I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   131
 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
1. 
Aluminiy sulfat tuzi qanday maqsadlarda ishlatiladi? 
2. 
Aluminiy va uning birikmalarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan 
xomashyolarni ayting. 
3. 
Kaolinga termik ishlov berilganda qanday fizik-kimyoviy o‘zgarishlar 
kuzatiladi? 
4. 
Kaolindan aluminiy sulfat olish jarayonini tushuntiring. 
5. 
Kaolindan 
aluminiy 
sulfat 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyasini 
tushuntiring. 


291 
V BOB. 
SODA MAHSULOTLARI VA XLORID KISLOTA 
ISHLAB CHIQARISH
 
§1. Kalsinirlangan soda ishlab chiqarish 
Sanoatda «soda» nomi bilan turli xildagi kimyoviy moddalar: 
kalsinirlangan soda yoki natriy karbonat Na
2
CO
3
(to‘kma zichligi 0,5 
t/m
3
); shuningdek og‘ir soda deb ataladigan Na
2
CO
3
(to‘kma zichligi 
0,9-1,2 
t/m
3
); 
natriy 
gidrokarbonat 
NaHCO
3

kristall 
soda 
Na
2
CO
3
∙10H
2
O; kaustik soda yoki o‘yuvchi natriy NaOH ishlab 
chiqariladi. 
Kalsinirlangan sodadan o‘yuvchi natriy, natriy bikarbonat kabilar 
ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydalaniladi. Kalsinirlangan soda 
A va B markalarda ishlab chiqariladi: oily navda 99,4%, birinchi navda 
99,0%, ikkinchi navda esa 98,5-99% Na
2
CO
3
bo‘ladi. 
Barcha turdagi shisha ishlab chiqarishda, shu jumladan billur, optik 
va tibbiyot oynasi, shisha bloklari, eriydigan natriy silikat, sopol plitka, 
qora va rangli metallurgiyada: qo‘rg‘oshin, rux, volfram, stronsiy, xrom 
ishlab 
chiqarishda, 
cho‘yanni 
oltingugurtsizlantirish 
va 
fosforsizlantirishda, chiqindi gazlarini tozalashda, chiqindi eritmalarni 
neytrallashda ishlatiladi. 
Elektrovakuum shisha ishlab chiqarishda donadorlik tarkibiga qat’iy 
amal qilingan oliy A navli kalsinirlangan soda ishlatiladi. 
B markali kalsinirlangan soda kimyo sanoatida sintetik yuvuvchi 
vositalar va moy kislotalari ishlab chiqarishda, eritmalarni tozalashda
fosforli, xromli, bariyli natriyli tuzlar ishlab chiqarishda karbonatli 
xomashyo sifatida, gliserin, allil spirt, sellyuloza-qog‘oz ishlab 
chiqarishda, lak-bo‘yoq va neft sanoatlarida ishlatiladi. 
Natriy 
bikarbonat 
oziq-ovqat, 
qandolatchilik 
va 
kimyo-
farmatsevtika sanoatlarida, tibbiyotda, o‘t o‘chirish moslamalarida, 
sun’iy mineral suvlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Kristall soda turmushda keng qo‘llanilsa, og‘ir sodadan 
metallurgiya, shisha va boshqa sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. 


292 
Kalsinirlangan soda – oq kukun kristall modda bo‘lib, zichligi 2,53 
g/sm
3
, 854
O
C da suyuqlanadi. Soda havodagi karbonat angidrid va suv 
bug‘ini biriktirib olib qisman natriy gidrokarbonatga aylanadi. Natriy 
karbonat suv bilan bir qator birikmalar: Na
2
CO
3
∙10H
2
O, Na
2
CO
3
∙7H
2
O, 
Na
2
CO
3
∙H
2
O hosil qiladi. Soda suvda yaxshi eriydi, uning eruvchanligi 
harorat oshishi bilan ortadi (0 va 100
O
C haroratda 100 g suvda 
tegishlicha 6,8 va 44 g eriydi). Soda suvdagi eritmasida kuchli ishqoriy 
xossani namoyon etadi. 
Natriy karbonat ayrim tabiiy suvlar tarkibida bo‘ladi, masalan 
tronlar 
deb 
ataluvchi 
Na
2
CO
3
∙NaHCO
3
∙2H
2

tarkibiga 
kiradi, 
shuningdek qattiq cho‘kindi Na
2
CO
3
∙10H
2
O (natron) tarzida uchraydi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling