I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   131
Natriy gidrokarbonat. Natriy gidrokarbonat soda yoki natriy 
gidrokarbonat eritmalarini bug‘ bilan parchalash orqali olinadi: 
2NaHCO
3
⇄ Na
2
CO
3
+ CO
2
+ H
2
 
Olingan soda eritmasi karbonizatsiyalanadi: 
Na
2
CO
3
+ CO
2
+ H
2

⇄ 2NaHCO
3
 


313 
Natriy gidrokarbonat cho‘kmasi filtrlanadi, quritiladi, maydalanadi, 
qoplanadi va quruq joyda saqlanadi. Unda 98,5% dan kam bo‘lmagan 
NaHCO
3
, 1-1,2% dan ko‘p bo‘lmagan Na
2
CO
3
, 0,05% dan ko‘p 
bo‘lmagan NaCl va 1,0% dan ko‘p bo‘lmagan H
2
O bo‘ladi. Mahsulot 
tarkibida mishyak, ammoniy tuzlari va og‘ir metallar bo‘lmasligi kerak. 
2-§. O‘yuvchi natriy, xlor va vodorod ishlab chiqarish
O‘yuvchi natriy. O‘yuvchi natriy yoki kaustik soda – oq shaffof 
bo‘lmagan modda bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Qo‘shimchalar miqdori va 
turiga qarab qisman rangli bo‘lishi mumkin. Suvsiz o‘yuvchi natriy 
atmosfera bosimida 328
O
C haroratda suyuqlanadi. 
O‘yuvchi natriy sovun pishirishda, sun’iy tolalar va qog‘oz ishlab 
chiqarishda, organik, neft va boshqa sanoat tarmoqlarida keng miqyosda 
ishlatiladi. 
Sanoatda qattiq holatdagi o‘yuvchi natriy va uning suvdagi 
eritmalari ishlab chiqariladi. 
Texnik 
o‘yuvchi 
natriyning 
navlari 
bir-biridan 
NaOH 
konsentratsiyasi va qo‘shimchalar miqdori bilan farq qiladi. Masalan, 
qattiq o‘yuvchi natriy ikkita: A va B navlarda ishlab chiqariladi. NaOH 
miqdori A navdagi mahsulotda 95% dan kam bo‘lmasligi, B navdagi 
mahsulotda esa 92% dan kam bo‘lmasligi lozim. Suyuq holatdagi 
o‘yuvchi natriy ham ikkita: V «elektrokimyoviy» va T «kimyoviy» 
navlarda ishlab chiqariladi. Ikkala navdagi mahsulotlarda ham NaOH 
konsentratsiyasi 610 g/l ni tashkil etadi. Ular tarkibidagi natriy 
karbonatlari va xloridi miqdorlari bilan bir-biridan farqlanadi. 
Qattiq holatdagi o‘yuvchi natriy germetik po‘lat barabanlarda 
saqlanadi, suyuq o‘yuvchi nartiy sisternalarda yoki po‘lat bochkalarda 
tashiladi. 
O‘yuvchi natriy kimyoviy va elektrokimyoviy usullarda olinadi. 
Kimyoviy usulda kalsinirlangan soda, elektrokimyoviy usulda esa 
osh tuzi eritmasi xomashyo sifatida qo‘llaniladi. 
Xlor. Xlor atmosfera bosimi va odatdagi haroratda sarg‘ish-yashil 
rangdagi bo‘g‘uvchi gaz. Normal sharoitda xlorning zichligi 3,21 kg/m
3

atmosfera bosimida qaynash harorati –33,6
O
C, muzlash harorati –
101,5
O
C ga teng. U osonlik bilan organik moddalar, xususan, 
uglevodorodlar bilan ko‘p sondagi xlorli birkmalar hosil qilish orqali 
reaksiyaga kirishadi. Bunday xlorli birikmalar plastmassalar, sintetik 


314 
kauchuklar, kimyoviy tolalar, erituvchilar va boshqalar ishlab 
chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Hozirgi paytda butun dunyoda 
yiliga 9 mln tonna atrofida xlor ishlab chiqarilmoqda va uning taxminan 
60% miqdori organik sintezda ishlatilmoqda. Bundan tashqari, xlor 
rudalarni qayta ishlash jarayonida, neft sanoatida, tibbiyotda, ichimlik va 
oqava suvlarni tozalashda va xalq xo‘jaligining boshqa qator 
tarmoqlarida ishlatiladi. 
Xlor zaharli xossali moddadir. Tarkibida 0,003-0,005 mg/l xlor 
bo‘lgan havoda 30 minut nafas olish yuqori nafas olish organlarini 
kuchli kuydiradi; tarkibida 0,1-0,2 mg/l xlor tutgan havoda nafas olish 
o‘limga olib kelishi mumkin. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling