I shamshidinov noorganik moddalar va


-§. Ekstraksion fosfat kislotani kalsiy karbonatli xomashyolar bilan


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   131
4-§. Ekstraksion fosfat kislotani kalsiy karbonatli xomashyolar bilan 
neytrallash asosida fosforli o‘g‘it olish 
 
Respublikamizdagi fosforli o‘g‘itlar sanoatida asosan tarkibida ko‘p 
miqdorda magniy tutgan fosforitlardan ammofos, shuningdek oddiy 
superfosfat ishlab chiqariladi va bu o‘g‘itlardan qishloq xo‘jaligida 
foydalaniladi. Natijada tuproqqa solinadigan eruvchan (o‘simliklar 
o‘zlashtiradigan) kalsiy birikmalari yildan-yilga kamayib bormoqda. Bu 
esa o‘simlik va tirik organizmlardagi kalsiyning yetishmovchiligiga olib 
keladi. 
Fosforitlardan olingan ekstraksion fosfat kislotani (EFK) neytrallash 
orqali konsentrlangan fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqariladi. Bunda 
neytrallovchi vosita sifatida ammiak gazi (ammofos ishlab chiqarishda), 
fosforit (qo‘shaloq superfosfat turidagi o‘g‘itlar ishlab chiqarishda) 
kabilardan foydalaniladi. EFKni neytrallanish jarayonini tabiiy 
karbonatli xomashyolar (bo‘r, ohaktosh va b.), suv tozalash inshootlari 
chiqindisi – kalsiy va magniy karbonatlari kabilar bilan ham amalga 
oshirilishi mumkin. Natijada tarkibida kalsiy va magniy tutgan 
qo‘shaloq superfosfat turidagi o‘g‘itlar olish mumkin bo‘ladi. 
Tarkibida kalsiy tutgan fosforli o‘g‘it olish, sanoat chiqindisidan 
kompleks foydalanish, ishlab chiqariladigan o‘g‘it hajmini oshirish va 
tannarxini 
kamaytirish 
maqsadida 
Qizilqum 
fosforiti 
termokonsentratidan olingan EFKni oldindan aktivlash va uni tarkibida 
kalsiy karbonat bo‘lgan xomashyo bilan neytrallash orqali qo‘shaloq 
superfosfat turidagi o‘g‘itlar olish usuli o‘rganilgan.
Buning uchun ekstraksion fosfat kislotasini (21,50% P
2
O
5

ammoniy nitrat ishtirokida aktivlash yoki uning bug‘latilishidan hosil 
qilingan 31,7% P
2
O
5
va 35,2% P
2
O
5
li konsentrlangan EFK ni bo‘r 
xomashyosi bilan bo‘r(100% CaCO
3
):EFK(100%P
2
O
5
) = 1:1 1,25 
nisbatda 60
O
C haroratda 60 minut davomida neytrallash jarayoni amalga 
oshirilgan. 


258 
EFKni bo‘r bilan neytrallash orqali oqimli usulda qo‘shaloq 
superfosfat olishning texnologik parametrlari va mahsulotlarning 
kimyoviy tarkibi 3.3- va 3.4-jadvallarda keltirilgan. 
3.3-jadval 
EFKni bo‘r (90% CaCO
3
) bilan neytrallash orqali qo‘shaloq superfosfat 
suspenziyasi olish texnologik parametrlari 
Ko‘rsatkichlar 
Bo‘r (100% CaCO
3
) va EFK (100%P
2
O
5

massa nisbatida texnologik ko‘rsatkichlar 
va komponentlar miqdori 
100:100 
100:125 
100:125 
100:125 
Boshlang‘ich EFK konsentratsiyasi, 
% P
2
O
5
21,5 
21,5 
31,7 
35,2 
P
2
O

(umumiy), % 
19,7 
20,1 
27,9 
31,5 
P
2
O

(o‘zlashadigan), % 
16,3 
17,6 
25,8 
29,9 
P
2
O

(suvda eriydigan), % 
13,2 
13,8 
19,4 
21,9 
CaO (umumiy), % 
10,0 
8,4 
11,7 
12,8 
N (umumiy), % 
0,52 
0,53 
0,68 
0,77 
pH 
3,4 
2,7 
2,8 
2,8 
H
2
O, % 
58,9 
59,3 
45,4 
40,1 
(P
2
O
5o‘zl
./P
2
O
5umum.
)∙100, % 
(yoki K) 
82,7 
87,6 
92,5 
94,9 
21,5% P
2
O
5
konsentratsiyali EFK bo‘r xomashyosi bilan bo‘r(100% 
CaCO
3
):EFK(100%P
2
O
5
) = 1:1 1,25 nisbatda neytrallash jarayoni 
amalga oshirilganda 1 soat mobaynida bo‘tqadagi P
2
O
5
ning 
o‘zlashadigan miqdori (K), ya’ni
(P
2
O
5o‘zl
./P
2
O
5umum.
)∙100
nisbat 82,7% ga 
yetadi. Kislota me’yori 1,25 marta oshirilganda, ya’ni bo‘r(100% 
CaCO
3
):EFK(100%P
2
O
5
) = 1:1 1,25 nisbatda K ning qiymati 87,6% ga 
yetadi. Xuddi shu nisbatda boshlang‘ich kislota konsentratsiyasi 31,7% 
P
2
O
5
va 35,2% P
2
O
5
gacha oshirilganda esa kislota aktivligining ortishi 
hisobiga K ning qiymati mos ravishda 92,5% va 94,9% gacha ortishi 
kuzatiladi. 
Ekstraksion fosfat kislota bo‘r bilan neytrallanganda uning 
tarkibidagi erkin kislota neytrallanadi: 
2H
3
PO
4
+ CaCO
3
= Ca(H
2
PO
4
)
2
+ CO
2
+ H
2

Shu bilan bir vaqtda EFK va kalsiy karbonat xomashyosi tarkibidagi 
temir birikmalari ham fosfat kislota bilan ta’sirlashadi: 
Fe
2
O
3
+ 2H
3
PO
4
= 2FePO
4
+ 3H
2



259 
3.4-jadval 
Qo‘shaloq superfosfat kimyoviy tarkibi va jarayonning texnologik 
parametrlari 
Ko‘rsatkichlar 
Bo‘r (100% CaCO
3
) va EFK (100%P
2
O
5

massa nisbatida texnologik ko‘rsatkichlar 
va komponentlar miqdori 
100:100 
100:125 
100:125 
100:125 
Boshlang‘ich EFK konsentratsiyasi, 
% P
2
O
5
21,5 
21,5 
31,7 
35,2 
P
2
O

(umumiy), % 
46,9 
48,7 
50,1 
51,4 
P
2
O

(o‘zlashadigan), % 
39,7 
43,9 
47,3 
49,4 
P
2
O

(suvda eriydigan), % 
31,3 
33,6 
35,2 
36,0 
P
2
O

(erkin), % 
0,85 
2,42 
2,28 
2,14 
CaO (umumiy), % 
23,7 
20,3 
21,4 
20,9 
N (umumiy), % 
1,24 
1,28 
1,23 
1,26 
pH 
3,5 
3,0 
3,1 
3,3 
H
2
O, % 
2,15 
1,38 
1,96 
2,29 
(P
2
O
5o‘zl
./P
2
O
5umum.
)∙100, % 
(yoki K) 
84,6 
90,2 
94,4 
96,1 
Buning 
natijasida 
(P
2
O
5o‘zl
./P
2
O
5umum.
)∙100 
nisbat 
kamayadi. 
(P
2
O
5o‘zl
./P
2
O
5umum.
)∙100 
nisbat qiymati xomashyo tarkibidagi temir 
birikmalari miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Kislota me’yorining 1,25 marta 
ortishi K qiymatining 4,9% ga ortishini ko‘rsatadi. Chunki bunda 
sistemadagi Fe
2
O
3
ning nisbiy ulushi kamayadi. 
Bo‘tqani quritish jarayonida sistemadagi komponentlar nisbati 
barqaror holatga keladi, natijada sistemadagi K qiymatining 1,2-2,6% ga 
ortadi. 
Ma’lumki, Davlat standartlari talablariga ko‘ra, mahsulotdagi 
(P
2
O
5o‘zl
./P
2
O
5umum.
)∙100
nisbat 90% dan ortiq, erkin kislotalilik (P
2
O
5erkin

5% dan oshmasligi kerak. O‘z navbatida olingan natijalardan 
ko‘rinadiki, 
boshlang‘ich 
kislota 
konsentratsiyasi 
21,50%, 
bo‘r:EFK(100% P
2
O
5
) = 1:1,25 bo‘lganda hosil qilingan bo‘tqani 
quritish yo‘li bilan Davlat standartlari talablariga javob beradigan 
mahsulot hosil qilinishi mumkin. Bunday mahsulot tarkibida, og‘irlik % 
hisobida: P
2
O
5umum.
= 48,7; P
2
O
5o‘zl.
= 43,9; P
2
O
5s.e.
= 33,6; P
2
O
5erkin

2,42; CaO = 20,3; N = 1,28; H
2
O = 1,42 va boshqalar bo‘lgan qo‘shaloq 
superfosfat olish mumkin bo‘ladi. Bunda 
(P
2
O
5o‘zl
./P
2
O
5umum.
)∙100
nisbat 
90,2% ni tashkil etadi. O‘g‘it sifatini oshirish uchun boshlang‘ich 
kislotani oldindan bug‘latish yo‘li bilan konsentrlashning maqsadga 


260 
muvofiqligini ko‘rish mumkin. Konsentratsiyasi 31,7% P
2
O
5
va 35,2% 
P
2
O
5
bo‘lgan EFK ni bo‘r xomashyosi bilan neytrallash, bo‘tqani 
quritish natijasida hosil qilingan mahsulotlar tarkibida, mos holda 
og‘irlik % hisobida: P
2
O
5umum.
= 50,1 va 51,4; P
2
O
5o‘zl.
= 47,3 va 49,4; 
P
2
O
5s.e.
= 35,2 va 36,0; P
2
O
5erkin
= 2,28 va 2,14; CaO = 21,4 va 20,9; N = 
1,23 va 1,26; H
2
O = 1,90 va 3,26 va boshqalar bo‘ladi. Bunda 
mahsulotlardagi 
(P
2
O
5o‘zl
./P
2
O
5umum.
)∙100
nisbat 94,4 va 96,1% ni tashkil 
etadi. 
Shunday qilib, Qizilqum fosforit termokonsentratidan olingan va 
aktivlangan EFKni kalsiy karbonatli xomashyolar bilan neytrallash va 
mahsulotni quritish natijasida qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishning 
optimal sharoiti: boshlang‘aich aktivlangan EFK konsentratsiyasi 30-
35% P
2
O
5
, bo‘r (100% CaCO
3
):EFK(100% P
2
O
5
) = 1:1,25, parchalanish 
vaqti 1 soat, quritish harorati 90-100
O
C bo‘lishi aniqlangan. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling