I shamshidinov noorganik moddalar va
Fosforitlar asosidagi qo‘shaloq superfosfat
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Fosforitlar asosidagi qo‘shaloq superfosfat. Tarkibida magniy
birikmalari (dolomit) tutgan boyitilmagan (24-25% P 2 O 5 ) fosforitlardan ekstraksiyalash jarayonida 20-22% P 2 O 5 li fosfat kislota olinadi. Bunday kislotaning aktivligi kam bo‘lganligi uchun unda tabiiy fosfatlarni parchalanish darajasi qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishdagi texnologik talablar darajasini bermaydi. Bundan tashqari, hosil bo‘ladigan superfosfat suspenziyasi tarkibida suvning solishtirma hajmi ko‘p bo‘lganligi sababli uni bug‘latishga ko‘p energiya talab etiladi, bu esa o‘ziga xos texnologik muammolarni keltirib chiqaradi. Ma’lumki, qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishning kamerali usulida 52-54% P 2 O 5 konsentratsiyali, oqimli usulida esa 28-36% P 2 O 5 li ekstraksion fosfat kislota ishlatiladi. Odatdagi usullarda Qizilqum, Qoratog‘, Kingisepp va boshqa fosforitlardan olingan ekstraksion fosfat kislotani to‘g‘ridan-to‘g‘ri konsentrlash jarayonida qovushqoqligi keskin ortadi, uning 37-38% P 2 O 5 gacha bug‘latilishidan olingan mahsulot kislotasi o‘zining salbiy fizik-kimyoviy xossaga ega ekanligini namoyon etadi, ya’ni kislota qovushqoqligi katta bo‘lib, 30-40 O C dan past 249 haroratgacha sovutilishi natijasida u quyilib boradi va oquvchanligini yo‘qotadi. Bu esa undan qo‘shaloq superfosfat turidagi o‘g‘it olish imkoniyatlarini yo‘qotadi. Shunday bo‘lsada, fosforitlar apatit konsentratiga nisbatan tez va to‘la parchalanadi, chunki ularning strukturasi zich emas va karbonatlarning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan CO 2 hisobiga parchalanmagan fosfatlar sirtidagi quyqali qobiqning buzilishi ta’minlanadi. Hozirgi paytda dolomitli fosforitlarni apatitdan olingan ekstraksion fosfat kislotada kamerali (45-50% P 2 O 5 li kislotada) va oqimli (28-36% P 2 O 5 li kislotada) usullar bilan parchalanish jarayonlari o‘rganilib, qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarish usullari ham ishlab chiqilgan. Tarkibida magniy tutgan ekstraksion fosfat kislotani bug‘latish yo‘li bilan konsentrlash (50-55% P 2 O 5 gacha), buning natijasida olingan kislotani fizik-kimyoviy xossalarini atroflicha o‘rganish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar yuqori samara berdi. Natijada magniyli (xattoki yuqori magniyli – boyitilmagan) fosforitlardan olingan ekstraksion fosfat kislotada fosforitlarni parchalash yo‘li bilan oqimli usulda qo‘shaloq superfosfat turidagi (shu jumladan ftorsizlangan) o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyalari yaratildi va ishlab chiqarishda sinovdan o‘tkazildi. Olingan o‘g‘itlarning agrokimyoviy tekshiruv natijalariga ko‘ra, boshqa turdagi konsentrlangan o‘g‘itlarga nisbatan tarkibida kalsiy tutganligi sababli ustun ekanligi aniqlandi. Fosforitlardan qo‘shaloq superfosfat turidagi o‘g‘it ishlab chiqarish. Magniyli fosforitlarni undan olingan ekstraksion fosfat kislota bilan ammoniy nitrat ishtirokida parchalanish jarayonining optimal sharoitini tanlashda, ya’ni fosfatning eng yuqori parchalanish darajasiga erishish maqsadida jarayonni optimallashtirishning matematik rejalashtirish usuli bo‘yicha topilgan quyidagi: 2 4 005 , 0 2 3 05 , 5 2 2 004 , 0 4 91 , 0 3 2 , 20 2 63 , 1 1 21 , 1 12 , 165 Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling