi, teshiklari 5 mm bo‘lgan elakdan 1 minutda to‘la o‘tishi kerak. Ammiakli selitra yong‘in havfli bo‘lib, isitgichlardan holi bo‘lgan xonalarda saqlanadi. Boshqa moddalar bilan birgalikda saqlanmaydi va bir joydan boshqa joyga tashilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling