I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
kamera-oqimli
usul deyiladi. Bunda oson parchalanadigan mayda zarrachali fosforit uni (0,074 mm dan yirik zarrachalar miqdori 20% dan oshmasligi kerak) va 47-49% P 2 O 5 li fosfat kislota ishlatiladi. Maydalangan kamerali superfosfat retur bilan aralashtiriladi, donadorlanadi va quritiladi. Quritish jarayonida 247 fosforitning parchalanish darajasi 60-70% dan 80-90% gacha ko‘tariladi. Donachalarning mahsulot fraksiyalari ammiak bilan neytrallanadi, sovutiladi va tarkibida: 45-47% umumiy, 42,5-44,5% o‘zlashadigan, 37- 38% suvda eruvchan, 3-5% erkin P 2 O 5 va 1,5-2% azot bo‘lgan mahsulot olinadi. 1 t P 2 O 5 li mahsulot ishlab chiqarish uchun: 824-835 kg fosfat kislota (100% P 2 O 5 hisobida), 271-280 kg fosforit uni (100% P 2 O 5 hisobida) va 35 kg NH 3 sarflanadi. Suyuq fazasining konsentratsiyasi 45-50% P 2 O 5 bo‘lgan tabiiy fosfatni 3-5 karra ortiqcha miqdordagi fosfat kislota bilan parchalashga asoslangan kamerasiz siklik qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarish usuli ham ma’lumdir; bunda hosil bo‘ladigan monokalsiyfosfat cho‘kmasi ajratiladi, neytrallanadi, donadorlanadi va quritiladi, bu tuz bilan to‘yingan eritma esa parchalanish bosqichiga qaytariladi, shu bilan bir vaqtda u yerga tarkibida 53-58% P 2 O 5 tutgan yangi fosfat kislota ham qo‘shiladi. Bu usullar xomashyoning parchalanish darajasini juda yuqori daraja (98-99%) ga yetish imkoniyatini beradi, ammo 1 t o‘zlashadigan P 2 O 5 li mahsulot olishga sarflanadigan fosfat kislotaning, oldingi bayon etilgan usullardagiga nisbatan anchagina, kattaligi bilan ajralib turadi; bundan tashqari suspenziyada filtrlanish hususiyatiga ega bo‘lgan o‘lchamdagi kristallarni hosil qilish qiyin kechadi. Shuning uchun bayon etilgan bu usul ishlab chiqarishga tatbiq etilmagan. Boyitilgan fosforitlarni (28% P 2 O 5 ) polifosfat kislotada (73-77% P 2 O 5 ) parchalash orqali tarkibida orto- va polifosfatlar aralashmasi tutgan tez qotuvchi massa olish mumkin. Uni yetiltirishda, ayniqsa yuqori haroratda, kondensirlangan fosfatlarning monokalsiyfosfatga aylanishi hisobiga qisman gidrolizlanish sodir bo‘ladi. Mahsulot ammoniylashtirilgandan so‘ng, tarkibida: 47-49% P 2 O 5o‘zl. (shu birgalikda uning 90% i P 2 O 5 s.e. ) va 3-7% N tutgan polisuperfosfat deb ataluvchi o‘g‘it olinishi mumkin. Superfos. Superfos nomi bilan ataladigan uzoq muddat o‘zlashadigan yangi turdagi o‘g‘it ishlab chiqarish usuli ham yaratilgan. Bu kimyoviy boyitilgan va kislotalar bilan aktivlangan tarkibida qiyin o‘zlashadigan shakldagi P 2 O 5 tutgan (Qoratog‘, Qizilqum, Pribaltika, Chilisoy va bir qancha) fosforitlardan olingan fosforit kukunidir va shuning uchun uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘g‘it sifatida ishlatish samarasizdir. Fosforit unining suvli suspenziyasiga unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdordagi sulfat kislotasi (yoki gaz holatidagi oltingugurt dioksid) 248 qo‘shiladi. Muhit pH 4 da karbonatlar – dolomit va kalsit, pH 2,5 da esa fosfat parchalanadi. Kislotalilik muhitini boshqarish orqali fosfatdagi faqatgina qisman P 2 O 5 ning, ekvivalent miqdordagi magniy bilan eritmaga o‘tishini ta’minlash mumkin. Fosforitni boyitish uchun sulfat kislota dolomit va kalsitdan o‘tuvchi Ca 2+ ionlari bilan neytrallanadi va ozgina miqdordagi kalsiy sulfatga aylanadi, uni fosforit bilan birgalikda suyuq fazadan ajratiladi va undan kationli flotasiyalash orqali oson yo‘qotilishi mumkin. Kimyoviy boyitilgan va aktivlangan fosforit unidan superfos olish uchun uni fosfat kislota bilan namlash orqali qo‘shimcha aktivlanadi, donadorlanadi va quritiladi. Superfos tarkibida 38-40% P 2 O 5 , undan 19-20% suvda eruvchan shaklda bo‘ladi va samaradorligi jihatdan qo‘shaloq superfosfatga tenglashtiriladi. 1 t P 2 O 5 li superfos ishlab chiqarishga kislota sarfi (1- 1,3 t H 2 SO 4 va 0,355 t P 2 O 5 li fosfat kislota) esa 1 t P 2 O 5 li qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishga nisbatan ikki marta kamdir. Kimyoviy boyitishda hosil bo‘ladigan va tarkibida Mg 2+ va HPO 4 2- ionlari tutgan eritmadan qimmatli o‘g‘it hisoblangan magniyammoniyfosfat NH 4 MgPO 4 ∙H 2 O ni cho‘ktirish uchun ammoniylanash amalga oshiriladi. Fosfatli xomashyodagi P 2 O 5 dan foydalanish samaradorligi 95% ga yetadi. Jarayon yopiq suv aylanma siklida amalga oshiriladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling