I shamshidinov noorganik moddalar va


IV BOB. ALUMINIY SULFAT ISHLAB CHIQARISH


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131
IV BOB. ALUMINIY SULFAT ISHLAB CHIQARISH 
1-§. Angren kaolinlariga termik ishlov berish va undan 
koagulyant – aluminiy sulfat olish 
Aluminiy sulfat – ichimlik va sanoat suvlarini tozalash uchun 
ishlatiladigan keng ko‘lamda tarqalgan koagulyant hisoblanadi. U ko‘p 
miqdorda sellyuloza-qog‘oz sanoatida, matolarni bo‘yashda, teri 
oshlashda, yog‘ochni konservatsiya qilishda, sun’iy tola sanoatida va 
boshqa sohalarda ishlatiladi
.
Aluminiy oksid miqdori bo‘yicha nisbatan boy bo‘lgan (38-43% 
Al
2
O
3
) kaolinlar Yevroosiyoning yevropa qismida uchraydi va ulardan 
tozalangan glinozyom hamda tarkibida 13-14% Al
2
O
3
bo‘lgan aluminiy 
sulfat tuzi olinadi. 
Asosiy komponenti bo‘yicha boy bo‘lgan (38-43% Al
2
O
3

boksitlarni aluminiy gidroksid olish bosqichi orqali aluminiy sulfatga 
qayta ishlash usullari yaratilgan
.
Texnologiya bir necha bosqichdan 
iborat bo‘lib, ularning har biri alohida-alohida ishlab chiqarishni tashkil 
etadi. Jarayonning ko‘p bosqichliligi asosiy mahsulotning ko‘p 
miqdorda yo‘qotilishiga, bu esa mahsulot unumi pasayishiga va 
tannarxining ortishiga olib keladi. 
Katta miqdorda asosiy komponent tutgan aluminiyli xomashyolarni 
(kaolinlar, nefelinlar va alunitlar) kislotali parchalash yo‘li bilan 
glinozyomga qayta ishlash usullari ham ma’lumdir
.
Bunda kaolin 
xomashyosi 500-800
O
C haroratda kuydiriladi, unga 31, 50-55 va 63-
65% li sulfat yoki nitrat kislota eritmalari bilan 90-105
O
C haroratda 6-8 
soat ishlov beriladi. Mahsulotda ortiqcha sulfat kislota bo‘lishini 
kamaytirish uchun sulfat kislotaning stexiometrik me’yorini 100% dan 
kam (90-95% atrofida) olinadi. Bu esa mahsulot unumi pasayishiga olib 
keladi. 
Xomashyo kuydirilganda sulfat kislotada oson parchalanadigan 
yuqori aktivlikka ega bo‘lgan metakaolinit hosil bo‘ladi. 
(4.1) 


285 
Kuydirilgan kaolin sulfat kislotasi eritmasi bilan parchalanadi va 
suvda eritiladi: 
(4.2) 
Suspenziya suyuq va qattiq fazalari ajratiladi. Suvli eritmani 
bug‘latgandan va quritgandan so‘ng aluminiy sulfat kristallogidrati 
Al
2
(SO
4
)
3
·nH
2
O hosil bo‘ladi (n=12÷24, o‘rtacha 18). 
Xomashyoni kuydirish harorati 850
O
C va undan yuqori darajaga 
ko‘tarilganda metakaolinitning sulfat kislotada qiyin eriydigan -Al
2
O
3
va Al
2
O
3
·2SiO
2
(mullit) ga aylanishi sodir bo‘ladi
.
Kuydirilgan kaolinni sulfat kislota eritmalari (20-78% H
2
SO
4
) bilan 
60-110
O
C haroratda (shuningdek, 20% li bilan 300-700
O
C haroratda, 
S:Q = 2-2,5) parchalash jarayoni taklif etilgan
,
jarayonning salbiy 
xususiyati unda gaz fazasiga sulfit angidrid gazining ajralishi 
hisoblanadi. 
Kislotali usullarning kamchiligi ularning barchasida cho‘kmani 
(shlamni) ajratish va yuvish qiyinligi, asosiy modda unumining kamligi 
va energiya sarfining kamligidir.
Angren shahri atrofida zaxirasi 0,45 mlrd tonnadan ko‘p bo‘lgan 
birlamchi va ikkilamchi kaolinlar mavjud bo‘lib, ularning tarkibida 
19÷25% Al
2
O
3
, 1,5÷4,5% Fe
2
O
3
, 67% gacha SiO
2
va boshqalar bo‘ladi. 
Kaolinlar tarkibida karbonatlar, pirit, glaukonit, alunit, levegit, gips va 
boshqa qo‘shimchalar ham uchrab turadi. 
Kaolin gilidan koagulyant – aluminiy sulfat tuzi olishning optimal 
parametrlari o‘rganilgan
.
Mazkur taqiqot ishida Angren kaolinlaridan 
koagulyant – aluminiy sulfat tuzi olish texnologiyasini sanoat ishlab 
chiqarish sharoitida o‘zlashtirish maqsadida kaolin gillariga sanoat 
elektropechida termik ishlov berish jarayonini, shuningdek kuydirilgan 
kaolin gilidan optimal (maqbul) texnologik parametrlar sharoitda 
aluminiy sulfat tuzi olish o‘rganilgan. Bunda tarkibida, og‘ir.% hisobida: 
Al
2
O
3
=22,41, Fe
2
O
3
=2,24, SiO
2
=63,83, TiO
2
=0,34, H
2
O=8,20 va 
boshqalar = 2,98 bo‘lgan Angren kaolini ishlatilgan. 
Texnologik jarayonning mohiyati kaolin gillarini dastlabki termik 
qayta ishlash, uni sulfat kislotasi eritmasida parchalash, hosil qilingan 
suspenziyaning suyuq va qattiq fazalarini ajratish, ayniqsa, halaqit 
beradigan qo‘shimchalardan tozalash, eritmani bug‘latish va aluminiy 
sulfatni kristallantirishdan iboratdir. 
1 tonna kaolin gili 300÷750
O
C haroratda 1÷3 soat kuydirildi, undan 
o‘rtacha namuna olinadi. Kuydirilgan kaolin gili sulfat kislotaning 60% 


286 
li eritmasi bilan xomashyodagi Al
2
O
3
ga nisbatan 100% stexiometrik 
me’yorda 1 soat davomida 80÷100
O
C haroratda parchalanadi, 
boshlang‘ich kaolin:suv = 1,5÷1,7 nisbatdagi suv bilan suyultiriladi, 
suspenziyaning suyuq va qattiq fazalari vakuum (-0,85 Kgf/cm
2

sharoitida filtrlanadi. Qattiq faza boshlang‘ich kaolin:suv = 0,8÷0,9 
miqdoridagi suv bilan yuviladi. Eritma – filtrat qaynash haroratida 
bug‘latiladi. Hosil qilingan aluminiy sulfat kristallogidratining 
suyuqlanmasi kristallantiriladi. Olingan natijalar 4.1-jadvalda keltirilgan. 
Kaolinni 300÷500
O
C harorat intervalida kuydirilganda uning 
massasi 8,2% ga kamayadi va kaolin tarkibidagi namlik yo‘qoladi. 
Kuydirish harorati 500
O
C dan boshlab kaolinning degidroksilatsiya 
jarayoni boshlanadi, 1 soatda 0,3% massa yo‘qotiladi va undan olingan 
aluminiy sulfat unumi 15,5% ni tashkil etadi. 
Kuydirishning 
400÷550
O

harorat 
intervalida 
boshlang‘ich 
xomashyo massasi 8,2÷10,2% kamayadi, hosil qilingan kaolinga sulfat 
kislotali ishlov berish orqali undagi Al
2
O
3
ning unumi 15,5 dan 52,1% 
ortadi, lekin mahsulot tarkibida erkin sulfat kislota ko‘pligi sababli 
eritmani bug‘latish yo‘li bilan kristall mahsulot olishga erishib 
bo‘lmaydi. Bunday jarayonni boshlang‘ich xomashyo 850
O
C va undan 
yuqori haroratda kuydirilganda ham kuzatish mumkin, chunki bunda 
metakaolinitning kislotada qiyin eriydigan -Al
2
O
3
va mullitga aylanishi 
sodir bo‘ladi. 
Boshlang‘ich 
xomashyo 
600÷800
O

harorat 
intervalida 
kuydirilganda 
uning 
massasi 
11,3-15,4% 
kamayadi, 
ya’ni 
degidroksilatsiya jarayonida mos holda 3,1-7,7% suv bug‘i hosil bo‘ladi. 
Kuydirilgan kaolinlardan Al
2
O
3
bo‘yicha 78,9-95,2% unum bilan kristall 
holatdagi mahsulot olinadi. Kristall mahsulot tarkibida, og‘irlik % 
hisobida: Al
2
O
3
= 13,32÷16,93, Fe
2
O
3
= 0,63÷0,89, SO
3
= 38,01÷41,17, 
H
2
O = 40,62÷45,10 va boshqalar bo‘ladi. 
Shunday qilib, Angren birlamchi kaolinlariga termik ishlov berish 
jarayonini o‘rganish natijasida kuydirishning optimal harorati 650-
700
O
C bo‘lishi va bunda maksimal miqdorda mahsulot (92-95%) olish 
mumkinligi aniqlangan. 


287 


288 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling