I shamshidinov noorganik moddalar va
Kaliy orto- va metafosfatlar
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Kaliy orto- va metafosfatlar. Kaliy orto- va metafosfatlar yuqori
konsentratsiyali fosfor-kaliyli o‘g‘itlar hisoblanadi. Mono-, di- va trikaliyfosfatlar – fosfat kislotaning kaliy gidroksid yoki karbonat bilan neytrallanishi natijasida olinadi, masalan: 2H 3 PO 4 + K 2 CO 3 = 2KH 2 PO 4 + H 2 O + CO 2 Kaliy ishqorining qimmatligi va kamyobligi sababli bu usul mineral o‘g‘itlar sanoatida qo‘llanilmaydi. Kaliy xlorid, sulfat kislota va fosforit asosida ham monokaliyfosfat olinishi mumkin. Shunday usullardan birida kaliy xlorid 200 O C haroratda ortiqcha miqdordagi konsentrlangan sulfat kislota bilan aralashtiriladi – bunda HCl yo‘qotiladi va kaliy gidrosulfatning sulfat kislotadagi suspenziyasi olinadi; unda 70 O C haroratda fosforitga ishlov beriladi: KCl + H 2 SO 4 KHSO 4 + HCl 2KHSO 4 + Ca 3 (PO 4 ) 2 2KH 2 PO 4 + 3CaSO 4 ∙2H 2 O Gips ajratiladi va suv bilan yuviladi, eritma esa 50-60% KH 2 PO 4 gacha bug‘latiladi va unga metanol qo‘shib, KH 2 PO 4 kristallantiriladi. Qolgan eritmadan metanolni uchirish va tarkibida ~54% P 2 O 5 bo‘lgan fosfat kislota hosil qilish uchun distillyatsiyalanadi hamda metanol jarayonga qaytariladi. Marokko fosforitini qayta ishlashdagi fosfor va kaliydan foydalanish darajasi mos ravishda 92 va 90-95% ni tashkil etadi; mahsulot tarkibida: 30% K 2 O; 46% P 2 O 5 ; 0,6% Al; 0,6% Fe; 1,5% F; 3% SO 4 2- bo‘ladi. KH 2 PO 4 ni 320 O C da degidratatsiyalash natijasida, tarkibida 57- 58% P 2 O 5 va ~38% K 2 O bo‘lgan kaliy metafosfat (KHPO 3 ) n olinadi [nazariy jihatdan (KHPO 3 ) n tarkibida 50,13% P 2 O 5 va 39,87% K 2 O bo‘ladi]. Qizdirilgan massani sekin sovutish natijasida suvda erimaydigan shishasimon suyuqlanma olinadi; tez sovutish natijasida esa hosil qilingan mahsulot tarkibidagi bir qism P 2 O 5 suvda eruvchan, qolgan qismi esa sitratli eritmada eruvchan bo‘ladi. Kaliy 266 metafosfatning suvda eruvchanligi uning fizik xolati (kristall mahsulot – Kurrol tuzi – shishasimon mahsulotga nisbatan kam eruvchi) va tarkibi bilan aniqlanadi. Degidratlanish to‘la bo‘lmasa yoki degidratlanish turli xil qo‘shimchalar (masalan, ishqoriy-er metallari xloridlari yoki sulfatlari, Fe 2 O 3 ) ishtirokida amalga oshirilsa, tarkibida barcha fosfor suvda eruvchan shaklda bo‘lgan mahsulot olinishi mumkin. Kaliy metafosfat yuqori samarador, amalda gigroskopik bo‘lmagan va bir- biriga yopishib qolmaydigan o‘qit hisoblanadi; u urug‘lar uchun zaharli emas, uning eritmalarini ammoniylashtirilishi natijasida kaliy va ammoniy fosfatlarining aralashmasi olinishi mumkin. Kaliy metafosfat kaliy xloridni fosfat kislota (~900 O C) yoki fosfor(V)-oksid (1000-1050 O C) bilan yuqori haroratli parchalash orqali olinishi mumkin; bu jarayonlar yuqori energiyasig‘imli va korroziyabardosh jihozlar qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir. 60-70 O C haroratda kaliy xloridni tarkibida 23% P 2 O 5 bo‘lgan termik yoki ekstraksion fosfat kislotada parchalash orqali nisbatan arzon usulda kaliy metafosfat ishlab chiqarilishi ham mumkin. Hosil qilingan suspenziya (~56% H 2 O) quritiladi, so‘ngra esa 350-370 O C da qizdiriladi. Sovutilishi natijasida tarkibida 54% P 2 O 5 (sitratli eritmada eruvchan shakldagi), 35- 39% K 2 O va 0,3% xlor bo‘lgan mahsulot olinadi. Gazli fazaga chiqadigan vodorod xloridni tutib qolinishi natijasida 16-18% li xlorid kislota hosil qilinadi, uning ishlatilish sohalarini topish muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Yanada yuqoriroq konsentratsiyali xlorid kislota kaliy xloridni bug‘latilgan (~50% P 2 O 5 ) ekstraksion fosfat kislotada ikki bosqichli parchalash orqali olinadi. Birinchi bosqichda ~300 O C va ikkinchi bosqichda 700 O C haroratda suyuqlanma olinadi, uni sovutish natijasida tarkibida 57% P 2 O 5 , 35% K 2 O bo‘lgan mahsulot olinadi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling