I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   131
Absorbsiya. Karbonat angidrid va ammiakning osh tuzi eritmasiga 
absorbsiyasi quyidagi kimyoviy reaksiyalar bo‘yicha sodir bo‘ladi: 
NH
3
+ H
2

⇄ NH
4
OH + Q 
2NH
3
+ CO
2
+ H
2

⇄ (NH
4
)
2
CO
3
+ Q 
2NH
3
+ CO
2
→ NH
2
COONH
4
+ Q 
Bu reaksiyalarning barchasida issiqlik ajralib chiqadi. Shu sababli 
absorbsiya minoralarida absorbsiya darajasini oshirish uchun namakobni 
sovutish nazarda tutiladi. 
Karbonat angidrid absorbsiyasi birin-ketin joylashgan ikkita katta 
va kichik absorbsiya minoralarida amalga oshiriladi. Katta minora 
havoni yuvish filtrlari, absorbsiya gazlarini yuvuvchi, gaz sovutgichi, 
birinchi absorber va tindirgichdan iboratdir. Kichik minora esa 
absorbsiya gazlarini yuvuvchi, ikkinchi absorber va tindirgichdan iborat 
bo‘ladi. Bu jihozlarda gazlarning suyuqlik bilan ta’sirlashuv jarayoni 
amalga oshiriladi, uning tezligi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 
 


300 
Absorbsiya jarayoni yuqori tezlikda o‘tishini ta’minlash uchun 
fazalar orasidagi kontakt yuza F ni oshirish kerak. Shuning uchun 
absorbsiya bo‘limida barbotaj minoralari o‘rnatiladi. Ular tarelkadagi bir 
necha yirik qabariqlardan iborat bo‘lib, qabariqlarga bitta katta 
qalpoqcha yoki 7-14 ta kichik barbotaj qalpoqchalari joylashtirilgan 
bo‘ladi 
(5.5-rasm). 
Minora 
balandligi 
bo‘yicha 
jarayonning 
harakatlantiruvchi kuchi ∆c bir tekisda bo‘lishini ta’minlash maqsadida 
gazlar va suyuqlik orasida qarama-qarshi oqim yuzaga keltiriladi. Tizim 
qarshiligini kamaytirish uchun absorbsiya bo‘limi jihozlari vakuum 
ostida ishlaydi. Tarkibida 80-85 g/l NH
3
tutgan absorbsiyalashdan 
olingan ammiak-tuzli namakob sovutilgandan so‘ng karbonizatsiyaga 
yuboriladi. 
 
5.5-rasm. Bir- va ko‘p qalpoqchali tarelkalarning tuzilishi va ishlash 
prinsipi 
Karbonizatsiya. Karbonizatsiya – quyidagi reaksiyalar bo‘yicha 
ammoniylashgan namakobga karbonat angidrid gazini yuttirish 
jarayonidir: 
2NH
4
OH + CO
2
⇄ (NH
4
)
2
CO
3
+ H
2
O +Q 
(NH
4
)
2
CO
3
+ CO
2
+ H
2

⇄ 2NH
4
HCO
3
+ Q 
NH
2
COONH
4
+ 2H
2

⇄ NH
4
HCO
3
+ NH
4
OH + Q 
Ammoniy gidrokarbonat ishqoriy muhitda NaCl bilan almashinish 
reaksiyasiga kirishadi, bunda ammoniy gidrokarbonatga nisbatan kam 
eriydigan natriy gidrokarbonat hosil bo‘ladi: 
2NH
4
HCO
3
+ NaCl 
⇄ NaHCO
3
+ NH
4
Cl + Q 
Karbonizatsiya reaksiyasi qaytar va endotermikdir. Natriy 
xloridning natriy gidrokarbonatga konversiyalanishning muvozanat 
darajasi harorat va ta’sirlashuvchi moddalar konsentratsiyasiga 


301 
bog‘liqdir. Ta’sirlashuvchi moddalar harorati qanchalik past bo‘lsa, 
konversiyalanish shunchalik katta bo‘ladi. 
Soda sanoatida konversiyalanish darajasi natriy yoki ammoniydan 
foydalanish koeffitsienti deb yuritiladi va quyidagi tenglamalar bo‘yicha 
hisoblanadi: 
 
 
bu yerda: [Cl
-
], [Na
+
], [NH
4
+
] [HCO
3
-
] – natriy gidrokarbonat cho‘kmasi 
ustidagi eritma tarkibidagi ionlar konsentratsiyasi, g-ekv/l. 
Natriy va ammoniydan foydalanish koeffitsienti eritmadagi 
quyidagi boshlang‘ich komponentlar nisbatiga bog‘liqdir: 



. 
Natriy 
xloridni 
bikarbonatga, 
shuningdek 
uni 
sodaga 
konversiyalanish 
darajasining 
maksimal 
qiymatga 
yetkazishda 
yuqoridagi nisbatni to‘g‘ri tanlash uchun NaCl–NH
4
HCO
3
–NaHCO
3

H
2
O sistemasidagi tuzlar eruvchanligini bilish lozim. Bu murakkab 
sistema P.P.Fedotev, E.I.Orlov, A.P.Belopolskiy, I.N.Shokin va 
boshqalar tomonidan o‘rganilgan. 
Karbonat angidrid bilan to‘yingan eritmada 
nisbat o‘zgarmas 
haroratda natriy xloridni bikarbonatga konversiyalanish darajasiga ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Bu 
nisbat 
kamayganda 
ajralib 
chiqadigan 
natriy 
gidrokarbonat miqdori massalar ta’siri qonuniga ko‘ra ortadi. Eritmani 
suv bilan suyultirish darajasining ortishi, ya’ni 
va 
nisbatlarining kamayishi natijasida NaHCO
3
ning cho‘kish darajasi 
kamayadi, chunki uning suvda eruvchanligi ortadi. Eritmadagi 
nisbat bilan NH
4
HCO
3
molekulasidagi CO
2
:NH
3
stexiometrik nisbat 
qanchalik yaqin bo‘lsa, eritmadan shunchalik ko‘p miqdordagi NaHCO
3
cho‘kadi. P.P.Fedotev mazkur sistemani o‘rganish natijasida 15
O

haroratda natriydan maksimal foydalanish koeffitsienti (
) 78,8% ga, 
ammoniydan maksimal foydalanish koeffitsienti (
) esa 85,1%, 30-
32
O
C haroratda esa 
va 
bir-biriga tengligi, ya’ni 84% ni tashkil 
etishini aniqladi. 


302 
Soda zavodlarida karbonizatsiya haororati 24-28
O
C bo‘lganda NaCl 
ning NaHCO
3
ga konversiyasi 75-76% ni tashkil etadi. Shunday qilib, 
soda ishlab chiqarishiga kiritilgan boshlang‘ich osh tuzining 25% 
miqdori kalsiy xlorid eritmasi bilan yo‘qotiladi.  
Ammoniylangan tuzli namakobni karbonizatsiyalash cho‘ktiruvchi 
karbonizatsiya minorasida amalga oshiriladi (5.6-rasm). Karbonizatsiya 
minorasining balandligi 23,1 dan 26,1 m gacha, ichki diametri 2,3 dan 
2,68 m gacha bo‘lib, silindr shaklidagi minoradir. Minora sovitgichlar 
joylashtirilgan yettita sovituvchi yirik qabariqlar 1 va 29 ta mayda 
qabariqlar 2 dan iborat. Ammoniylangan namakob minora yuqori 
qismidan, tarkibida CO
2
tutgan gaz esa quyi qismidan beriladi va u 
quyidan yuqoriga qarab qarama-qarshi oqim bo‘yicha harakatlanadi. 
Fazalar to‘qnashish yuzasini oshirish maqsadida karbonizatsiya, 
shuningdek absorbsiya minoralariga barbotaj qalpoqchalar o‘rnatiladi. 
5.6-rasm. Karbonizatsiya minorasi 
Ammoniy gidrokarbonatning hosil bo‘lishi minoraning yuqori 
qismidayoq boshlanadi. Jarayon kechishiga muvofiq holda ammoniy 
gidrokarbonat 
natriy 
gidrokarbonatga 
konversiyalanadi. 
Natriy 
gidrokarbonat 
eritmani 
to‘yintiradi 
va 
kristallanadi. 
Natriy 
gidrokarbonatning hosil bo‘lish reaksiyasi va uning kristallanishiga vaqt 


303 
sarflanadi, shuning uchun reagentlar ta’sirlashish vaqtini shunday 
ta’minlanishi lozimki, bunda ular deyarli to‘la ta’sirlashishlari kerak. 
Buning 
uchun 
karbonizatsiya 
minoralari 
odatdagi 
absorbsiya 
jihozlaridan farqli ravishda namakob bilan to‘la to‘dirilgan bo‘ladi, 
namakobning reaktorda bo‘lish vaqti 2-2,5 soatni tashkil etadi. Tizim 
qarshiligini yengish uchun minoraga gaz 2-2,5 atm bosim ostida 
beriladi. 
Natriy gidrokarbonatning yirik kristallarini hosil qilish uchun 
minora harorati 25-30
O
Cda ushlab turiladi.  
Diametri 2,3-2,68 m bo‘lgan minora unumdorligi sutkasiga 85-150 t 
Na
2
CO
3
ni, diametri 3 m bo‘lgan minora unumdorligi esa sutkasiga 250 t 
Na
2
CO
3
ni tashkil etadi.  

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling